Fizik modelni yaratish: ma'lumotlar bazasining hajmini hisoblash; oldinga va teskari loyihalash




Download 86,94 Kb.
bet35/50
Sana14.01.2024
Hajmi86,94 Kb.
#137189
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
1. Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyasining asosiy

Fizik modelni yaratish: ma'lumotlar bazasining hajmini hisoblash; oldinga va teskari loyihalash

Loyihalashtirish bosqichida eng avval ma‘lumotlar modeli tashkil qilinadi. Loyihachilar boshlangich axborot sifatida tahlil natijalarini olishadi. Ma‘lumotlarning mantiqiy va fizik modellarini qurish ma‘lumotlar bazasini loyihalashning asosiy qismi bо’lib hisoblanadi. Tahlillar jarayonida olingan axboraivy model avval ma‘lumotlarning mantiqiy modeliga, sоngra esa fizik modeliga aylantiriladi. Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning bu ikkala jarayoni ham bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Jarayonlarni loyihalashning bosh maqsadi AT modullarida tahlil bosqichida olingan funksiyani tasvirlashdan iborat. Modullarni loyihalashda dastur interfeysi aniqlanadi: menyuning joylashishi, oyna kо‗rinishi va h.k. Loyihalashning yakuniy mahsuloti bо‗lib quyidagilar hisoblanadi: - ma‘lumotlar bazasining sxemasi (tahlil bosqichida ishlab chiqilgan ER-modeliga asoslangan); - tizim modullarining tasniflari tо‗plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi). Undan tashqari loyihalash bosqichida operatsion tizim va platforma tanlovini о‗z ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi. Bir turli bо‗lmagan AT da har xil operatsion tizim yordamida boshqariluvchi bir nechta har xil apparatli platformalarda kompyuterlar ishlashi mumkin. Bundan tashqari platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi: - bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bо‗ladimi; - bu arxitektura 3-darajali quyidagi qatlamli bо‗ladimi: server, oraliq qatlamli DT (ilova serveri), mijoz DT; - ma‘lumotlar bazasi markaziy yoki tarqatmali bоladimi. Agar ma‘lumotlar bazasi tarqatmali bо‗lsa, u holda qо‗llab-quvvatlash mexanizmlaridan qaysi biri foydalaniladi:
ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi;
- ma‘lumotlar bazasi bir turli bо‗lsa, ya‘ni barcha ma‘lumotlar serverlari bittagina
-ishlab chiqaruvchining mahsuloti bо’lsa (barcha serverlar oracle yoki barcha serverlar
faqat DB2 (Data Base-ma‘lumotlar ombori) va UDB). Agar ma‘lumotlar bazasi bir turli bо’lmasa, u holda qanday dasturiy ta‘minot (DT) har xil tashkilotlarda ishlab chiqilgan MBBT (ma‘lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari) larda ma‘lumotlar almashinishi uchun qо’llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi. Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi. Sinash bosqichida tizimni DT i, texnikaviy qurilmalarni о’rnatish, foydalanish
hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi.
Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bо’yicha tarqalgan bо’ladi.
Alohida bir modulni yaratish tugallanganda quyidagi ikki maqsadni kо’zlovchi
avtonom test о’tkaziladi:
- moduldagi tоxtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi;
- modul maxsusliklariga mosligi (barcha zaruriy funksiyalar mavjudligi, ortiqcha
funksiyalarning yо’qligi).



Download 86,94 Kb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Download 86,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizik modelni yaratish: ma'lumotlar bazasining hajmini hisoblash; oldinga va teskari loyihalash

Download 86,94 Kb.