• Birinchi takt – kiritish
  • Ikkinchi takt – siqish
  • Uchinchi takt – ish yoli
  • Turtinchi takt – chiqarish.
  • Dvigatellarni qismlarga ajratish, yuvish, tozalash, saralash, yig‘ish va sinash ishlari




    Download 180.56 Kb.
    bet2/4
    Sana31.10.2023
    Hajmi180.56 Kb.
    #92244
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2-MAVZU
    4-ma\'ruza
    Dvigatellarni qismlarga ajratish, yuvish, tozalash, saralash, yig‘ish va sinash ishlari.
    Reja:
    1.Dvigatelning ishlash usuli.

    2.To'rt taktli porshenli ichki yonuv dvigatellarining ish sikli.


    3.Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish sikli
    Zamonaviy avtomobillarga o'rnatiladigan karburatorli dvigatellar asosan to'rt taktli sikl bo'yicha ishlaydi. Porshenli ichki yonuv to'rt taktli dvigatellarda ish sikli porshenning to'rtta yurishida, ya'ni tirsakli val ikki marta aylanganda sodir bo'ladi va sikl qaytadan takrorlanadi. Silindrda sodir bo'layotgan jarayonga ko'ra to'rt taktning har biri quyidagicha nomlanadi; 1) kiritish takti; 2) siqish takti; 3) kengayish takti (ish yo'li) ; 4) chiqarish takti.
    Shu jarayonlarni to'rt taktli sikl bo'yicha ishlaydigan bir silindrli dvigatel misolida ko'rib chiqamiz.
    Birinchi takt kiritish. Bu takt silindrni yonuvchi aralashma bilan to'ldirish uchun zarur. Yonilg'i aralashmasi silindrga kiritish klapani 1 (2-rasm) ochilgan paytda, porshen 4 yuqorigi chekka nuqta(yu.ch.n) dan pastki chekka nuqta(p.ch.n)ga tomon xarakatlanishida porshen yuqorisida xosil bo'lgan bo'shlikka kiradi. Porshen yu.ch.n.dan p.ch.n.ga yetganda silindr 5 yonilg'i aralashmasi bilan to'ladi, kiritish klapani 1 yopiladi. Xosil bo'lgan aralashma ish aralashmasi deyiladi. Kiritish taktining oxirida bosim 70…90 kPa (0,7…0,9 kgk/sm ), ish aralashmasining xarorati 340…380 K (70…110 S).
    Ikkinchi takt – siqish ish aralashmasining ichki energiyasini ko'paytirib, uni yonishga tayyorlaydi. Ish aralashmasi porshen p. ch. n. dan yu.ch. n ga tomon siljigan paytda siqiladi. Bu holda kiritish hamda chiqarish klapanlari 1 va 3 yopiq bo'ladi. Siqish takti oxirida aralashmaning bosimi 1200…1700 kPa (12…17 kgk/sm), xarorati esa 570…670 K (300…400 S).
    Siqish taktining oxirida elektr svecha 2 elektrodlari orasida elektr uchquni paydo bo'ladi, uning ta'sirida silindrda siqilgan ish aralashmasi alangalanadi.
    Uchinchi takt ish yo'li yoki yonish va kengayish takti. Bu taktda ish aralashmasining yonishdan xosil bo'lgan issiqlik energiyasi foydali mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunda ikkala klapan ham yopiq holatda bo'ladi. Takt boshlanishida silindr ichidagi alangalangan gazlar yonib ko'p mikdorda issiqlik chiqaradi. Shu daqiqada yongan gazlarning bosimi 3500-5000 kPa (35…50 kgk/sm ). Xarorati esa 2270… 2670 K (2000…2400 S) gacha ko'tariladi. Shu bosim ta'sirida porshen yu.ch.n. dan p.ch. n. ga tomon xarakatlanadi, ya'ni ish yo'li takti bajariladi. Bu taktning oxirida silindrdagi gaz bosimi 400…500 kPa (4,0…5,0 kgk/sm ) gacha, xarorati esa 1300…1500 K (1030…1830 S) gacha kamayadi.
    Turtinchi takt chiqarish. Silindrni ishlatilgan gazlardan tozalash takti. Chiqarish klapani 3 ochilganda porshen 4 yuqoriga xarakatlanib, yongan maxsulotlar atmosferaga siqib chiqariladi. Bu taktning oxirida silindr ichida qolgan gazlarning bosimi 110…120 kPa (1,1…1,2 kgk/sm ), xarorati 770…1100 K (500…830 S).
    Keyinchalik esa silindrdagi taktlar yuqorida bayon etilgan tartibda takrorlanadi.

    Download 180.56 Kb.
    1   2   3   4




    Download 180.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dvigatellarni qismlarga ajratish, yuvish, tozalash, saralash, yig‘ish va sinash ishlari

    Download 180.56 Kb.