• Neytrallash usuli
  • Titromeriya usulida suvning doimiy qattiqligini aniqlash




    Download 32,92 Kb.
    bet1/2
    Sana22.02.2024
    Hajmi32,92 Kb.
    #160764
      1   2
    Bog'liq
    Titromeriya usulida suvning doimiy qattiqligini aniqlash


    TITROMERIYA USULIDA SUVNING DOIMIY QATTIQLIGINI ANIQLASH

    Talabalarni titrimetriya usullari bilan tanishtirish, ularni neytrallanish, oksidimetriya usuli bilan titrlashga o’rgatish. Talabalarga neytrallanish va oksidimetriya usullarining nazariy asoslarini tushuntirish, indikatorlar tanlashni o’rgatish, titrlash jarayonini qadamma-qadam bajarish ko’nikmalarini hosil qilish, hisoblash formulalarini qo’llashni o’rgatish, olingan bilimlari tibbiy tekshiruvlarda zarurligini va ularning axamiyatini tushuntirish.



    • Sirka kislota kontsentratsiyasini alkalimetriya usuli bilan aniqlashni

    • Eritmadagi ammiak kontsentratsiyasini atsidimetriya usuli bilan aniqlashni

    • Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini permangatometriya usuli bilan aniqlashni

    • Vodorod peroksid miqdorini permanganatometriya usuli bilan aniqlashni

    Eritmalar konsentratsiyasini aniqlashning ko`pgina usullari mavjud. Bu usullarni analitik kimyoning miqdoriy tahlil qismi o`rganadi. Tibbiy kimyoda shu usullar ichidan hajmiy tahlilning titrlash usuli keng qo’llanadi. U tekshirilayotgan eritma tarkibidagi moddaning to'liq reaksiyaga kirishishi uchun zarur bo'lgan konsentratsiyasi aniq eritmadan qancha hajm sarflanishini aniqlashga asoslangan. Kon­sentratsiyasi aniq bo'lgan eritmalar titrlangan yoki ishchi eritmalar deyiladi. Titrlash jarayoni deb konsentratsiyasi aniq eritmani noma`lum konsentratsiyali eritma ustiga tomchilatib quyib turishga aytiladi. Titrlash ekvivalent nuqtagacha davom ettiriladi. Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar bir biri bilan ekvivalent miqdorda o'zaro ta'sirlashadi. Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta ahamiyatga ega. Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlardan foydalaniladi. Indikatorlar shunday moddalarki, ular reaksiya vaqtida ishtirok etib, ekvivalent nuqtaga yetganda ko'z bilan seza oladigan (rangning o'zgarishi, cho'kma hosil bo'lishi va h.k.) biror o'zgarish hosil qilish xususiyatiga ega. Ba'zan indikatorlar vazifasini reak­siyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin.


    O’tkazilayotgan reaksiya turiga ko’ra hajmiy tahlil usullari quyidagilarga bo’linadi:

    Ishi eritma turiga ko’ra hajmiy tahlil usullari quyidagilarga bo’linadi:

    • Alkalimetriya

    • Atsidimetriya

    • Permanganatometriya

    • Yodometriya

    • Xromatometriya

    • Argentometriya

    • Kompleksonometriya

    Shuningdek, titrlashning fizik-kimyoviy usullari keng qollaniladi, ular qatorida:

    • Konduktometriya

    • Potensiometriya

    • Amperometriya

    • Polyarografiya

    Oksidimetriya usuli titrimetrik taxlilning oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslanuvchi usulidir. Ishchi eritmaning tabiatiga ko‘ra oksidimetriya usullari permanganatometriya, xromatometriya, yodometriyalarga bo‘linadi. Permanganatometriya usulida ekvivalent nuqtada ishchi eritma sifatida qo‘shilgan bir tomchi kaliy permanganat eritmasi tekshirilayotgan eritmani pushti rangga bo‘yaydi. Bu usulda KMnO4 eritmasi indikator vazifasini bajaradi. Tekshirilayotgan eritmaning tabiatiga ko‘ra to‘g‘ri va teskari titrlash farqlanadi. To‘g‘ri titrlash uchun tekshirilayotgan eritmaga oksidlovchining ishchi eritmasi ekvivalent nuqtagacha sekin-asta qo‘shib boriladi. Masalan, KMnO4 eritmasi yordamida Mor tuzi tarkibidagi temirni miqdorini aniqlash mumkin. Turg‘unmas va uchuvchan kaytaruvchilarning mikdorini aniklashda teskari titrlashdan foydalinaladi. Bunda ikkita ishchi eritma, ya’ni oksidlovchi va qaytaruvchining ishchi eritmasidan foydalaniladi. Kaliy parmanganatning oksidlovchilik xususiyati eritmaning muxitiga bog‘lik buladi: kislotali muxitda rangsiz, neytral yoki kuchsiz ishkoriyda - qo‘ng‘ir, ishkoriy muxitda yashil ranggacha qaytariladi.


    Ko‘rinib turibdiki, kislotali muxitda KMnO4 ning oksidlovchilik xususiyati eng yuqori darajada namoyon buladi. Bundan tashqari kislotali sharoitda KMnO4 pushti rangdan rangsiz xolatga o‘tishi titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qulaylik tug‘diradi.
    Oksidimetriya usuli fermentativ va boshka biokimyoviy j:arayonlarining mexanizmlarini urganishda, tabiatni ifloslantiruvchi zaxarli moddalar (kurgoshin, mishyak va ularning organik birikmalari) mikdorini aniklashda, dori-darmonlar tarkibidagi yoki odam a’zolarida bulgan moddalar mikdorini aniklashda ishlatiladi. Masalan, permanganatometriya usuli tabobat amaliyotida siydik tarkibidagi kislota miqdorini aniqlashda, qondagi qand miqdorini va qon zardobidagi kalsiy ionini miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Kalsiy ionini aniqlash uchun tekshirilayotgan qonga konsentratsiyasi aniq bo‘lgan oksalat kislota eritmasidan ortiqcha qo‘shiladi. Oksalat kislotaning bir qismi kalsiy ioni bilan ta’sirlashib, ortib qolgan qismi esa konsentratsiyasi aniq bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi. Permangantometriya usuli klinik lobaratoriyalarda, ichimlik va ko‘lmak suvlarning tarkibini aniqlashda ham ishlatiladi.1-tajriba. Permanganatometriya usulida Mor tuzi tarkibidagi Fe2+ miqdorini aniqlash.

    Download 32,92 Kb.
      1   2




    Download 32,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Titromeriya usulida suvning doimiy qattiqligini aniqlash

    Download 32,92 Kb.