-bob. AUDIO VA VIDEO FAYLLAR BILAN ISHLASH




Download 51.66 Kb.
bet4/5
Sana21.12.2022
Hajmi51.66 Kb.
#36471
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf informatika testlari
sport to`garagi qatnashchilarining jismoniy sifatlarini nazorat qilish metodikasi, Prepositions Ma\'rufjon 312, oliy-ta-limda-kredit-modul-tizimi, 620557, PEDAGOGIKA, Oʻzgarmas tok generatori - Vikipediya, 6-mavzu Elektr zaryadlari. Kulon qonuni Elektrostatikada birlik, Kompyuter tarmoqlari, 1, 2, Huquq tizimi alohida huquq sohalaridan tashkil topadi, Pedagogika fanini o\'qitishda didaktik o\'yini ta\'lim texnologiyalarini qo\'llash, ALUMINIY, Taqdimot (1) (1)
4-bob. AUDIO VA VIDEO FAYLLAR BILAN ISHLASH

1. Yozilgan ovoz tovush hamda ovoz bilan ishlash tizimi va texnologiyalari ... ?


A. Audio (lotincha eshitmoq)
2. Flm parchasi yoki video ketma-ketligi, alohida tasvir ... ?
A. Kadr (fr. cadre – kadr)
3. Buyum, manzara vа hokazolarning yagona fotografk tasviri ... ?
A. Fotokadr
4. Audio yoki videofayllardan ixtiyoriy tarzda terib olingan ro‘yxat ... ?
A. Pleylist
5. Biror usul yordamida yozilgan hamda ijro etish mumkin bo‘lgan ovozli axborot ...?
A. Audioaxborot
6. Audioaxborotlar qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi ?
A. analogli va raqamli
7. Audioaxborotning analog shakli bu ...?
A. Tovushning havodagi tebranishi (ovozli signallar), ya’ni to‘lqinlar ko’rinishi
8. Audioaxborotning diskret yoki raqamli shakli ?
A. Tovush signallari raqamlashtirilgani, ya’ni to‘lqinlar nuqtali (impuls) signallar to‘plamlari bilan almashtirilib, so‘ngra impulslarning kattaligi raqamli kodlar bilan almashtirilish)
9. Raqamli shakldagi audioaxborotlarga ega fayl bu ...?
A. Audiofayl
10. Raqamli audioaxborotni faylga yozish usuli va xususiyatlari bu ... ?
A. Audiofayl formati
11. Bugungi kunda nechtadan ortiq audiofayl formatlari mavjud ?
A. 40 dan ortiq
12. Audiofayl kengaytmasini to’g’ri ko’rsating ?
A. .wma, .wav, .mp3, .mid, .mod, .ac3, .fac, .mp2, .ogg.dts, .aac, .aiff
13. Mono raqamli audioyozuv necha kanaldan iborat bo‘ladi ?
A. 1 ta kanal
14. Stereo raqamli audioyozuv necha kanaldan iborat bo‘ladi ?
A. 2 ta kanal
15. Dolby Digital raqamli audioyozuv necha kanaldan iborat bo‘ladi ?
A. 6 ta kanal
16. Yuqori sifatli ammo katta hajmli audiofayllar formati ?
A. WAV formati
17. Eng keng tarqalgan kichik hajmli audiofayllar formati ?
A. MP3 formati
18. Biror usul yordamida yozilgan, ekranda ijro etish mumkin bo‘lgan harakatlanuvchi obyektlar tasviri (fotokadrlarlar) bu ... ?
A. Videoaxborot
19. Raqamli audioaxborot va elektron fototasvirlar to‘plami bu ... ?
A. Raqamli videoaxborot
20. Audioaxborot jo‘rligida yozilgan raqamli shakldagi videoaxborot fayli ... ?
A. Videofayl
21. Audioaxborot jo‘rligida raqamli videoaxborotni yozish usuli va xususiyatlari bu ... ?
A. Video fayl formati
22. Bugungi kunda nechtadan ortiq video fayl formatlari mavjud ?
A. 70 dan ortiq
23. Video fayl kengaytmasini to’g’ri ko’rsating ?
A. .avi, .mp4, .wmv, .mpeg, .fv, .swf, .3gp, .mov
24. Audio yoki videofaylni siqadigan (qisqartiradigan) va asl hajmini tiklaydigan maxsus dastur bu ... ?
A. Kodek
25. Ovoz yozish va uni tahrirlash (audioaxborotlarni yaratish yoki tayyor MP3 fayllar bilan ishlash) uchun bepul sodda dastur vositalar ... ?
A. Audacity (http://audacity-free.ru/)
26. Ovoz yozish va uni tahrirlash uchun murakkab funksional imkoniyatlarga ega bo‘lmagan sodda bepul dastur vositalar ... ?
A. Free Audio Recorder (http://www.freeaudiorecorder.net)
27. Audio va videofayllarni tez va oson yaratish hamda tahrirlash imkoniyatiga ega onlayn veb-sayt ... ?
A. 123Apps (https://123apps.com/)
28. 123Apps veb sayt yordamida nimalarni amalga oshirish mumkin?
A. audio faylni kesish, onlayn ravishda bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish, bir nechtani bittaga birlashtirish, videofayllarni bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish, videoning biror qismini kesish, mikrofon yordamida ovoz yozish, veb-kamera yordamida video yozish
29. 123Apps veb saytning audio faylni kesish imkoniyat adresi ... ?
A. Audio Cutter (http://mp3cut.net/)
30. 123Apps veb saytning audiofayllarni onlayn ravishda bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish imkoniyat adresi ... ?
A. Audio Converter (http://online-audio-converter.com/)
31. 123Apps veb saytning bir nechta audiofaylni bitta faylga birlashtirish imkoniyat adresi ... ?
A. Audio Joiner (http://audio-joiner.com/)
32. 123Apps veb saytning videofayllarni bir formatdan ikkinchisiga o‘tkazish imkoniyat adresi ... ?
A. Video Converter (http://convert-video-online.com/)
33. 123Apps veb saytning videoning biror qismini kesish imkoniyat adresi ... ?
A. Video Cutter (http://online-video-cutter.com/)
34. 123Apps veb saytning mikrofon yordamida ovoz yozish imkoniyat adresi ... ?
A. Voice Recorder (http://online-voice-recorder.com/)
35. 123Apps veb saytning veb-kamera yordamida video yozish imkoniyat adresi ... ?
A. Video Recorder (http://webcamerA. io/)
36. Ovoz yozish uchun kompyuterda o‘rnatilgan Windows operatsion tizim tarkibidagi standart dastur nomi ?
A. “Пуск” → “Все программы” → “Стандартные” → “Звукозапись”
37. Audiofayllarni ijro etish uchun qanday maxsus dastur mavjud ?
A. audiopleyer dasturlar
38. Videofayllarni ijro etish uchun qanday maxsus dastur mavjud ?
A. videopleyer dasturlar
39. Audio va videopleyerlarni ko’rsating ?
A. Windows Media Player, AIMP, Winamp, KMPlayer, Mediaplayer, PotPlayer ...
40. Video fayllarni ijro etish uchun kompyuterda o‘rnatilgan Windows operatsion tizim tarkibidagi standart dastur nomi ?
A. “Пуск” → “Все программы” → “Стандартные” → “Windows Media Player”
41. Raqamli audio va videoyozuvlar sifatining asosiy parametri nima deb ataladi ?
A. Bitrate (bit tezligi)
42. Ijro etishning bir sekundida sodir bo‘ladigan ikkilik yozuvdagi bitlar soni bu ... ?
A. Bitrate (bit tezligi)
43. Sekundiga kilobit (kbit/s yoki kbps) yordamida nima o‘lchanadi ?
A. Bitrate
44. Bitrate = 32 kbps qaysi audioyozuvlar sifati mos bo’ladi ?
A. diktofonlarda ovoz yozish sifati
45. Bitrate = 96 kbps qaysi audioyozuvlar sifati mos bo’ladi ?
A. aloqa kanallari orqali past sifatli ovoz yozish sifati
46. Bitrate = 192 kbps qaysi audioyozuvlar sifati mos bo’ladi ?
A. musiqani yozish uchun maqbul sifat darajasi
47. Bitrate = 256 kbps qaysi audioyozuvlar sifati mos bo’ladi ?
A. musiqani yozish uchun yuqori sifat
48. Bitrate = 320 kbps qaysi audioyozuvlar sifati mos bo’ladi ?
A. MP3 formatida qo‘llab-quvvatlanadigan eng yuqori audio sifati
49. Internetdan yuklab olingan audio yoki videofayllarni eshitish va ko‘rish, kerakli qismini qirqib olish, bir formatdan boshqa formatga o‘tkazish yoki taqdimot ko‘rinishidagi loyiha ishiga joylashtirish uchun qanaqa dasturlari kerak bo‘ladi?
A. audio yoki videomuharrir dasturlari
50. Audiofayllarni qayta ishlashning nechta konvertatsiya qilish.
51. Audioni o‘zgartirish jarayoni (audiofaylning fragmentlarrini kesish, joylashtirish, o‘chirish va birlashtirish, ovoz effektlarini butun audioaxborot va uning qismlariga tatbiq etishni) bu ... ?
A. Audiofaylni tahrirlash
52. Audiofaylning fragmenti bu ... ?
A. Audiofaylning tanlangan qismi
53. Audiofayl formatini o‘zgartirish jarayoni bu ... ?
A. Audiofaylni konvertatsiya qilish


Download 51.66 Kb.
1   2   3   4   5




Download 51.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. AUDIO VA VIDEO FAYLLAR BILAN ISHLASH

Download 51.66 Kb.