• Bo‘yash
  • Bosim ostida quyish.
  • Bosimsiz quyish
  • Eksruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin. Puflab




    Download 108,67 Kb.
    bet10/15
    Sana10.06.2024
    Hajmi108,67 Kb.
    #262348
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Aliyeva Maftuna

    Eksruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin.
    Puflab yoki vakuumli shakllantirish – atmosfera yoki havoni, biror-bir gazni purkab yumshoq termoplastdan shakl hosil qilish. Puflab yasalgan buyumlarda biriktirilgan joylarning belgisi qoladi.
    Shtamplash – termoplast listlarni matritsa ostida puansonga bosib shakllantiradi. Bu usulda attorlik buyumlari yasaladi. plastmassa buyumlarining bezagida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bo‘yash, qisish, shtamplash, metallash va boshqalar.
    Bo‘yash – buyumni bo‘yoqqa tiqib olish, sepish, cho‘tka bilan bo‘yash orqali amalga oshiriladi. Biroq ko‘p hollarda ishlab chiqarishda rangli polimerlar ishlatiladi.
    Issiq siqish – bu bo‘yoqli tasvirni jihozning ustki qismiga metalli yoki pigmentlangan folgani bosim ostida issiq shtamlashdir. Issiq siqishda bir rangli yoki ko‘p rangli tekis yoki relyefli rasmlar polistrol, termoplastlar ustida hosil bo‘ladi.
    Plastmassalardan, asosan, qoliplash, quyish, presslash, siqib chiqarish, payvandlash, yelimlash usullarida buyumlar tayyorlanadi. Ularni metal kesuvchi dastgohlarda osongina kesib ishlash, qirqish, frezalash, pardozlash, jilvirlash mumkin.
    Qoliplash. Qoliplash orqali plastmassalardan murakkab shaklli kata buyumlar olinadi. Bu usulda buyumning modeli (qolipi) maydalab qirqilgan tola, epoksid smola va qotirgich aralashmasi bilan qoplanadi. Buning uchun maxsus purkagichdan foydalaniladi. Zaruriy materiallar suyuq holatda purkagichning aralashtirish kamerasiga beriladi, undan esa siqilgan havo bosimi ostida purkagichning uch qismi orqali model sirtiga purkaladi, natijada modelning sirti aralashma bilan bir tekis qoplanadi va qotib, zarur buyum hosil bo‘ladi.
    Bosim ostida quyish. bosim ostida quyish usuli turli plastmassalar, polietilen, kapron va detallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Quyish mashinasining silindrida plastmassa zarur haroratgacha qizdiriladi va juda qovushqoq holatga keltiriladi. Shundan keyin plastmassa press-qolipga bosim ostida to‘ldiriladi. Buyum qotgach, qolip ochilib, tayyor buyum chiqarib olinadi. Hozirgi vaqtda mavjud quyish avtomatlarida soatiga 2000 tagacha buyum ishlab chiqariladi. Bu usulda olingan buyumlar zich, tekis va aniq chiqadi.
    Bosimsiz quyish. Bosimsiz quyish quyma buyumlar olishda ishlatiladi. plastmassaning tarkibiy qismlari aralashmasi suyuqlantiriladi va tegishli qoliplarga quyiladi, qotgandan keyin qolipdan ajratib olinadi va kerakli qismlarga ishlov beriladi.
    Presslash. presslash usulida qizdirilgan press-qolip bo‘shlig‘iga tegishli materil solinib, bosim bilan bosiladi. Qizdirilgan press material qolip bo‘shlig‘ini to‘ldiradi va u qotgach bosim olinib, buyum ajratiladi.
    Payvandlash. Payvandlash usulida termoplastdan tayyorlangan detallar elektr-kontakt usulidan foydalanib ulanadi. Termoreaktiv plastmassalarni payvandlash esa yuqori chastotali tok yoki ultratovush orqali amalga oshiriladi.

    Download 108,67 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 108,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksruziya – bu bosim ostida quyishning bir turi. to‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plyonka olish mumkin. Puflab

    Download 108,67 Kb.