• 4. Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari; 5. Avtomatlashtirish bosqichlari;
  • 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtrishning maqsadi




    Download 179.55 Kb.
    bet1/3
    Sana25.08.2023
    Hajmi179.55 Kb.
    #79530
      1   2   3
    Bog'liq
    1-maruza
    3-tajriba ishi, e4e4808284396b0a0184423f5d7b0001, 1-labaratoriya informatika dur, 1-labaratoriya , Baxtiyor.uz-didaktik-oyinlar-kitobi, Passiv operatsiyalar-fayllar.org, Мақола. 3, GEOMETRIYA 1, Odam genomi» loyihasi, Ersultan, Garant bank BHA 92-2 Nadjimov Anvar 6-variant, ASILBEK, Taqvim, docs-aiogram-dev-en-latest, Mashrabov Mashrab (1)

    1-Ma`ruza. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning vazifalari va uni amalga oshirishda qo’yiladigan talablar


    Ma`ruza rejasi:
    1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi;
    2. Avtomatlashtrishning maqsadi;
    3. ARS ning ta`rifi;
    4. Avtomatik nazorat, rostlash va boshqarish tushunchalari;
    5. Avtomatlashtirish bosqichlari;
    6. Rostlash ob`yektini xarakteristikalovchi o`zgaruvchilarning asosiy guruhlari tushunchasi.


    Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo`lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya`ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.
    Avtomatika fan va texnikaning avtomatik boshqarish nazariyasi va amaliyoti, avtomatik sistemalarni qurish prinsiplari va texnik jihatlarini o`z ichiga oladi. Avtomatlashtirish – bu texnik jihozlarning qo`llanilishi, matematik usullar va boshqarish sistemalarida, buning natijasida inson qisman yoki butunlay informatsiya olishda o`zgartirish, uzatish va energiyani ishlatishdan ozod bo`ladi.
    Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir. U fan va texnikani umumiy rivojlantirish natijasidir. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning rivojlanishi asosan 50-60 – yillarda boshlangan. Texnika siyosatini maqsad sari yo`naltirilganligi hisobiga kimyoviy ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirishning darajasi oshdi. Texnologik jihozlanishning yaxlitligi va undagi o`zlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarishni texnologik jarayonda amalga oshirilishi, texnologik ob`ektni boshqarishni tashkil qiladi. Axborotlarni avtomatlashtirilgan holda yig’ish va qayta ishlashni ta`minlovchi hamda inson faoliyatining turli sohalardagi optimal boshqarish uchun zarur bo`lgan inson – mashina sistemasiga – avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (ARS) deyiladi.
    «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» kursining asosiy maqsadi: avtomatikaning zamonaviy texnik vositalari hamda EHM bilan boshqariladigan mikroprosessorli texnika bazasi asosida ARS larni qurish usullari va prinsiplarini to`la-to`kis o`rganishdan iborat. Kursning amaliy mohiyati mamlakatimiz xalq xo`jaligi taraqqiyotidagi ustuvor vazifalar bilan bog’langan.
    Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko`ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.

    Download 179.55 Kb.
      1   2   3




    Download 179.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtrishning maqsadi

    Download 179.55 Kb.