3-Amaliy mashg’ulot. Auto Play Media Studio dasturidan foydalanib, multimediali interaktiv o’quv-uslubiy qo’llanmalarni va elektron ta’lim resurslarini yaratish
REJA
1. AutoPlay dasturi interfeysi
2. Elektron qo’llanma yaratish texnologiyasi
3. AutoPlay dasturida multimediali ilova yaratish
AutoPlay dasturi interfeysi
Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda
ham ko’plab dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri
AutoPlay dasturidir.
Istalgan
fayl
yoki
fayllar
to’plamini
bitta
muhitga
birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-
menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual
paket hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni
yaratish uchun AutoPlay Media Studio dasturidan foydalanish
foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim
etadi.
AutoPlay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash
ishlari talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy
muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha
shablonlaridan foydalanishi mumkin .
Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil
etish uchun AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obektlar
mavjud
bo’lib,
ular
tarkibiga
buyruq
tugmasi,
tovush
kuchaytirgichi,
fayllarni
printerdan
bosmaga
chiqarishni
ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga murojaatni
amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish
mumkin.
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni
avtmatik ishga tushirish uchun AutoPlay Media Studio barcha
kerakli fayllarni o’zi yaratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa
faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor
loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi.
2008-yilning
12-martida
Indigo
Rose
Corparition
kompaniyasi AutoPlay Media Studio
7.1.1007.0 versiyasini
iste’molga chiqardi.
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o’zaro bog’lashni
amalga oshirishga yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim
eta oladi.
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual
CQQ, Java, Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan
hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin . Dastur yordamida
animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma"lumotlar
bazasini va shunga o’xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki
ularni boshqarish ham mumkin. Avtomatik ishga tushuvchi
oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan
holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday
“niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan
foydalanilsa ham bo’ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun
tayyorlagan holda uni dasturning o’zidan turib, CD yoki DVDga
yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar keng
imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Tayyor loyiha bunda .exe
kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv ko’rinishda yoki
qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan
tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham
kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button
kabi obektlari bilan birga ishlaydi.
Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan bo’lsa,
matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta
hajmdagi lug„atlar bo’lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media
Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda
iste’molga chiqarilgan :
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar,
multimedia-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish;
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn
va boshqalarni biriktira olish xususiyati;
Web-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan
instrumentlar;
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi;
RTF- formatli hujjatlar bilan ishlay olishi;
Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati;
Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obektining mavjudligi;
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi;
Obektlarni formatlash imkoniyati;
Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi;
CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo.
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan
bog’liq bir nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi
yuzaga keladi.
1. Create a new project (Yangfi loyiha yaratish);
2. Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini
ochish);
3. Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani
ochish);
Agar AutoPlay Media Studio ning ruscha varianti o’rnatilgan
bo’lsa, u holda taklif rus tilida, inglizcha varianti o’rnatilgan
bo’lsa, u holda taklif ingliz tilida bo’ladi.
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos
scriptlar uchun tayyor kodlar to„plamini ham taqdim etadi. Bu
tayyor kodlardan qulayroq foydalanish uchun dasturning ingliz
tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul.
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “ Create a
new project” bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha
shablonlarini taklif etishdan iborat quyidagi muloqot oynasi
yuzaga keladi
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega:
1.
Dastur oynasining darlavha satri.
2.
Dastur oynasining menyu satri.
3.
Instrumentlar paneli satri.
4.
Project Explorer muloqot oynasi.
5.
Properties muloqot oynasi.
6.
Holat satri.
Dastur oynasinig sarlavha satrida loyiha
nomi, dastur nomi va oynani boshqarish
elementlari joylashgan. Oynaning menyu
satrida quyidagi menyular joylashgan:
File
. Bu menyu orqali yangi loyiha
oynasiniochish, mavjud loyiha oynasini
ochish, loyihani xotiraga saqlash, loyihani
export qilish, hujjat xossasini o’zgartirish
va dasturdan chiqish kabi ishlarni bajarish
mumkin.
Tools
. Ba’zida AutoPlay dasturining
galeriyasidagi mavjud buyruq tugmalari
dizayn jihatidan etarli bo’lmay qolishi
mukin. Shunday paytlarda ushbu menyuning
“ Button Maker ”
bandiga murojaat qilib
yangi
dizayndagi
buyruq
tugmalarini
yaratish mumkin. Bundan tashqari loyiha
uchun ssenariy kodini yozish ham shu
menyuda amalga oshiriladi.
Publish
. Bu menyu yordamida AutoPlay da tayyor
holatga kelgan amaliy dasturni ishlatib sinovdan o’tkazish
va kompilyatsiyalash mumkin.
Edit
. Bu menyu orqali oxirgi bajarilgan amalni
bekor qilish yoki takrorlash, ajratilgan obektni kesib olish
Align. Bunda obektning sahifaga (ishchi sohaga)
nisbatan koordinatalar bo„yicha, masalan,
% Cut gorizontal, vertikal, va boshqa olchamlarga
nisbatan joylashuv holatini belgilab olish mumkin
Page
. Bu menyu loyihadagi sahifalar uchun xizmat
qiladi. Masalan, loyihaga yangi sahifa qo’shish, mavjud
tanlangan
sahifani
o’chirish,
mavjud
sahifaning
dublikatini (aynan nusxasini) hosil qilish, sahifaning
xossasiga oid muloqot oynasini chaqirish kabi ishlarni
bajarish mumkin.
Object
. Bu menyuda 24 ta obektni sahifaga qo’yish
imkoniyati mavjud bo’lib, shundan 17 tasi konstruktorlik tizimida
ishlatiladigan standart ob- ektlar bo’lsa, qolgan 7 tasi plagin
tarzida tashkil etilgan obektlar bo’lib, ular “ Plugins ” buyrug’i
orqali sahifaga qo’yiladi, masalan, Calendar,
Windows stilidagi “Win-Button” nomli buyruq tugmasi,
Slider va hk. Shuningdek, “ Properties ” buyrug’idan foydalanib,
sahifada belgilangan obektning xossalar oynasini hosil qilish
imkoniyati mavjud.
Project
. Loyihani har tomonlama mukammal ishlash uchun
imtiyozli yordam ko’rsatadigan ajoyib menyu hisoblanadi. Uning
“Settings” bandiga murojaat qilib, loyihaga oid xossalarni
o’zgartirish, “ Menu Bar ” bandiga murojaat qilib, yaratilajak
amaliy dastur oynasini xususiy menyu bilan ta’minlash, “Global
Functions” bandi orqali loyihadagi barcha sahifalarga birdek
tegishli bo’lgan funksiya-qism dasturlarini yozish mumkin.
Shuningdek,
turli
multimedia
hujjatlarini
va
plaginlarni
joylashtirishni ham shu menyuda muvaffaqiyatli amalga oshirish
mumkin.
“Project Explorer”
muloqot oynasida joriy loyihani
tashkil etuvchi elementlar, masalan sahifalar, obektlar va
ularning nomlari haqida axborot olish, ular bilan ishlash
imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“Properties”
muloqot oynasida loyiha sahifasining o’zi va
sahifadagi har bir obektga xos atributlar ro’yxati aks etgan
bo’lib, bu muloqot oynasi tanlangan obektga qarab o’zgarib
turadi. Chunki, turli obektlarning atributlari turlicha bo’lishi
mumkin.
Project ciz satrida biz yaratayotgan loyihaning xotira
o’lchami haqidagi axborot aks etadi. Shu axborotga binoan uni
CD yoki DVD ga mos kompilyatsiya qilish variantini tanlash
mumkin.
Holat satrida joriy obektga xos ma’lumotnomani
chaqirish, loyiha o’lchami, sichqoncha kursori va obektning
sahifadagi o’rni haqid a ma’lumot olish mumkin.
|