Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish sikli




Download 180.56 Kb.
bet4/4
Sana31.10.2023
Hajmi180.56 Kb.
#92244
1   2   3   4
Bog'liq
2-MAVZU
4-ma\'ruza

Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish sikli.


Ikki taktli dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo'ladi. Bu yerda ham xuddi to'rt taktli dvigatellar kabi, ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki ichida tayyorlanadi. Shunga qarab shu sikl bo'yicha ishlovchi dvigatellar karburatorli yoki dizel bo'lishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga xaydash va silindrni tozalash uchun yonilgi aralashmasi (karburatorli dvigatelda), yoki xavo oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Ikki taktli dvigatellarni tug'ri oqimli (pryamotochnaya) va ko'ndalang oqimli tozalash usullari keng tarqalgan 3-rasmda ikki taktli dvigatellarning ishlash sxemasi tasvirlangan. Keltirilgan sxemada silindr 2 ning ikki tomonida kiritish 3 va chiqarish 7 darchalari bor. Silindr golovkasida yondirish svechasi 10 (karburatorli dvigatelda) yoki forsunka (dizelda) o'rnatilgan. Silindr ichida porshen 9 xarakatlanadi va o'zining devorlari yordamida kiritish va chiqarish darchalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos 4 silindrga siqilgan yonilg'i aralashmasi yoki xavo (dvigatellarining tipiga qarab) yuborish uchun xizmat kiladi.

3-rasm. Ikki taktli dvigatelning ish sikli sxemasi
Porshen p.ch.n. dan yu.ch.n. ga xarakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish 3 va chiqarish 7 darchalari ochiq. Nasos 4 yordamida kiritish darchasi 3 orqali silindrga yonilg'i aralashmasi yoki xavo kiritiladi, ular silindr ichida kolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo'shliqni to'ldiradi; yuqoriga xarakatlanayotgan porshen o'z devorlari bilan kiritish va so'ngra chiqarish darchalarini to'sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish jarayoni boshlanadi va porshen yu. ch. n. ga yetay deganda siqish kamerasiga elektr uchquni (karburatorli dvigatelda) yoki yoqilg'ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi. Shunday qilib, porshen p. ch. n. dan yu. ch. n. ga xarakatlanish jarayonida silindr oldingi sikldan qolgan gazlardan tozalanadi va yangi zarad bilan to'ldiriladi, keyinchalik darchalar yopiladi va siqish jarayoni boshlanadi.
Ikkinchi taktda porshen yu. ch. n. dan p. ch. n. ga xarakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko'p miqdorda issiqlik miqdori ajraladi va gazlar bosimi ta'sirida porshen p. ch. n. ga qarab xarakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish jarayoni ketadi. Porshenning xarakatlanish vaqtida porshen o'z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanok katta bosimga ega bo'lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So'ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zarad (yonilgi aralashmasi yoki xavo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi. Ikki taktli siklda ishlovchi karburatorli dvigatel asosan mototsikllarga o'rnatiladi.
Nazorat savollari

    1. To'rt taktli korbyuratorli ichki yonuv dvigateli qanday ishlaydi?

    2. To'rt taktli dizel ichki yonuv dvigateli qanday ishlaydi?

    3. Ikki taktli ichki yonuv dvigateli qanday ishlaydi?

Download 180.56 Kb.
1   2   3   4




Download 180.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish sikli

Download 180.56 Kb.