Plastmassa mahsulotlarining turlari




Download 108,67 Kb.
bet11/15
Sana10.06.2024
Hajmi108,67 Kb.
#262348
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Aliyeva Maftuna

Plastmassa mahsulotlarining turlari.
Plastmassadan turli xo‘jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi.
Xo‘jalik tovarlari ishlatilishi bo‘yicha idishlar ko‘zalar, non idishi, patnislar, tuzdon, elektr sovitkich idishlari, vannaxona va hojatxona buyumlari, bog‘ va poliz anjomlari hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo‘linadi.
Plastmassadan attorlik buyumlari: taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va pardoz-andoz buyumlari, turli o‘yinchoqlar, gullar, devonxona hamda fotografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Mahsulotlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong‘in xavfsizligiga e’tibor beriladi. Fenoplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid insonning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo plastmassalardan faqat sovuq holatda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqadigan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yo‘liqtirishi va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. polistirol o‘zidan issiq holatda asab tomirlariga zarar yetkazadigan stirol ajratib chiqaradi. oziq-ovqat buyumlari uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo‘lishi kerak.
Rezinalar. Hozirgi zamon texnikasida yuqori elastiklikka ega bo‘lgan materiallar juda katta ahamiyatga ega. bunday materiallardan zarbli kuch ta’sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dempfer)lar yasaladi. Bundan tashqari, ulardan jipslovchi vositalar tayyorlashda, uskunalarni tashqi muhit ta’siridan saqlashda ham foydalaniladi. yuqori elastik materiallarga tabiiy va sintetik polimerlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunday materiallar, odatda, juda katta qaytar deformatsiyaga ega bo‘ladi.
Kauchuklar muhim tabiiy yuqori elastik xususiyatga ega bo‘lgan materiallarga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p xilma-xil sun’iy kauchuklar ishlab chiqarilmoqda. bunday materiallar rezina ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi.
Hozirgi zamon mashinasozligida rezinadan tayyorlangan vositalar juda keng qo‘llaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil shinalari, har xil jipslovchi vositalar, amortizatorlar, harakat o‘tkazuvchi vositalar, shlanglar va hokazolar.
Rezinalardan uskuna va qurilmalarni tashqi muhitdan muhofaza qilishda, elektr simlarining sirtini qoplash (kabellar tayyorlash)da foydalaniladi.
Kauchuk vulkanizatsiyalanib, rezina mahsulotlari olinadi. Kauchuklarga turli qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yorug‘lik va radiatsiya nuriga chidamli arzon rezinasimon mahsulotlar olinadi. bu yo‘l bilan maxsus sharoitlarga chidamli rezinalarni ham olish mumkin. Keyingi vaqtda sintetik kauchuk ishlab chiqarish juda keng rivojlangan.

Download 108,67 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 108,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastmassa mahsulotlarining turlari

Download 108,67 Kb.