• Yarimoʻtkazgichli asboblar
  • Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi




    Download 13,36 Kb.
    bet4/5
    Sana27.07.2024
    Hajmi13,36 Kb.
    #268735
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari Dinistor tuzilma-kompy.info

    Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi
    VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq p-n o‘tishlarga ega ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi.
    Tiristorning S-simon VAXida tok ortishi bilan kuchlanish kamayadigan AV soha mavjud.
    Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira – eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda ener-giya iste’mol qilmaydigan asbob – triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
    Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi. Tuzilma chekkasidagi r – qatlam anod (A), n – qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi n – va r – sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlarning o‘zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida simistor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.
    Yarimoʻtkazgichli asboblar — yarimoʻtkazgichlarda yuz beradigan elektron jarayonlar asosida ishlaydigan elektron asboblar. Elektronikada turli signallarni oʻzgartirishda, energetikada esa bir turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga aylantirishda qoʻllaniladi. Vazifasi, ishlash tarzi, materiali, tuzilishi va texnologiyasi, ishlatilish sohasiga qarab tasniflanadi: elektr kattaliklarini ikkinchi elektr kattaliklariga oʻzgartiradigan elektr oʻzgartirgich asboblar (diod, tranzistor, tiristor va boshqalar); yorugʻlik signallarini elektr signallariga va aksincha aylantiruvchi optoelektron asboblar (optron, fotorezistor, fotodiod, fototranzistor, fototiristor, yarimoʻtkazgichli lazer, yorugʻlik tarqatuvchi diod va boshqalar); issiqlik energiyasini elektr energiyasiga va, aksincha, aylantiruvchi termoelektr asboblar (termoelement, termoelektr generator, quyosh batareyasi, termistor va boshqalar); magnitoelektr asboblar; pyezoelektr va tenzometrik asboblar (asosiy sinf) va h. k. Integral sxemalar (elektr oʻzgartiruvchi va optoelektronli boʻlishi mumkin) ayrim sinfga kiradi. Yarimoʻtkazgichli asboblar yarimoʻtkazgich materialga qarab, germaniyli, kremniyli va h.k. boʻlishi mumkin. Tuzilishi va texnologik alomatiga koʻra, Yarimoʻtkazgichli asboblar nuqtali va yassi xillarga, ishlatilish sohasiga qarab, yuqori chastotali, yuqori voltli, impulsli va boshqalarga ajraladi.

    Download 13,36 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 13,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi

    Download 13,36 Kb.