|
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
|
bet | 58/80 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 281,59 Kb. | | #130407 |
Bog'liq 1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.orgHAVING SUM(AMOUNT) > 300
Ko‘rinib turibdiki, HAVING SUM(AMOUNT) > 300 ifodasi satrlarni guruhlash sharti sifatida kelmoqda. Agar SUM(AMOUNT) > 300 sharti yolg‘on bo‘lsa, bu guruh natijaviy to‘plamdan chiqariladi. Agar rost bo‘lsa guruh natijaviy to‘plamga kiradi.
Yana bir misol ko‘raylik: ikki va undan ortiq xizmatchiga ega har bir ofisning hamma xizmatchilari uchun rejadagi va xaqiqiy sotuvlar umumiy hajmini hisoblash.
SELECT CITY, SUM(QUOTA),
SUM(SALESREPS.SALES) FROM OFFICES, SALESREPS WHERE OFFICE = REP_OFFICE GROUP BY CITY
HAVING COUNT(*) >= 2
Bu misolda WHERE va HAVING ifodalari o‘z funksiyalarini bajaradilar. Yana shunga e’tibor berish kerakki HAVING ifodasida agregat funksiyalardan foydalaniladi. OFFICES va SALESREPS jadvallari xizmatchi yashaydigan gshaharni topish uchun qo‘shiladilar. Qo‘shilgan jadval satrlarlari ofislar bo‘yicha guruhlanadilar. Ikkidan kam satrga ega guruhlar tashlab yuboriladi. Ular HAVING ifodasi talabiga javob bermaydilar. Har bir guruh uchun xaqiqiy va rejadagi sotuvlar hajmlari hisoblanadi.
Murakkabroq misolni ko‘ramiz:
Har bir tovar nomi uchun narxi, ombordagi soni va buyurtma berilganlar umumiy sonini ko‘rsating, agar uning uchun buyurtma berilganlar umumiy soni ombordagi umumiy soni 75 foizidan ko‘p bo‘lsa.
SELECT DESCRIPTION, PRICE, QTY_ON_HAND, SUM(QTY)
FROM PRODUCTS, ORDERS WHERE MFR = MFR_ID
GROUP BY MFR_ID, PRODUCT_ID, DESCRIPTION, PRICE, QTY_ON_HAND
HAVING SUM(QTY) > (0.75 * QTY_ON_HAND) ORDER BY QTY_ON_HAND DESC
HAVING uchun o’ng qo‘shimcha chegaralar mavjuddir. Bu ifoda juda bo‘lmasa bitta agregat funksiyani o‘z ichiga olishi kerak. Chunki WHERE alohida satrlarga HAVING satrlar guruhlariga qo‘llanadi. NULL qiymat uchun WHERE ifodasiga o‘xshab quyidagi qoida o‘rinli. Agar izlash sharti NULL qiymatga ega bo‘lsa satrlar guruhi tashlab yuboriladi. HAVING ifodasini GROUP BY siz qo‘llash mumkin. Bu holda natija hamma satrlardan iborat guruh deb qaraladi, lekin amalda bu kam qo‘llanadi.
|
| |