|
1 bob fenoplastlar tayyorlashda ishlatiladigan sintetik materiallar
|
bet | 1/15 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 108,67 Kb. | | #262348 |
Bog'liq Aliyeva Maftuna
Kirish.
1 BOB FENOPLASTLAR TAYYORLASHDA ISHLATILADIGAN SINTETIK MATERIALLAR.
1.1 Fenoplastlar va polimerlar haqida ma'lumot.
1.2 Plastmassalarning turlari va ishlatish sohalari.
2BOB ÕQUVCHILARGA FENOPLASTLARNI TAYYORLASH TO'G'RISIDA TUSHUNCHA BERISH.
2.1 Fenoplastlar va polimerlar materiallaridan uy ruzg'or buyumlari tayyorlash.
2.2 Polimer materiallarini olinishi va undan buyumlar tayyorlash to'g'risida dars ishlanma.
Xulosa.Ilova.Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: o’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”Qonunlarida mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi ulug’vor vazifalar qo’yilgan. Hozirgi kunlarda O’zbekiston respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan 2022yil 28yanvarda maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan video selektor yig‘ilishi o‘tqazib,unda ta’lim taraqqiyotini ta’minlashyuzasidan muxim va dolzarb masalalar xaqida gapirib o‘tdi.Prezidentimiz najot ta’limda,tarbiya bilimda ekanligini ta’kidlab,”Ta’lim tarbiya bu bizning kelajagimiz,xayot mamotimiz masalasi” deb qayd etdi. Mazkur vazifalarni bajarish uchun eng avvalo ta’lim-tarbiya usullarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, xalqimizning ezgu niyatlariga, jamiyatimiz o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlariga erishish — eng avvalo zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularni joy-joyiga qo’yish bilan bog’liq. SHu sababli Respublikamiz hukumati istiqlol yo’lidagi dastlabki qadamlaridanoq kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat bermoqda. Binobarin, istiqlol tufayli mamlakatimizda ta’lim sohasida katta islohatlar amalga oshirilmoqda.
“Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazishning eng muhim sharti bo’lgan ta’lim-tarbiya masalasi haqida so’z borganda, biz ko’pincha sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi maktablar, lisey va kollejlar, oliy o’quv yurtlari barpo etish, ularni zamonaviy jixozlash haqida ko’proq gapiramiz. Holbuki, ayni shu ishlarimiz bilan birga ta’limning mazmuni, sifati ham tubdan o’zgarmoqda” deb yozadi.
So’nggi yillarda Vatanimizda milliy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish uchun juda ko’p zarur ishlar qilindi va qilinmokda.Jumladan,ta’lim tizimi takomillashtirildi, yangi tipdagi bir qator o’quv muassasalari tashkil etildi, ular uchun ta’lim standartlari, o’quv rejalari, o’quv dasturlari yaratildi. Galdagi vazifa esa ushbu ulug’vor ishlarni amalga oshirish uchun ta’lim mazmuniga jahon pedagogikasi yutuqlarini, yangi pedagogik texnologiyalarni dadil olib kirishdan iboratdir
.Yurtboshimiz tashabbusi bilan ta’lim tarbiya masalasiga yuksak ahamiyat berilayotgani hamda “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi”degan ezgu da’vat ostida yosh avlodkamoli yo‘lidagiizchil isloxotlarko‘lami kun sayin ortayotgani sanab o‘tildi. Keyingi paytda mamlakatimizda yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash kasb va kasbkorlik,kasbga yo’naltirish ishlarida,muhim vazifalaridan kasbni to’g’ri tanlash,moyillik,qiziqishlari yangi pedagogik texnologiyalardan, innovasion usullardan foydalanishga qiziqishi tobora kuchayib bormoqda. Bugungi kunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida metodika iborasi bilan birga pedagogik texnologiya iborasi ham keng qo’llanilmoqda. Albatta bu ibora (atama) larning o’xshash va farqli tomonlari mavjud. Ularning umumiy o’xshashlik tomoni shundaki, har ikkala atama ham ta’lim-tarbiya berish ishlarini amalga oshirish jarayonini ifodalaydi. SHu bilan birga metodika deganda o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar yig’indisi tushunilsa, pedagogik texnologiyaga o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbiralar yig’indisi, majmuasi sifatida qaralmoqda. Bundan ko’rinadiki, pedagogik texnololgiyaga metodikaning yangi, o’rgatuvchi bilan o’rganuvchining o’zaro birgalikdagi faoliyatiga asoslanagan sohasi sifatida qarash mumkin.
|
| |