|
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati. Raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
|
bet | 8/16 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #116981 |
Bog'liq 12 -Ma\'ruzaKodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.
Steganografiyaning kriptografiyadan boshqa yana o‘zgacha masalasi ham bor, ya’ni uning maqsadi - maxfiy xabarni o‘zining mavjudligini ham yashirish. Bu ikkala usul birlashtirilishi ham mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi ( masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
Kompyuter texnologiyalari steganografiyaning rivojlanishi va mukammalashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo‘nalish - kompyuter steganografiyasi paydo bo‘ldi.
Global kompyuter tarmoqlari va multimedia sohasidagi uzluksiz rivojlanishlar telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib, xabarlarni kompyuter fayllarida (konteynerlar) yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar. «Kriptografiya» termini dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning konfidensial-ligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‘iga ruxsatsiz kirishni mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini o‘rnatish deyiladi. Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini o‘rnatishda qo‘llanilishi mumkin.
Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‘idan ma’nosi buzilmasdan kelganligi-ni bilish, balki uni muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda samarali bo‘lmagan protseduradir, chunki parolni qo‘liga kiritgan har qanday shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta’minlaydi.
Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri - raqamli signatura - maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida yaxlitlikni ta’minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma’lum bo‘lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma’lum usullardan ko‘proq afzalliklarga ega.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi - birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
|
| |