|
To‘ldirgichlar va plastifikatorlar
|
bet | 12/15 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 108,67 Kb. | | #262348 |
Bog'liq Aliyeva MaftunaTo‘ldirgichlar va plastifikatorlar.
To‘ldirgichlar. To‘ldirgichlar tarkibi jihatidan organik va anorganik to‘ldirgichlarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador (ba’zan kukun) to‘ldirgichlarga bo‘linadi. plastmassalar ishlab chiqarishda to‘ldirgichlar sifatida organik to‘ldirgichlardan – yog‘och kukuni, yog‘och sellulozasi, yog‘och shponi (yupqa taxtalar), paxta taramlari, ip-gazlama, sintetik tolalardan to‘qilgan mato; anorganik to‘ldirgichlardan – asbest tolasi va to‘qimasi, shisha tolasi, shisha tolasidan to‘qilgan mato, qisqa tolali asbest (kukun to‘ldirgich sifatida), kaolin, kvars kukuni, ohak va boshqalar ishlatiladi. plastmassalar tarkibiga kirgan to‘ldirgichlar ularning xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bo‘lgani uchun buyumlarni arzonlashtiradi.
Organik to‘ldirgichlar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali to‘ldirgichlar buyumlarning uzilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Anorganik kukun to‘ldirgichlar buyumlarning suvga va issiqqa chidamliligini va qattiqligini oshiradi, ularning g‘ovakliligini va gidroskopikligini pasaytiradi.
Termoplastik smolalarga qo‘shiladigan plastifikatorlar ularning yumshash temperaturasini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida hammadan ko‘proq yuqori temperaturada qaynovchi kichik molekular suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar va boshqalar ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib bo‘kadi, bunda plastifikatorning molekular qatlamlari zanjiriy makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bog‘lanishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yumshash temperaturasining pasayishi va uning shishalanishiga, ya’ni qizdirilganda shishasimon holatdan qovushqoq-oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga o‘tishining sababi ham ana shu.
IV. Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va baholash.
1. Polimerlarga nimalar kiradi?
2. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar deganda nimani tushunasiz?
3. Plastmassani ishlab chiqish usullari haqida ma’lumot bering.
4. Rezinalar haqida ma’lumot bering.
|
| |