|
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati. Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
|
bet | 5/16 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #116981 |
Bog'liq 12 -Ma\'ruzaKompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar yetkazuvchi dastur kodi yoki buyruqlar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
Ma’lumotlar xavfsizligi - bu ma’lumotlarni aniqligini, ma’lumotlarni va dasturlarni ruxsatsiz ishlatishdan, nusxalashdan va o‘zgartirilishidan himoyalangan ekanligini bildiradi.
Axborotni himoya hilish deganda:
Axborotning butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib chiqadi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim obyektlarining himoyalanganligidir.
Ma’lumotni qayta ishlashdagi xavfsizlik bevosita kompyuter tizimining xavfsizligiga bog‘liq.
Kompyuter tizimi deb texnik va dasturiy vositalar, har xil turdagi ma’lumot tashuvchi uskunalar, ma’lumotlar va ushbu vositalar bilan ishlaydigan xodimlar majmuyi tushuniladi. Hozirgi kunda kompyuter tizimining xavfsizligini baholashda maxsus baholash kriteriyasi qo‘llaniladi. Bunda kompyuter tizimiga 4 ta talab qo‘yilgan:
° xavfsizlik siyosatini o‘tqazish talabi - security policy;
° kompyuter tizimini qo‘llanishini hisobini olib borish - accounts;
° kompyuter tizimiga ishonchlik;
° hujjatlashtirishga qo‘yilgan talab.
|
| |