Ma’lumotlarni fragmentatsiyasi va replikatsiyasi. Replikatsiya
bitta ma’lumot nusxalarini izlash tezligini oshirish va ishonchlilikni ta’minlash uchun turli tugunlarda saqlash mexanizmiga aytiladi. Munosabat yoki fragment replikatsiya qilingan deyiladi agar uning nusxalari bir yoki bir necha tugunlarda saqlansa. Nusxalarni replika deb ataladi. To‘liq replikatsiyada nusxalar xamma tugunlarda saqlanadi. Butun ma’lumotlar bazasi xamma tugunlarda saqlanishi mumkn. Bu xolda ma’lumotlar bazasi to‘liq replikatsiya qilingan deyiladi.
Replikatsiya avfzalliklari:
xavfsizlik (R munosabat saqlanayotgan tugun ishdan chiqsa, boshqa tugunlarda murojaat qilish mumkin);
parallelizm (R munosabatga nisbatan so‘rovlar xamma replikalar bo‘yicha parallellanishi mumkin);
ma’lumotlarni uzatish narxini kamayishi (R munosabatga replikalari mavjud xamma tugunlarda murojaat qilish mumkin).
Replikatsiya kamchiliklari:
ma’lumotlarni saqlash, yaratish va tiklash narxi oshadi;
resurslarga talab oshadi;
ma’lumolarni yaxlitligini saqlash qiyinlashadi, masalan bir vaqtni o‘zida bitta munosabat xamma replikalarini tiklash.
Replikatsiya mexanizmlari.
Replikatsiyani amalga oshirish uchun uchta server ishlatiladi: noshir, distribyutor va o‘quvchi.
Noshir deb o‘zidagi ma’lumotlarni boshqa serverlarga nusxalash uchun taqdim etuvchi serverga aytiladi. Nusxa tayyorlashdan tashqari noshir ma’lumotlar bazasiga kiritilgan o‘zgarishlarni kuzatib boradi va yangi nusxa tayyorlaydi.
Distribyutor noshir tayyorlagan nashrlarni nusxalaydi va o‘quvchilarga jo‘natadi.
Distribyutor aloxida server yoki noshir yoki o‘quvchi uchun ajratilgan server bo‘lishi mumkin. Distribyutor funktsiyalari replikatsiya usullariga bog‘liq.
O‘quvchi xamma nusxalarni qabul qiluvchi server. O‘quvchi ma’lumotlar o‘zgartirish mexanizmi farq qiladi.
Replikatsiya modellari
Momental suratlar replikatsiyasi eng sodda replikatsiya bo‘lib, momental surat deb ataluvchi ma’lumotlar to‘liq nusxasi o‘quvchilarga jo‘natiladi. Tranzaktsiyalar replikatsiyasida ma’lumotlar bazasi tranzaktsiyalar jurnalidan foydalaniladi. Tanlangan tranzaktsiyalar bajarish ketma ketligi xaqidagi ma’lumot bilan birga distribyutor ma’lumotlar bazasiga nusxalanadi, so‘ngra o‘quvchi serverlarga jo‘natiladi va ko‘rsatilgan ketma ketlikda bajariladi.
Bu tarmoq yuklanishini kamaytiradi. O‘zgarishlar soni kichik bo‘lgan xajmi katta ma’lumotlar bazasida qo‘llash tavsiya etiladi.
Replikatsiyalar topologiyasi.
Replikatsiyalar topologiyasi quyidagi turlari ajratiladi:
replikatsiya «bitta -ko‘pga» bitta noshir va bir necha o‘quvchilar;
replikatsiya «ko‘p-bittaga» bir necha noshir va bitta o‘quvchi;
replikatsiya «ko‘p -ko‘pga» bir necha noshir va bir necha o‘quvchi.
|