-bob. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA




Download 51.66 Kb.
bet3/5
Sana21.12.2022
Hajmi51.66 Kb.
#36471
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-sinf informatika testlari
sport to`garagi qatnashchilarining jismoniy sifatlarini nazorat qilish metodikasi, Prepositions Ma\'rufjon 312, oliy-ta-limda-kredit-modul-tizimi, 620557, PEDAGOGIKA, Oʻzgarmas tok generatori - Vikipediya, 6-mavzu Elektr zaryadlari. Kulon qonuni Elektrostatikada birlik, Kompyuter tarmoqlari, 1, 2, Huquq tizimi alohida huquq sohalaridan tashkil topadi, Pedagogika fanini o\'qitishda didaktik o\'yini ta\'lim texnologiyalarini qo\'llash, ALUMINIY, Taqdimot (1) (1)
3-bob. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA

1. Kompyuter tarmog‘i bu - ...?


A. Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki
simsiz bog‘lanishi tarmog‘i
2. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – ...?
A. Internetdir.
3. 1969-yilda yaratilgan, ma’lum bir masofada joylashgan bir nechta kompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi kompyuter tarmog‘ nomi?
A. ARPANET
4. ARPANET (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) so'z ta'rifi ?
A. Advanced Research Projects Agency Network
5. ARPANET boshida nechta kompyuterni ulash imkoni bo’lgan?
A. 4-ta
6. Internet so'z ta'rifi ?
A. Interconnected Networks – “birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining qisqartmasi. 
7. Internet bu - ...?
A. ARPANET ning zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi kompyuter tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini
8. Internet bu – ...?
A. Dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui.
9. Internet bu – ...?
A. ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab millionlab kompyuterlarni birlashtiradi.
10. Internet nechanchi yilda ishga tushirilgan ?
A. 1983-yil 1-yanvardan
11. Internet qaysi qurilmalar orqali foydalanish mumkin?
A. Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari va boshqa qurilmalar
12. Provayder bu ...?
A. Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot.
13. Provayder so'z ta'rifi ?
A. inglliz tili - yetkazib beruvchi
14. Internet uchun bizga nimalar zarur bo’ladi?
A. aloqa kanali va modem
15. Modem bu ...?
A. telefon tarmog‘i, kabelli televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va qabul qilish uchun kompyuterga ulangan qurilmA.
16. WWW bu ... ?
A. Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.
17. WWW so'z ta'rifi ?
A. World Wide Web – butun jahon o‘rgimchak to‘ri 
18. WWW vazifasi ?
A. Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.
19. Internet manbalari nimalardan tashkil topgan?
A. veb-sahifalardan
20. Birinchi veb sahifa (internet sayt) qachon ishga tushirilgan?
A. 1989-yilda
21. Birinchi veb sahifa (internet sayt) kim tomonidan ishga tushirilgan?
A. britaniyalik olim Tim Berners-Li
22. Veb-sahifa bu ...?
A. Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib, tarkibida matn, rasm, video, gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi.
23. Gipermurojaat bu ...?
A. joriy hujjatning boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga tezkor va oson о‘tishni ta’minlaydigan veb-sahifadagi element (belgi, matn, rasm yoki tugma)
24. Veb sayt bu ...?
A. Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida jamlagan hamda
bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui
25. URL bu ... ?
A. Internetdagi har bir veb-sahifa yoki veb-saytning uni qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili
26. URL so’z ta'rifi ?
A. Uniform Resurs Locator
27. URL necha qismdan iborat ?
A. 3-ta: protokol, domen (adres) va domen kengaytmalari (yuqori domen)
28. Protokol vazifasi ... ?
A. odatda “http” va ba’zida “https”, “ftp” yoki “gopher” so’zi bilan boshlangan va “://” belgilar bilan tugatilgan, veb-sayt uchun ma’lumotlarning qanday uzatilishini boshqaradigan qoidalar tо‘plami aniqlaydigan URL qismi.
29. Domen vazifasi ... ?
A. nuqtalar bilan ajratilgan va veb-saytni Internetdagi to’liq joylashuv manzilini aniqlaydigan URL qismi.
30. Domen kengaytmalari (yuqori domen) vazifasi ... ?
A. domenning oxirida nuqtadan keyin yoziladigan va 2-ta yoki 3-ta harfdan iborat, qaysi davlat yoki veb sayt to’ri (tashkilot shakli) ga mansubligini ko’rsatadigan URL qismi.
31. https://www.uzbekcoders.uz dagi URL da protokolni ko’rsating?
A. https:
32. https://www.uzbekcoders.uz dagi URL da domen (manzil) ni ko’rsating?
A. www.uzbekcoders
33. https://www.uzbekcoders.uz dagi URL da domen kengaytmasini ko’rsating?
A. uz
34. Davlatga mansubligini ko’rsatuvchi URL ning domen kengaytmasi (yuqori domen) ni ko’rsating?
A. UZ – О‘zbekiston, UK – Buyuk Britaniya, US – Amerika qо‘shma shtatlari, RU – Rossiya, KG – Qirg‘iziston, KZ – Qozog‘ iston, UA – Ukraina
35. Veb-sayt turini ko’rsatuvchi URL ning domen kengaytmasi (yuqori domen) ni ko’rsating?
A. COM – tijorat, EDU – ta’lim, GOV – hukumat, INT – xalqaro, MIL – harbiy, NET – tarmoq, ORG – nodavlat tashkilotlari
36. Internet butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun qaysi maxsus dasturlardan foydalaniladi ?
A. veb-brauzerlar
37. Veb-brauzer vazifasi?
A. Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni foydalanuvchi о‘qiy oladigan tilga o‘girib, kо‘rsatadigan dastur bо‘lib, uning yordamida veb-sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
38. Veb-sahifalar qaysi tilda yoziladi?
A. gipermatnli belgilash tili (HTML)da
39. Qaysi veb brauzer dasturi odatdan kompyuterga Windows tizimi bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi?
A. Internet Explorer
40. Qaysi veb brauzer dasturlarni bilasiz?
A. Internet Explorer, Google Chrome, Microsoft Edge, Mozila Firefox, Yandex, Safari, Opera, Netscape Navigator
41. Har bir veb brauzerda asosiy uskunalar panelidagi elementlaridan BACK - avvalgi sahifaga qaytish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. ALT+
42. Har bir veb brauzerda asosiy uskunalar panelidagi elementlaridan FORWARD - keyingi sahifaga o’tish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. ALT+
43. Har bir veb brauzerda asosiy uskunalar panelidagi elementlaridan RELOAD - sahifani yangilash buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+R yoki F5
44. Har bir veb brauzerda asosiy uskunalar panelidagi elementlaridan ADRES - sahifa URL manzil qatori chiqarish tugmasi - ... ?
A. CTRL+L
45. Har bir veb brauzerda asosiy uskunalar paneli yuqorisida qanaqa element joylashadi ?
A. MAIN MENU - barcha sozlamalar joylashgan menyu qatori
46. Veb brauzerning NEW TAB - hujjatni yangi bo’limda ochish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+T
47. Veb brauzerning HISTORY - ko’rib chiqishlar tarixini chiqarish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+H
48. Veb brauzerning DOWNLOADS - yuklanishlar ro’yxatini chiqarish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+J
49. Veb brauzerning FAVORITE - sevimli-tanlanganlar yoki BOOKMARK - xat chuplar ro’yxatini chiqarish buyruq tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+SHIFT+B
50. Veb brauzerning ADD FAVORITE - sevimli-tanlanganlar xat chupga ro’yxatiga qo’shish buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+D
51. Veb brauzerning ZOOM IN va ZOOM OUT - sahifa masshtabini o’zgartirish buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+ + yoki CTRL+ -
52. Veb brauzerning PRINT - sahifani chop etish buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+ P
53. Veb brauzerning FIND – sahifada matnni qidirish buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+ F
54. Veb brauzerning COPY – sahifaning tanlangan qismni nusxalash buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+ C
55. Veb brauzerning TRANSLATE – sahifadagi matnlarni tarjima qilish buyrug’i tezkor tugmasi - ... ?
A. CTRL+ C
56. Axborot-ta’lim portali ?
A. https://eduportal.uz/
57. O‘zbekiston milliy kutubxonasi ?
A. https://www.natlib.uz/
58. Raqamli ta’lim resurslari portali ?
A. https://dr.rtm.uz/
59. Jamoat axborot ta’lim portali
A. http://ziyonet.uz/
60. Hozirda Internetda ma’lumot izlashning nechta
asosiy usuli mavjud ?
A. 3-ta: veb-sahifa manzili orqali, gipermurojaatlar orqali, qidiruv tizimlar yordamida
61. Butunjahon Internet tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni qidirish uchun ishlatiladigan dastur - ... ?
A. Qidiruv tizimi
62. Qidiruv tizimlar ... ?
A. Google(https://www.google.co.uz/);Microsoft Bing(https://www.bing.com/);Yahoo(https://www.yahoo.com/);Baidu(https://www.baidu.com/);Yandex(https://www.yandex.ru/);DuckDuckGo(https://duckduckgo.com/);Kiddle(https://www.kiddle.co/);Aport(https://aport.ru/);WWW.UZ(https://www.uz/).
63. Yoshlarga mo‘ljallangan qidiruv tizim bu ... ?
A. Kiddle(https://www.kiddle.co/);
64. Qidiruv tizimi tomonidan berilgan shart bo’yicha aniqlangan veb-sahifalarga gipermurojaatlar ro‘yxati bu ... ?
A. Qidiruv natijalari
65. Qidirish va foydalanish mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar to‘plami bu ...?
A. Ma’lumotlar bazasi
66. Barcha kalit so‘zlar yoki qidiruv tizimi orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar ro‘yxati bu ... ?
A. Index
67. Muammoni hal qilish uchun dastur bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketma-ketligi bu ... ?
A. Algoritm
68. Qidirilayotgan ma’lumotning umumlashgan kо‘rinishdagi sо‘z yoki sо‘zlar birikmasidan iborat shakli bu ... ?
A. qidiruv kalit so‘zi
69. Istalmagan ma’lumotni olib tashlash yoki kerakli ma’lumotlarni topish uchun qо‘llaniluvchi dastur qismi bu ...?
A. Filtr
70. Maxsus belgilar hamda AND (va), OR (yoki), NOT (yo‘q) kabi so‘zlardan foydalanilgan , ma’lumotlarni tez va aniq topishni ta’minlaydigan so’rovlar bu ... ?
A. Murakkab ko‘rinishdagi so‘rovlar
71. So’rovdagi so‘zlarning har bir sahifada qatnashishini shartligini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. so’rov + kalit so’z + kalit so’z
72. So’rovdagi so‘zni sahifada ishtirok etmasligini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. so’rov - kalit so’z
73. So’rovdagi so‘zlarning bitta jumla bo’lib ishtirok etishini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. “kalit so’zlar”
74. So’rovdagi so‘zlarning birgalikda sahifada qatnashishini shartligini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. kalit so’z AND kalit so’z
75. So’rovdagi so‘zlarning faqat bittasini sahifada qatnashishini shartligini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. kalit so’z OR kalit so’z
76. So’rovdagi so‘zlarning kamida bittasini yoki birgalikda sahifada qatnashishini shartligini anglatish uchun murakkab so’rov ko’rinishi?
A. kalit so’z NEAR kalit so’z
77. Kompyuterga zarar yetkazmaydigan, aniq ma’lumot beradigan, tahdid solmaydigan yoki tahqirlamaydigan manba nima deb aytiladi ?
A. Ishonchli manba
78. Dunyodagi ko‘plab foydalanuvchilar birgalikda yozgan bepul onlayn ochiq ensiklopediya bu ... ?
A. Wikipediya
79. Ma’lum bir veb-sahifaga o‘tish imkonini beruvchi saqlangan yorliq bu ... ?
A. Xatcho‘p (BOOKMARK , закладка)
80. Birovning asarini havola qilmasdan nusxa ko‘chirish, uni ruxsatsiz o‘zlashtirish bu ... ?
A. Plagiat
81. Veb-sahifadagi matn, tasvir, video kabi materiallar bu ...?
A. Kontent
82. Veb sahifadagi kontent egasi yoki yaratuvchisiga beriladigan qonuniy huquq ... ?
A. Muallifik huquqi
83. Boshqalarning ishiga hurmat ko‘rsatish, halollik va adolat xatti-harakatlar bu ... ?
A. Axloqiy xatti-harakatlar
84. Internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan shaxsiy kompyuterga nusxa ko‘chirish jarayoni bu ... ?
A. Yuklash jarayoni
85. Youtube platformasidagi videolanri savefrom.net sayti orqali yuklab olish uchun nima qilish kerak ?
A. video URL manzili boshiga ss harflarni yozish kerak
86. Xabar almashishning eng tezkor usullaridan biri bo’lgan hamda Internetdan foydalanuvchilar sonini keskin oshirdi sabab bo’lgan ?
A. elektron pochta xizmatining paydo bo‘lishi.
87. Kompyuter tarmog’idagi maxsus pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar) almashish uchun mo‘ljallangan Internet xizmati bu ... ?
A. Elektron pochta
88. Elektron xabarlarni qabul qilish va yuborish bo‘yicha Internetning xizmat turi ... ?
A. Elektron pochta
89. Elektron xabar almashishning eng tezkor usullaridan biri bu ... ?
A. Elektron pochta
90. Elektron pochta qisqartirilib nima deb aytiladi ?
A. E-mail – ingliz tilidan Electronic Mail
91. Elektron pochta manzili (qutisi) bu ... ?
A. xabar yuborish uchun foydalaniladigan Internetdagi pochta serveridagi unikal (yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q) manzili
92. Elektron pochta manzili qaysi qismlardan iborat ?
A. 2-ta: elektron pochta egasi (foydalanuvchi) nomi va elektron pochta joylashgan serveri (tarmoq kompyuteri yoki pochta xizmati sayti) ning nomi.
93. Elektron pochta manzilidagi pochta foydalanuvchi nomi va elektron pochta server nomi orasida qaysi belgi qo’yiladi?
A. @ (kuchukcha)
94. Elektron pochta manzilida qaysi belgidan foydalana bo’lmaydi?
A. bo‘sh joy (probel) va lotin bo’lmagan harfar
95. Akkaunt (ing. account – hisob) bu – ... ?
A. foydalanuvchiga tizimga kirish imkonini beruvchi, kompyuter tizimida foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar to‘plamini saqlaydigan hisob.
96. baraka_ustoz@gmail.com pochta manzilida foydalanuvchi nomini ko’rsating ?
A. baraka_ustoz
97. baraka_ustoz@gmail.com pochta manzilida elektron pochta server nomi ko’rsating ?
A. gmail.com
98. Birinchi masofadan boshqa kompyuterga elektron xabar yuboruvchi dastur qachon va kim tomonidan ishlab chiilgan ?
A. Dasturchi Rey Tomlinson tomonidan 1971-yilda
99. Bizdan beso’roq ishga tushib, o‘z nusxalarini yaratib va kompyuterdagi ma’lumotlarga zarar yetkazish maqsadida yaratilgan dasturlar ... ?
A Virus
100. Internetda rioya qilinishi zarur odob-axloq qoidalari va namunali xulq-atvor mezonlari bu ... ?
A. Odob-axloq me’yorlari
101. Elektron xabar yuborilgan shaxs (qabul qiluvchi) yoziladigan elektron pochta xabarning qismi ... ?
A. Recipients - Получатель
102. Elektron xabar nusxasini boshqa manziliga ham yuborish uchun xizmat qiluvchi elektron pochta xabarning qismi ... ?
A. Copy to (CC) - Копия
103. Yozilgan xabar mavzusi yoki sarlavha (qabul qiluvchi xabar nima haqida ekanligini o‘qimasdan turib bilib olish uchun xizmat qiladi) elektron pochta xabarning qismi ... ?
A. Subject - Тема
104. Muloqot qilgan tanish shaxslar elektron pochta manzillarini saqlash uchun elektron pochta xabarning qismi ... ?
A. Adres book – Адресная книга
105. Elektron xabarga turli fayllarni qo‘shib jo‘natish uchun elektron pochta xabarning qismi ... ?
A. Attach fles – Прикрепить файл
106. Elektron pochta tarkibidagi kelgan xabarlarni saqlash va ularni o‘qib chiqish papka ?
A. Inbox - Входящие
107. Elektron pochtadan xabarni olib, yozgan shaxsga javob xati yozish harakati ... ?
A. Reply – Ответить
108. Kelgan xatlarni boshqalar ham o‘qishi uchun ularning pochta manzillariga yuborish harakati ... ?
A. Forward - Поделиться
109. Yozilgan xabarni manzilga yuborish harakati ... ?
A. Send - Отправить
110. Barcha biz yuborilgan xatlar qaysi elektron pochta papkasida turadi ?
A. Sent - Отправленные
111. Yozilgan, ammo jo‘natilmagan xatlar qaysi elektron pochta papkasida turadi ?
A. Drafts - Черновики
112. O‘chirilgan xatlar qaysi elektron pochta papkasida turadi ?
A. Trash - Удалённые
113. Davlat tomonidan berilgan, foydalanish mumkin bo‘lgan imkoniyat … ?
A. Huquq
114. Shaxs tomonidan yaratilgan g‘oya (fkr) yoki asarga nisbatan bo‘lgan huquq … ?
A. Muallifik huquqi (ingl. Copyright)
115. Asardan uning muallifni kо‘rsatmasdan foydalanish, ya’ni muallifik huquqini о‘zlashtirish ... ?
A. Plagiat (lot. plagio – o‘g‘irlash)
116. O‘zbekiston Respublikasida muallifik huquqining asosiy me’yorlari qaysi qat’iy belgilangan?
A. “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi” (1041–1073-moddalar) hamda “Muallifik va turdosh huquqlar to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida (2006-yil 22-iyun)
117. Muallifik huquqi egasining ismi (yoki sarlavha) va asarning birinchi nashr etilgan yilidan iborat muallifik huquqi litsenziyasi ... ?
A. Copyright litsenziyasi (©)
118. Muallifik huquqlarini himoya qiluvchi bepul muallifik huquqi litsenziyasi ... ?
A. Creative Commons (CC)
119. Creative Commons tashkiloti qachon tashkil etilgan ?
A. AQSHda 2001-yilda
120. Creative Commons tashkiloti kim tomonidan tashkil etilgan ?
A. professorlar Lourens Lessig, Xel Abelson va Erik Eldredlar
121. Asarning muallifik huquqi saqlangan holda undan nusxa olish, tarqatish, ishlatish, qayta ishlashga ruxsat beriladigan Creative Commons litsenziyasi ... ?
A. BY - Muallif ko‘rsatilgan hol (Attribution)
122. Asar o‘zgartirilmagan holda undan nusxa olinishi, tarqatilishi, foydalanilishiga ruxsat beriladi. Agar kimdir asarni o‘zgartirishni yoki qayta ishlashni xohlasa, u holda bunga muallif ruxsatini olishi lozim bo’lgan Creative Commons litsenziyasi ... ?
A. ND - hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda (No Derivative Works)
123. Asarning qayta ishlangan, takomillashtirilgan versiyasini faqat muallifning original asari uchun olingan litsenziyasi asosidagina tarqatilishiga ruxsat beriladi Creative Commons litsenziyasi ... ?
A. SA - shartlarga amal qilgan holda (Share Alike)
124. Asardan notijorat maqsadlarda nusxa ko‘chirish, tarqatish, foydalanish, qayta ishlashga ruxsat beradigan va faqat tijorat maqsadida foydalanmoqchi bo‘lsa, u holda muallifga murojaat etishi zarur bo’lgan Creative Commons litsenziyasi ... ?
A. NC - notijorat maqsadlarda (Non-Commercial)
125. Muallifni ko‘rsatgan holda foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY
126. Muallifni ko‘rsatgan va shartlarga amal qilgan holda foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY-SA
127. Muallifni muallif ko‘rsatilgan va hech qanday o‘zgartirish kiritmagan holda foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY-ND
128. Muallifni ko‘rsatgan holda va notijorat maqsadida foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY-NC
129. Muallifni ko‘rsatilgan, shartlarga amal qilingan holda hamda notijorat maqsadlarida foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY-NC-SA
130. Muallifni ko‘rsatilgan, hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan holda hamda notijorat maqsadlarda foydalanish Creative Commons litsenziyalar kombinatsiyasi ... ?
A. CC-BY-NC-ND
131. Virtual so’z ma’nosi ?
A. (lot. virtualis) – о‘ylab topilgan, xayoliy
132. Virtual olam – bu ... ?
A. Internet muhiti
133. Ijtimoiy tarmoq – bu ... ?
A. foydalanuvchiga matn, rasm, video kabi materiallarni ochiq foydalanish uchun yuklash, boshqalar bilan suhbatlashish, boshqalar joylashtirgan materiallarga izohlar qoldirish imkonini beruvchi saytlar majmui
134. Ijtimoiy tarmoqlarni ko’rsating ?
A. Facebook, Instagram, Telegram, Odnoklasniki, Vkontakte, YouTube va h. k.
135. Internet xatarlari ... ?
A. Shaxs yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan saytlar, saytlarning tekshirilmasligi, reklama ko‘rinishidagi nomaqbul ma’lumotlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, zararli maslahat, fishing (pul o‘g‘irlash, fribgarlik), savdodagi fribgarliklar, gruming, bulling, Internetga tobelik, kompyuter o‘yinlari
136. Fishing (ing. baliq ovlash) – bu ... ?
A. fuqarolarning bankdagi hisob raqamlaridan pul yechib olish maqsadida ularning shaxsiy bank hisob raqamlari, xususan, shaxsiy identifkatsiya raqamlari (PIN) haqidagi ma’lumotlarni olish jarayoni.
137. Gruming – bu ... ?
A. tahdid va shantaj qilish maqsadida voyaga yetmaganlar bilan Internet orqali о‘rnatiladigan aloqA.
138. Bulling – bu ... ?
A. axloqsiz хаtti-hаrakatlar.
139. Internetga tobelik – bu ... ?
A. Internetga bog‘lanib qolish, vaqtning aksariyat qismini Internetda о‘tkazish.
140. Profl yaratish – ... ?
A. shaxsiy ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan saytlarda rо‘yxatdan о‘tish; shaxsiy ma’lumotlar orqali o‘zini boshqa foydalanuvchilarga tanitish.

Download 51.66 Kb.
1   2   3   4   5




Download 51.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA

Download 51.66 Kb.