• Birinchi takt – kiritish
  • Uchinchi takt – kengayish
  • Tortinchi takt – chiqarish
  • To'rt taktli dizel dvigatelining ish sikli




    Download 180.56 Kb.
    bet3/4
    Sana31.10.2023
    Hajmi180.56 Kb.
    #92244
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-MAVZU
    4-ma\'ruza
    To'rt taktli dizel dvigatelining ish sikli.
    Siqish taktining oxirida silindrga purkalgan suyuk yonilg'i siqilish natijasida qizigan xavo bilan aralashib o'z-o'zidan alangalansa, bunday dvigatel dizel deyiladi. To'rt taktli dizelning ish sikli ham huddi, karburatorli dvigateldagi kabi o'tadi. Lekin dizelning ishlash protsessida uning silindriga yonuvchi aralashma emas, balki xavo va yonilg'i ayrim-ayrim holatda maxsus asbob va qurilmalar yordamida kiritiladi.
    Birinchi takt – kiritish. Porshen yu.ch.n. dan p.ch.n.ga xarakatlanganda silindrga kiritish klapani orqali changdan tozalangan xavo so'riladi. Kiritish taktining oxirida silindrdagi bosim 80…90 kPa (0,8…0,9 kgk/sm ), xarorat esa 320…340 K (50…70 S).
    Ikkinchi takt siqish. Ikkala klapan yopiq holatda, porshen p.ch.n. dan yu.ch.n ga xarakatlanadi, natijada silindrdagi xavo siqiladi. Siqish takti oxirida xavo bosimi 3000…4000 kPa (30…40 kgk/sm ) gacha, xarorati esa 770…1000 K (500…730 S) gacha yetadi. Shu payt silindrga forsunka orqali yuqori bosimda yonilg'i nasos yordamida 15000 kPa (150 kgk/sm ), bosim bilan purkaladi. Purkalgan yonilg'i o'ta qizigan xavo bilan aralashib o'z-o'zidan alangalanadi.
    Uchinchi takt kengayish, ikkala klapan yopiq holatda. Bu taktning boshlanishida siqish taktining oxirida alangalangan yonilg'ining yonish jarayoni davom etadi. Bu payt silindrdagi bosim 5500…8000 kPa (55…80 kgk/sm ), xarorat 1900…2200 K (1630…1930 S). Yuqori bosimga ega bo'lgan silindr ichidagi gazlarning kengayishi natijasida porshen yu.ch.n. dan p.ch.n. ga xarakatlanib, shatun orqali tirsakli valning krivoshipini 180 burchakka buradi. Porshen p. ch. n ga yaqinlashganda gazlarning kengayishi natijasida, silindrdagi gazlarning bosimi 3000…4000 kPa (30…40 kgk/sm ), ga, temperaturasi esa 900…1200 K (630…930 S) ga pasayadi.
    To'rtinchi takt chiqarish. Chiqarish klapani ochiq holatda. Porshen p.ch.n. ga xarakatlanib, ishlatilgan gazlarni chiqarish klapani orqali atmosferaga chiqarib yuboradi. Bu takt oxirida silindrda qolgan gazlarning bosimi 110…120 kPa (1,1…1,2 kgk/sm ) ga, xarorati esa 700…900 K ga (430…630 S) ga teng.
    Tirsakli valning bundan keyingi aylanishida ish sikli shu tartibda davom etadi.

    Download 180.56 Kb.
    1   2   3   4




    Download 180.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To'rt taktli dizel dvigatelining ish sikli

    Download 180.56 Kb.