Almashtirish shifri tushunchasi. Jadvalli almashtirishlar




Download 22,34 Kb.
bet3/3
Sana17.01.2024
Hajmi22,34 Kb.
#139547
1   2   3
3. Almashtirish shifri tushunchasi. Jadvalli almashtirishlar. O‘rin almashtirish shifrlari tanlangan o‘rin almashtirish kaliti (qoidasi) ga mos holda matndagi harflar guruhini qayta tartiblaydi. Buning uchun oddiy shifrlash protsеdura (kalit)larini bеruvchi maxsus jadvallardan foydalaniladi. Unga ko‘ra xabardagi harflar o‘rnini almashtirish amalga oshirilgan. Bunday jadvaldagi kalit sifatida jadval o‘lchamlari hamda almashtirish yoki jadvalning boshqa maxsus xususiyatlarini bеruvchi iboralar xizmat qiladi. Kalit so‘zi oltita harfdan kam bo‘lmasligi va bu so‘zda har bir harf faqat bir marotaba ishtirok etishi kerak. Masalan, kalit so‘z- sevinch, shifrlanadigan matn – “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlatdir” bo‘lsin. ”. Matnni shifrlash: 1.1. Jadvalning birinchi satriga kalit so‘z yoziladi; 1.2. Ikkinchi satridan boshlab matn yozib chiqiladi; 1.3. Jadvalning bo‘sh qolgan qismini bir xil belgi bilan to‘ldirib chiqiladi (bu holda x harfi bilan); Kalitdagi harflarning alfavitdagi tartib raqamlari yozib chiqiladi; Kalit harflarining tartib raqamlari bo‘yicha o‘sish taribida ustunlar tartiblanadi; Ushbu jadvaldagi xarflarni gorizontal ketma-ketlikda yoziladi va matnning shifri hosil bo‘ladi; C – “k’ibeozetlntsobjugiaavuldaykxtxirad”. Shifrlangan matnni ochish: Shifrlangan matn gorizontal ketma-ketlikda jadvalga yoziladi; Kalitdagi harflarning harfini tartib raqamini yozib S-18, e-4, v-21, i-8, n-13, c-2, h-7 jadvalning 1 satriga o‘sish tartibida yoziladi; Kalit harflariga mos ravishda ustunlar tartiblanadi; Ushbu jadvaldagi harflarni gorizontal ketma-ketlikda yoziladi va ochiq matn hosil bo‘ladi: “O‘zbekiston kelajagi buyuk davlatdir”
Kalit sifatida 2 ta son olinadi. Har bir sonda raqamlar takrorlanmasligi kerak. 1- yozilgan son gorizontal kalit, 2-yozilgan son vertikal kalit sifatida ishlatiladi. Birinchi son birinchi satrga yoziladi, ikkinchi son birinchi ustunga yoziladi. Ochiq matn shu jadval o‘lchamiga mos qilib tuziladi. Agar matn katta bo‘lsa, bloklarga ajratiladi. Shifrlash: Masalan, kalit ”364512, 76815”, ochiq matn ”Axborotni himoyalash usullari fan” bo‘lsin. 6x7 jadval chiziladi, gorizontal kalit birinchi satrga yoziladi, vertikal kalit birinchi ustunga yoziladi, matn gorizontal tarzda jadval ichiga yozib chiqiladi. . Gorizontal kalit bo‘yicha ustunlarni o‘sish tartibida joylashtiriladi; . Vertikal kalit bo‘yicha satrlarni o‘sish tartibida joylashtiriladi; Ushbu jadvaldagi harflarni gorizontal ketma-ketlikda yoziladi va shifrlangan matn hosil bo‘ladi Shifrlangan matn - ”llhsuuanaifrlmtlhnroaboxasoaly”. Shifrlangan matnni ochish: 6x7 jadval chiziladi, gorizontal kalit birinchi satrga raqamlarining o‘sish tartibida yoziladi, vertikal kalit birinchi ustunga raqamlarining o‘sish tartibida yoziladi, shifrlangan matn gorizontal tarzda jadval ichiga yozib chiqiladi; Vertikal kalit o‘z holiga keltiriladi, shu bilan satrlar o‘rni almashadi; Gorizontal kalit o‘z holiga keltiriladi, shu bilan ustunlar o‘rni almashadi; Hosil bo‘lgan jadvaldagi harflarni gorizontal ketma-ketlikda yoziladi va ochiq matn hosil bo‘ladi. Ochiq matn - ”Axborotni himoyalash usullari fan”.
4.
Download 22,34 Kb.
1   2   3




Download 22,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Almashtirish shifri tushunchasi. Jadvalli almashtirishlar

Download 22,34 Kb.