• Polimerizatsion plastmassalar
  • Polikondensatsion plastmassalar.
  • 1 bob fenoplastlar tayyorlashda ishlatiladigan sintetik materiallar




    Download 108,67 Kb.
    bet13/15
    Sana10.06.2024
    Hajmi108,67 Kb.
    #262348
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Aliyeva Maftuna

    V. Muammoli topshiriq.
    Plastmassalardan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlarining inson salomatligiga bo‘ladigan ta’sirini oldini olishda ko‘proq plastmassaning qanday turlaridan foydalanishini bilasizmi?


    VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.
    Plastmassa va uning turlaridan namunalar olib kelish.


    Xulosa
    Plastmassalar arzonligi va xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiallardan qolishmasligi sababli ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20 foizini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-muhitni ifloslaydi, o‘simliklar tomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan “O‘zitalplast” korxonasi turli xil xalq iste’moli mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar.
    Polimerizatsion plastmassalar deb, to‘yinmagan past molekulali organik moddalardan to‘yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi. Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo‘linadi: poliolifenlar, teflonlar va boshqalar.
    Poliolifenlarga polipropelin va sevilinlar kiradi. Polietilen dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 23 foizini tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko‘rganda oq mumni eslatadi.
    Teflon. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Undan tovalarning ichini qoplashda foydalaniladi. Bunday tovada masalliqni yog‘siz qovurish mumkin.
    Polikondensatsion plastmassalar. Polikondensatsiya deb, to‘yingan turli uglevodlarning birikishi natijasida yuqori molekulali organik hamda qo‘shimcha moddalar, masalan, suv hosil bo‘lish reaksiyasiga aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo‘linadi.

    Download 108,67 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 108,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 bob fenoplastlar tayyorlashda ishlatiladigan sintetik materiallar

    Download 108,67 Kb.