Plastmassalarning turlari va ishlatish sohalari




Download 108,67 Kb.
bet7/15
Sana10.06.2024
Hajmi108,67 Kb.
#262348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Aliyeva Maftuna

1.2 Plastmassalarning turlari va ishlatish sohalari.
Agar to'ldiruvchi mikroballon bo'lsa, plastmassaning zichligi kamayadi,
issiqlikning saqlovchanligi ortadi. Lekin donador to'ldiruvchilarni ishlatish kun
sayin kengayib bormoqda. Bizga ma„lumki, tribologiya soxasidagi zamonaviy tadqiqotlar o`ta kichik
mikroskopik qonuniyatlar natijasida yuzaga keladigan mikroskopik jarayonlarni
o`rganishga asoslanmoqda. Bu termodinamikaning fundamental qonunlariga
bo`ysunuvchi, ishqalanuvchi qatlamlarning energetik va strukturaviy o`zgarishlari
bilan bog`lik energetik nazariyaning yanada rivojlanishiga olib keldi. Ushbu
maqolada kompozistion polimier materiallar va tolamomiq (paxta) ishqalanuvchi
juftligida sodir bo`ladigan tribotexnik va strukturaviy o`zgarishlarining tadqiqot
natijalari termodinamikaning qaytmas jarayonlar qonuniyatlari nuqtai nazaridan
taxlil qilingan. Termodinamikaning qaytmas jarayonlar qonuniyatlari nuqtai
nazaridan polimer va paxta ishqalanish juftligi ochiq muvozanat termodinamik
sistema xisoblanadi, chunki ishqalanish natijasida miqdori jixatidan farqlanuvchi
termodinamik kuchlar xisobiga diffuziya va issiqlik uzatishning muvozanat
jarayonlari yuzaga keladi. Olib borilgan ekspremental tadqiqotlar natijalarini
taxlilining ko`rsatishicha ishqalanuvchi juftliklarda kechadigan energetik va
strukturaviy parametrlarning jadal o`zgarishi ishqalanishning boshlang`ich davriga
ya„ni nomuvozanat shakillanish davriga to`g`ri keladi. Agar ushbu o`zgarishlarni
termodinamikaning qaytmas jarayonlar qonuniyatlari nuqtai nazaridan taxlil qilsak
ma„lum bo`ladiki, ishqalanish davrida sistemaning asosiy termodinamik
parametrlari (ishqalanish mintaqasidagi xarorat, tribozlektirik zaryad, ishqalanish
kuchi va eyilish jadalligi) ning o`zgarishlari sodir bo`ladi. Ammo ishqalanish
yuzasidagi xarorat va tribozaryadl miqdorini zichligi stabillash va ishqalanish
kuchi va yeyilish jadalligini nisbatan o`rtacha o`zgarish miqdori bilan
xarakterlanadi. Bunday ishqalanish sharoitida issiqlik energiyasining tarqalishi
xam ma„lum ma„noda o`rtacha miqdor bilan xarakterlanadiki, sistema stastionar
muvozanat xolatga 43 o`tganda energetik parametrlarning o`rtacha miqdori doimiy
bo`lishini ta„minlaydi. Nomuvozanat ishqalanish davrida polimer materiallarning
strukturaviy va energetik parametrlarini dastlabki o`zaro moslashuvi ro`y berishi
bu ishqalanishning termodinamik ta„siri sharoitida termodinamik anizatrop
tribostrukturalarni xosil bo`lishiga olib keladi. Ya„ni sistemada fazoviy o`tish bilan
xarakterlanishi, sistemaning dastlabki noturg`un muvozanat xolatdan muvozanat
metastabl xolatiga fazoviy o`tishi xar bir kichik xajmi uchun entropiyaning
kamayishi xisobiga sistemaning erkin energiyasini o`zgarishi bilan bog`liqligi
olingan natijalar bilan asoslab berilgan. Ushbu bosqich boshlang`ich
muvozanatdagi strukturalarni jadal sur„atlar bilan yemirilishi va yuqori
antifrikstion xossalarga ega bo`lgan yangi tribo strukturalarni xosil bo`lishi bilan
xarakterlanadi. Nomuvozanat ishqalanish jarayonida tashqi ta„sir energiya oqimi-
entropiyaning ma„lum bir kiritik miqdorida yangi, dissipativ turg`un strukturalar
xosil bo`ladi. Ammo, bu strukturalar tarkibida erkin radikallari yoki yeyilish
maxsulotlarini bo`lishi xisobiga, turg`undirlar. Shuning uchun, sistema energetik
jixatdan stabil dissipativ tribostrukturalarga ega bo`lgan yangi turg`un xolatga
o`tadi. Glenedorf-Prigajinning strukturalar yaratish nazariyasiga asosan dissipativ
tribostrukturalarni xosil bo`lishini fazoviy o`tish jarayonida tribosistemaning
noturg`unligi, tashqi muxit bilan energiya va modda almashinuvi natijasi deb
xisoblash mumkin. Bu xolda dissipativ tribostrukturalarni xosil bo`lish tezligining
o`lchov mezoni ortiqcha entropiyaning xosil bo`lishi xisoblanadi. Bunda
muvozanat tribostrukturalarni xosil bo`lishi sistemani termodinamik kuchlar
(ishqalanish zonasidagi xarorat va tribozaryad) nisbatan doimiy bo`lgan stastionar
xolatga o`tishiga olib keladi. Sistema entropiyani tribosistema xolatini o`zgarishini
ko`rsatuvchi mezon sifatida ishlatish (qullash) ishqalanish natijasida sodir
bo`ladigan barcha fizikkimyoviy jarayonlarni PM yeyilish jadalligiga ta„sirini
nazariy jixatdan xisobga olish va ishqalanishdagi energetik sarflarni aniqlash
imkoniyatlarini yaratadi. 44 Shunday qilib, tadqiqot natijalari va ularning taxlili
asosida xulosa qilish mumkinki, polimer va paxta ishqalanish juftligida
nomuvozanat ishqalanish davri tugagandan keyin ishqalanishining muvozanat
davri xosil bo`lishi natijasida doimiy ravishda turg`un va minimal ishqalanish
kuchini ta„minlovchi dinamik tribostrukturalar doimiy xosil bo`lib turadi, bu
tribostrukturalarning yemirilishi energetik signallarni o`tkazib turuvchi kanallar
xisoblanuvchi informastion qaytar aloqalarning mavjudligi xisobiga qaytadan
tiklanib kompensastiyalanib turaradi. Polimertolamomiq tribotizimning sxematik
ko`rinishi. 46 Р V T Quyida amaliyotda olingan epoksid polimer materialining
zarbiy qovushqoqligini, mikroqattiqligini, yuza g`adir - budurligini hamda
ishqalanish koeffitsientining vaqtga nisbatan o`zgarishi va moslashish grafiklari
Polimertolamomiq tribotizim termodinamik jarayonlarining strukturaviy sxemasi .
Epoksid polimer materiallarining zarbiy qovushqoqligining moslashish vaqtiga
bog`liqligi. 13- rasmdan ko`rinib turibtiki epoksid polimer materiali moslashish
vaqti ma`lum vaqtga yetganda zarbiy qovushqoqligi maksimal nuqtaga yetadi va
yana vaqt o`tishi bilan o`zining avvalgi holatiga asta – sekin qaytishini ko`rishimiz
mumkin. 14- rasm. Epoksid polimer materiallarining mikroqattiqligining
moslashish vaqtiga bog`liqligi. 14- rasmda epoksid polimerining mikroqattiqligini
vaqtga nisbatan o`zgarishi yani asta – sekin vaqt o`tishi bilan mikroqattiqlik oshib
boradi va ma`lum vaqtdan so`ng o`z holatiga qaytishi tasvirlangan. 48 15- rasm.
Epoksid polimer materiallarining yuza g`adur – budurligini moslashish vaqtiga
bog`liqligi. 15- rasmda epoksid polimerining yuza g`adur – budurligini vaqtga
nisbatan o`zgarishi keltirilgan, yani ma`lum vaqtda polimer materialining yuza
g`adur – budurligi keskin ravishda oshadi hamda bu ko`tarilish to`htab ma`lum
nuqtada vaqtga nisbatan o`zgarmaydi. 16- rasm. Epoksid polimer materiallarining
ishqalanish koeffitsientini moslashish vaqtiga bog`liqligi. 16- rasmda esa epoksid
polimerining ishqalanish koeffitsienti keltirilgan. Yani bunda vaqtga nisbatan o`sib
borishini ko`rishimiz mumkin. 49 Avtomabilsozlikda plastmassalarni qo'llash
istiqbollari. Bizga ma'lumki [1-3] avtomabillarni ishlab chiqarish jarayonida
konstruksion materillardan turli hil detall va mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida
mashina qismlari tayyorlanadi. Avtomabillarning kuzovi, yurish qismlari asosan
temir, po'lat, mislardan tayyorlansa, avtomabil ichki salon qismlari, tashqi
qismining buferlari asosan plastmassa materiallaridan tayyorlanadi. Plastmassa
yunon va lotin tillaridan olingan bo'lib qayishqoq, yumaloqlangan ma'nolarini
bildiradi. Plastmassalar shaklini qayta tiklashi bo'yicha termoplast va reoktoplast
turlarga bo'linadi. Termoplast plastmassalari issiqlik ta'sirida shaklini o'zgartiradi
va qayta ishlash imkoni mavjud, reoktoplastlarni esa qayta ishlab bo'lmaydi.
Plastmassalar detal tayyorlanish jarayonida yuqori elastik xolatda yoki suyuq
oquvchan xolatda bo'ladi. Ishlatish jarayonida esa qattiq kristal holatda yoki suyuq
oquvchan holatda bo'ladi. Plastmassalar bir nechta kompanentlarning o'zaro
aralashuvidan tashkil topadi. Plastmassalar bir fazali yoki ko'p fazali bo'ladi. Bir
fazali plastmassalar faqat bitta kompanentdan tashkil topadi, ko'p fazali
plastmassalar esa bir nechta kompanentlardan tashkil topgan bo'ladi.
Avtomabilning plastmassa detallarini ishlab chiqarishda asosan quyidagi usullarda
olinadi; bosim ostida quyish, ekstruziya, puflab yoki vakumli shakllantirish,issiq
siqish, shtamplash. Avtomabil detallarida plastmassalarni qo'llash quyidagi
avzalliklarga ega; - tashqi ko'rinishi yaxshilanadi; - avtomabilning massasi
kamayadi; - xarakat vaqtida shovqinlar kamayadi: - detallarning shakllari
yaxshilanadi: - ularning ishlash davri ortadi; - yonilg'i sarfi kamayadi; -
avtomabilning tezligi oshadi; - avtomabillarning shinamligi ortadi; - ularni
tayyorlash uchun ketadigan sarf harajatlar kamayadi. Amerikalik olimlarning
fikricha xar bir kg plastmassa avtomabil 50 massasini 1- 2 kg ga kamaytiradi,
massasini 10% ga kamayishi o'z vaqtida yoqilg'ini 20% gacha iqtisod qilishga
yordam beradi. _ Avtomabalsozlikda ishlatiladigan plastmassalarning turlari va
ularning qo'llanish sohasi quyidagicha; 1. Polietilen yoqilg'i baklari,
jipslashtirgichlar tayyorlanadi. 2. Polipropilen sovutish trubkalari, eshiklar ichki
panellarning detallari tayyorlanadi. 3. Poliamid xar hil turdagi podshipniklar eshik
qulflarining detallari tayyorlanadi. 4. Polivinillxloriddan (PVX) asosan avtomabil
shlanglari, elektr izolyasiyalari, xar hil ruchkalar va tugmachalar tayyorlanadi. 5.
Penopoliuretandan avtomabil o'rindig'i, pribor shitlar, ichki eshik panellari,
taqsimlash vallarining tasmalari, rul mexanizmining sirpanish podshivniklari
tayyorlanadi. 6. Polimetilmetaknlat- yoritish qurulmalarining detallari, yoritish
qurilmalarining himoya qopqoqlari tayyorlanadi. 7. Fenoplast yondirish
sistemasining elektr izolyatsiyasi tayyorlanadi. 8. ABS plastik asosan sovutish
moslamasining ventilyatsion reshyotkalari, g'ildirak qopqoqlari, o'rindiq g'iloflari
tayyorlanadi. Quyida 1-jadvalda avtomabilsozlikda keng qo'llanilayotgan
plastmassalarning kimyoviy va mexanik hususiyarlari bilan tanishamiz. Ushbu
jadvalda avtomabillardagi plastmassa detallarning fizik mehanik xususiyatlari
keltirilgan.
Polimer materiallar mamlakatimizda bo„lganidek xorijda xam sanoat va
qilshloq xo„jalinining xar bir soxasida keng qo„llanilmoqda. Lekin, shunday
qimmatliklar, ya‟ni korroziyaga, atmosferaga, eskirishga mustaxkamlik,
antifriksion, dielektrik va dempifirkatsiya xossalariga ega bo„lishgani bilan, ular
mexanik mustaxkamlik, qattiqlik, issiqlik o„tkazuvchanlik va boshqa tomonlanama
metallarga yon beradi. Polimerlarni mashinasozlik soxasida toza ko„rinishda
mashina uchun detallar va mexanizmlarda keng foydalanilmaslikning asosiy
kamchiligi issiqlida kengayishining yuqori koefitsienti, past, mustaxkamligi, oz
issiqlik o„tkazuvchanligi va issiqlik saqlab turishi, bundan tashqari ayrim nodoimiy
xossalarga ega bo„lish. Masalan, uzellar nizolarida qo„llaniladigan poliamidli
sirpanish podshipniklari antifriksion cho„yanni, bronzani va babbitni o„zgaritiradi.
Lekin ularning kuchlanish qobiliyatlari past issiqlik o„tkazuvchanligi xisobiga
smazkasiz 25–35 kg/sm 2 va yog„li smazkada 90–100 kg/sm 2 ni o„tkaza olmaydi.
Polimer materiallarning past konstruksion mustaxkamligi xisobiga polietilendan,
polivinilbutiraldan, poliamiddan tayyorlangan paxta terish mashinalarining
shpindeli va paxta tozalash mashinalarining arralari foydalanishda kuchlanishni
ko„tara olishdmaydi va tez tez sinib qolishadi[2/4]. Polimer materiallarning ushbu
keng foydalanilishiga to„siq qo„yadigan kamchiliklari bilan bir qatorda ularning
qimmat narxdaligi va defitsit ekanligini qo„shishi xam mumkin. Polimer
materiallardan keng foydalanishning ko„proq istiqbolli va foydali uslubi ularni
metallar bilan birga aralashgan xolda metallpolimer sistemasida ishlatish, ya‟ni
metalldagi yupqa qatlamli polimerlar. Bunday qo„shilma yuqori qobiliyat va
sifatga ega bo„lgan, metalldagi polimer qoplamalar yoki nometal maxsulotlar olish
imkonini beradi. [5-6] 20 Metall yuzalarga yupqa plyonka ko„rinishida
qo„yiladigan polimer materiallar katta kuchlanishlarni ko„tara oladi, issiklikni
yaxshi o„tkazadi. SHunday qilib, poliamidli yupqa qoplam (0,1–0,5 mm) ga ega
bo„lgan podshipniklarda gigrskopiklikka va issiqlik kengayishiga mos ravishda
o„lchamni o„zgartirish deyarli beparvolik bilan bo„lishi mumkin, masalan val va
podshipnik orasidagi tuynukka zaruriyat qolmaydi. [7-11] So„nggi yillarda
metallarning yupqa qatlamli polimer qopamalariga mashinasozlik, asbobsozlik,
kimyoviy, oziq-ovqat, edektrotexnika sanoati, qurilish va xalq xo„jaligining boshqa
soxalarida foydalanishga bo„lgan qiziqish ortmoqda. Mamlakatimizda va boshqa
davlat (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, YAponiya) larda qoplamalar uchun
umumiy ishlab chiqariladigan polimer materiallarning 30-35% ishlatilmoqda. Bu
narsa shunga bog„liqki qoplama metallar va polimer materiallarning ajoyib
xossalari birikmalari bilan ta‟minlaydi. Buning sababi, qoplama polimer
materiallar xossalari foydali qo„shilmasini ta‟minlaydi. Yupqa qatlamli qoplamalar
mashina qurilishi va konstruksiyalarining yangi maxsulotlari yaratishga imkon
beradi. Bundan tashqari ular kimyoviy apparatlarni, mashina detallarini,
armaturani, trubalarni korroziyadan, temir konstruksiyalarni nam bo„lishdan va
mexanik lat eyishlardan saqlaydi, eskirishga chidamsiz maxsulotlardan
tayyorlangan detallarning va nomunosib uzellarning eskirishga chidamlilik va
antifriksion xossalarini oshiradi; qayta ishlanayotgan detallarni jixoz ustki qismiga
yopishib qolmasligini, elektroizolyasiyani ta‟minlaydi va xokazolar. [7-11]
Polimer qoplamalarni maxsulotlarda, mashina va mexanizm detallarida qo„llash:
qimmatbaxo va defitsit bo„lgan nerjaveyka va lujenoy temirni, bronzani,
qo„rg„oshinni, nikelni, babbitni boshqalarni iqtisod qilish bilan birgalikda, ularni
qoplama ishlab chiqarishda boshqa materiallarga almashtirib foydalanish imkonini
beradi. [2] ish ma‟lumotlari bo„yicha po„lat3dan tayyorlangan 2m 3 sig„imga ega,
polivinilxlordli idishning narxi IX18N9T markaadagi nerj temiridan tayyorlangan
xuddi shunday idish narxidan besh marta arzonligini ko„rish mumkin. Bunda 650
kg temir maxsuloti iqtisod qilinadi. 0,5 mm qalinlikdagi poliamid qoplamali 21
cho„yan yoki temirdan tayyorlangan uzunligi 120 mm, diametri 120 mm bo„lgan
sirg„anish podshipnigining narxi, xuddi shunday spetsifikatsiyadagi lekin bronza
materialidan tayyorlangan podshipnikning narxidan 2-3 marotaba arzon, uzoq
muddatliligi esa [4] dan ko„proq bo„ladi. SHuni ta‟kidlash kerakki, polimer
qoplamali maxsulotlar ishlab chiqarish, polimer maxsulotlardan selogitli maxsulot
ishlab chiqarishdan oddiyroq. Bundan tashqari, yupqa polimer plyonkalardan
foydalanish defitsit va qimmatbaxo polimerlarni iqtisod qilish imkonini beradi.
Polimer qoplamalar ishlab chiqarish texnologiyasi va foydalanish xossalariga ko„ra
bo„yash, galvanika va silikatlash kabilarga nisbatan qulayliklarga ega.
Bo„yaladigan qoplamalar xar doim xam sanoatning doimiy o„suvchi talablarini
qondira olmaydi. Bunadan tashqari, kraskalardagi organik erituvchilarning
mavjudligi yong„inga qarshi va sanitar munoasabatlarda noqulayliklar keltirib
chiqaradi. Galvanik qoplamalar olinayotganda defitsit va qimmatbaxo bo„lgan
metallar sarfi k 22 bo„lgan qoplamali go„t ilgich, qalay bilan qoplangan ilgakka
nisbata arzondir. Uning uzoqmuddatililigi 2-3 marotaba ortadi[2]. SHuni aytib
o„tish kerakki, polimer qoplamali metalldan foydalanishning istiqbolli
foydalanilishi-o„zida qora yoki rangli metallarni mujassamlagan, bir yoki ikki
tomoni polimer bilan qoplangan laklangan material metalloplast olish xisoblanadi.
Metalloplastning foydaliligi ulardan detal olishda mexanik qayta ishlashning turli
xil turlari, ya‟ni formalash, shtamplash, payvandlash va boshqalarda foydalanish
imkonidir[2-21]. Polimer qoplamalarning juda xam istiqbolli qo„llash usuli ularni
mashina va mexanizmlardagi eskirgan detallar o„rnida ishlatishdir. Polimer
qoplamalarni qayta tiklash va ta‟mirlashning osonligi va taqqoslangandagi
arzonligi xam yuqori axamiyat kasb etadi. Polimer qoplamalarni boshqalar bilan
solishtirilgandagi muxim xususiyatlaridan biri ularning ko„p soxalar uchun
foydalanish imkoniyatidir. Belgilanilishi bo„yicha ular dekorativ ximoya,
antifriksion eskirish, korroziyaga qarshiligi, vibratsiyani yutish, ovoz yutish,
texnoizolyasiya, elektroizolyasiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. SHunday
qilib, temir yuzaga yupqa qoplangan polimer va kompozitsiyali qoplamalar
polimer va metallning foydali xossalaridan foydalanish, metall maxsulotlar,
mashina va mexanizm detallarining mustaxkamligi va uzoqmuddatliligini sezilarli
darajada oshirish, qimmatbaxo va defitsit materiallarning qo„p miqdorda
ishlatishilini iqtisod qilish imkonini beradi. Kompozitsion polimer qoplamalarning
aynan shu xususiyatlari xalq xo„jaligi uchun muxim xisoblanadi. 1.2 Kompozitsion
polimer qoplamalar olish texnologiyalari Kompozitsion polimer qoplamalar olish
texnologiyalari o„z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 1) kiritish uchun polimer
material yoki kompozitsiya va qoplanadigan maxsulotni tayyorlash 23 2) metall
maxsulotlar yuzasini polimer qoplama kiritishdan oldingi tayyorgarlik 3)
qoplamalarni kiritish va formalash 4) qoplamalarni modifikatsiya qilish va ishlov
berish 5) qoplamalar sifati nazorati va ulardagi defektlarni tuzatish Polimer
material va maxsulotlarni tayyorlash kompozitsiyani tanlash va tayyorlash, orqani
tayyorlash va mustaxkam uzloqmuddatli qoplama olish uchun ularga zaruriy xolat
berish bilan bog„liq bo„lgan operatsiyalarni o„z ichiga oladi. Polimer qoplamalar
olishda foydalaniladigan polmer materiallar va ingridientlar maxsulot olishdan
avval oldinadan tayyorlab qo„yiladi.Tayyorlash sifatli qoplama olishdagi muxim
texnologik jarayon bo„lib xisoblanadi va polimerning fizik xolatiga bog„liq
bo„ladi.Bu jarayon: polimer material va ingridientning foydalanish shartidan kelib
chiqqan tanlovi kukunli polimer va ingridientlarning foydalanish granulometrik
tarkibi tanlovi taxta va plenochnoy materialdan foydalanishda aniq o„lchamgacha
etkazish kompozitsiya, suspenziya, eritma va pastani tayyorlash kompozitsiyani
fizikaviy kimyoviy qayta ishlab,talabdagi namlik xolatiga etkazish kabi
jarayonlardan tashkil topgan. Qoplama olish uchun turli xil polimer materiallar,
bundan tashqari polimer va ingridentlar asosidagi kompozitsiyalar qo„llaniladi.
Xozirgi vaqtda sanoatda polimer materiallarning kukun, granula va
yog„ xolatiadagi polietilen, polipropilen, polivinilbutiral, polivinilxlorid, poliamid
smola, poliuretan, polistirol, poliformaldegid, ftoroplastы, atsetobutirat,
sellyulozы, pentaplast, polimetakrilat, polivinilatsetat, poliakrilonitril, poliarilat,
polikarbonat, fenilon, elastomer, ebonit, epoksid va boshqa ko„rinishdagi ko„pgina
turlari ishlab chiqarilmoqda. U yoki bu polimer tanlovi aynan shu polimerning
fizikaviy kimyoviy va mexanik xossalariga bog„liq.Buning uchun qo„llanilayotgan
polimerning foydalanilish maqsadi va xarakterasmtikasini bilish lozim. 24 Polimer
tarkibiga kiritilyotgan qoplamaning fizikaviy kimyoviy va mexanik xossalari
xamda dekorativ sifatlarini yaxshilash uchun uning tarkibiga ingridientlar, ya‟ni
pigmentlar, plastifkatorlar, modifkatorlar, struturalaydigan qo„shimchalar,
stabilizatorlar va to„ldiruvchilar kiritiladi. [31-33]. Ish jarayonida maxsulotga
kiritish uchun kukunli, granulali polimer va kompozitsiyalar, listli va plyonkali
polimer materilarni tayyorlash ko„rib chiqiladi. Polimer kompozitsiya yoki
materialni qoplama tarkibiga kiritish jarayonidagi xolatini shartli ravishda
quyidagilarga bo„lish mumkin: Suyultirilgan-qoplama kiritishning gardobsimon,
vibratsiyali va vibrogardobli uslublarida keng qo„llaniladi. Kukunning suyuq
xolatiga bo„lgan talab uning bir xildagi bo„lishi va gazli kukunli aralashma
konsentratsiyasining apparat bo„yi bilan bir xila darajaga etishi. [34] gazli kukunlisuyultirilgandan farqli ravishda apparatning xajmida emas, balki bevosita soplo
orqali beriladigan xavo strui va kukunning aralashmasini kiritish jarayonida
bo„lishi.Kukunning bunday xolati qoplamalar kiritishning gazoplamen, issiqlik
nuri va struynobezplamen usullarida qo„llaniladi. [34] gazli suspenziyali xolatsuspenziya yoki suyuq polimerga xavo bosimi ta‟sirida paydo bo„ladi. Gazli
suspenziyali aralashmaning obrazlanadigan struyasi maxsulotning ustki qismiga
beriladi. Qoplamalar kiritishning struyno elektrostatik va elektroforetik uslublarida
qo„llaniladi. [34-35] Bunday xolat kiritilayotgan kukun, pasta, suspenziya yoki
yog„och plyonkali material aniqlangan elektr zaryadiga ega bo„ladi va buni biz
shartli ravishda elektrzaryadlangan deb ataymiz. [36] Xozirgi vaqtda qoplamalar
olishda oldindan elektrdan quvvat olgan polimer materialdan foydalanish uslubi
keng qo„llanilmoqda. Polimer va ustun orasida elektr maydon xosil qilish
natijasida qoplamalarning sifati yaxshilanmoqda. Zaryadlangan polimerni qo„llash
termoreaktiv kukunlardan qoplamalar olishda muxim axamiyatga ega bo„lgan
elektr kuchi xisobiga kukunni orqada ushlab turish imkonini beradi. 25
Polimerning elektrozaryadlanganlik xolati qoplamalar kiritishning elektrostatik va
elektroforetik usullarida foydalanilmoqda. Maxsulotning ustki qismiga kiritish
jarayonida polimer material bir vaqtning o„zida turli xil xolatlarda bo„lishi
mumkin. SHunday qilib, suyuq yoki gazli suspenziyali xolatidagi kompozitsiya bir
vaqtning o„zida elektrzaryadlangan bo„lishi mumkin. [36-37] Polimer qoplamalar
olishda texnologik jarayonning muxim bosqichi maxsulot yuzasini tayyorlash va
uni zaruriy xolatga keltirish xisoblanadi. Maxsulotlar yuzasi tayyorlovi o„z ichiga
changlarda tozalash, aniq g„adir budirlikni berish, fosfatlash, anodirlash
sulfoxromlash, gruntofkalashlarni oladi. Bu operatsiyalar qoplamlar adgeziyasini
oshirish va ichki kuchlanishini pasaytirish imkonini beradi. SHu usullarda
tayyorlangan detallar yuzasi temperaturali, elektrzaryadlangan yoki maxsus
xolatga ya‟ni polimer materialni maxsulot yuzasiga yopishtirish imkonini
beradigan xolatlarga keltiriladi. [22, 35, 38, 39] Polimer qoplamalarni kiritish va
formalash qoplanadigan maxsulotni tozalash va aniq bir xolatga keltirishdan so„ng
amalga oshiriladi. Polimer maxsulotni uning foydalanish sharti, qoplanadigan
maxsulot konstruksiyasi, polimer maxsulotni ko„rinishidan kelib chiqib kiritish
quyidagi uslublarda amalga oshiriladi. Maxsulot yuzasidagi polimer qoplamani
formalash uchun tegishli shartlar yaratib olinadi.(temperatura, bosimni oshirish va
boshqalar) Qoplamalar olishning ko„p xollarida, ayniqsa, termoplast polimerlardan
olishda kiritish va formalash ularni tez tez bog„lab turadi. Masalan, kiritishning
gazoplamenli, issiqlik nurili, vibratsion va gardobsimon metodlari. Termoreaktiv
polimerlar (epoksidli) dan qoplamalar olishda bu bosqichlar aniq bo„lib
berilgan.Dastlab maxsulotga gravitatsiya, magnit, markazdan qochma yoki
adgezion kuchlar xisobiga, unda ushlab turiladigan polimer kiritiladi. SHundan
so„ng bunday yarim tayyor maxsulotni qandaydir jixoz (isitish pechi, ultratovushli
qurilma va xokazo) ga, qaysiki unda polimer qoplamani formalaydigan jixozga
qo„yiladi. 26 Uzuluksiz metodlarda qoplama olishda bu ikki bosqichlar xam qoida
bo„yicha bo„linadi.Elektro maydonga qo„yish bilan usulida sovuq orqaga kiritilgan
polimer kompozitsiyalar unda yaxshi ushlab turiladi (10 15 kungacha) va bu
otverjdenie va kiritish bosqichlarini bo„lish uchun foydali shartlar yaratadi.
Qoplamalar olish uchun, birinchi navbatda, kukunning aloxida qismchalari polimer
materiallarning o„zidan o„zi yopishish xisobiga bir biri bilan o„zaro bog„lanishi
zarur(autogeziya xodisasi). Bunda to„liq plyonka qoplamasi olinadi; ikkinchidan,
molekulyar, elektrik, diffuziyali va kimyoviy aloqalar xisobiga metall va qoplama
o„rtasida adgeziya xosil bo„lishi lozim. Buning uchun maxsus shart yaratish lozim,
chunki oddiy shartlarda oddiy polimer qoplamalardagi metalga autogeziya va
adgeziya jarayoni uzoq vaqt davomida o„tadi va samarasiz xisoblanadi. Bunda
qoplamaning sifati past darajada bo„ladi. Qoplamalarni formalashning
tezlashtiruvchi issiqlik metodlari ko„proq tarqaldi. Ularga: a)maxsulotni pechka
yoki induksion kameralarda oldindan isitish b)qoplama kiritishdan oldin isitish va
kiritish davrida issiqlik nur tarqatuvchilarida isitib turish. Bunda kukun xam qizib
ketadi. v)maxsulot va polimerni gaz olovida qizdirish g)maxsulot va polimerni
plazmali dugada qizdirishlar kiradi. Qoplamani formalash uchun maxsulot
yuzasidagi kompozitsiyalarni presslash xam mumkin. Bunda bosim ostida polimer
yoki kompozitsiyaning autogeziya va adgeziyasini yaxshilash uchun shart yaratib
olinadi. Polimer qoplamalar formalanishini tezlashtirishning kombinatsiyali
usullariga o„zida issiqlik effekti va bosim saqlaydigan ultratovushli, vibratsion va
boshqalar tegishli bo„ladi. [8, 23, 40]. Qoplamalarni fizikaviy kimyoviy
modifikatsiyalash va ishlov berish fizikaviy kimyoviy va mexanik usullarda
amalga oshiriladi. Qoplamani formalash jarayonida yoki u olingandan keyingi
qayta ishlash kerakli o„lchamlar olish va xossalarini nazorat qilish uchun amalga
oshiriladi. Fizikaviy kimyoviy qayta ishlash o„ziga quyidagi ko„rinishlarni oladi:
termik, ultratovushli, radiatsion, 27 magnitli va boshqalar. Qayta ishlashning u
yoki bu darajadagi bu usullari qoplamalarning molekulyar osti strukturalrini
o„zgarish xisobiga, ularning adgezion, mustaxkamlik, antifriksion,
elektroizolyasiyali, korroziyaga qarshi, tovushizolyasiyali va boshqa xossalarini
yaxshilashga imkon beradi. Fizikaviy kimyoviy qayta ishlashni amalga oshirish
uchun standart va maxsus jixozlardan foydalaniladi. [24, 41 49] Qavatning aniq
o„lchamini va sifatli qoplama olish uchun mexanik qayta ishlashning quyidagi
uslublaridan foydalaniladi: polirovkalash, shlifovkalash, frezerlash, nosoz
qoplamani teshish va to„g„rilash. Ulardan maxsus rolik va valikda polirovkalash va
presslash qoplamaning mustaxkamlik xossalarini oshiradi. Qoplamadagi
defektlarni to„g„rilash va sifat nazorati polimer qoplama olish texnologik
jarayonining oxirigi bosqichi xisoblanadi [20, 39, 50]. Xozirgi vaqtda texnologik
jarayonning aloxida operatsiyalarini qoplamalarning foydalanishning muxim
xossalariga ta‟sirini aniqlashga imkon beradigan axamiyatli tatqiqotlar
o„tkazilmoqda. Qoplama va texnologik imkoniyatlarning belgilanilishidan kelib
chiqib, xar bir aniq xolatga oz chiqim natijasida yaxshiroq texnikaviy foydalanish
ko„rsatkichlariga ega bo„lgan qoplama olish imkonini beruvchi optimal texnologik
jarayon ishlab chiqish mumkin. Namuna sifatida bosqichlar bo„yicha Lisinenski
metallurgiya zavodi [32] metodi bo„yicha poliolifen qoplamalar olishning
texnologik jarayonini bo„linishini ko„rib chiqamiz. Polimerni temir lentaga
kiritishlan oldin, uni tozalash va dastlabki isitish xolatiga keltirish lozim. Kukunga
xam maxsulotga kiritilishidan oldin aniq qayta ishlov beriladi. Birinchidan, u
lentaga nasipaniya uchun bunkerga ko„miladi va u erda gravitatsion kuch xisobiga
ushlab turiladi; ikkinchidan, elektrik maydonda o„tishda kukun qismchalari
zaryadlanadi va elektrozaryadlangan xolatga keladi. SHunday qilib, polimer kukun
lentaga tushayotganda uchta kuchning xisobiga unda ushlab turiladi: gravitatsiya,
elektrik va adgezion issiqlik (kukun avvalda isitiladi). So„ngra isitish
indikatorlarida qoplamani ikki bosqichli oplavlenie qilish uchun shartlar
yaratiladi.Olingan qoplama xavo struida 28 intensiv sovutish bilan termik qayta
ishlashdan o„tadi. Keyin qoplama qavatning talab qilingan qalinligini olish uchun
roliklardan o„tkaziladi. SHunday qilib, o„tkazilgan sxema polimer qoplamalar
olishning texnologik jarayonlarini xarakterlash, berilgan foydalanish shartlari
uchun qoplamalarning fizik mexanik xossalarini prognozlash va tartibga solish,
bundan tashqari maxsulotlarda polimer qoplamalarni aloxida olishning texnologik
jarayonlari asosiy bosqichlari bo„yicha savollarni ko„rib chiqishga o„tish imkonini
beradi. 1.3 Kompozitsion qoplamalarni olishda radiatsion qayta ishlashdan
foydalanishning effektliligi va imkoniyatlari Zamonaviy fan polimer qoplamalarda
optimal bo„lgan fizik mexanik va boshqa foydalanish xossalarini ta‟minlovchi
adgeziv substrat va strukturalar chegarasida adgezion ta‟sir ko„rsatishni yaratish
imkoniyatlarini o„rganadi. Bunga polimerlarni fizik ximik va mexanik qayta
ishlash orqali erishiladi. Mexanik qayta ishlash faqatgina qoplamalarning
xossalarini yaxshilabgina qolmay, balki detallar va maxsulotlar yuzasida olingan
polimer qoplamalarni aniq o„lchamga keltiradi. Fizik-ximik qayta ishlash o„z
ichiga qayta ishlashning termik [51,52], radiatsion, ultratovushli,magnitli va
boshqa turlarini oladi.


Download 108,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 108,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastmassalarning turlari va ishlatish sohalari

Download 108,67 Kb.