|
1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari
|
bet | 74/80 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 281,59 Kb. | | #130407 |
Bog'liq 1-bob. Ma`lumotlar bazasining asosiy tushunchalari-fayllar.org
Ma‘lumotlar bazalarining ichki himoya vazifasini keltiring?
SQL Server himoya vositasiga deganda nimani tushunasiz?
GRANT privilege nima vazifani bajaradi? Misol keltiring.
GRANT UPDATE uchun misollar yozing?
GRANT REFERENCES uchun misol keltiring?
XML va ma'lumotlar bazalari
Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o‘rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo‘lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma‘lumotlar Web- sahifa xujjatga joylashtiriladi va bu xujjatni barcha kompyuterda ko‘rish imkoniyati mavjeddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma‘lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (giperssilokalar) ta‘minlashdan iborat.
XML (eXtensible Markup Language).XML tili ham HTML tiliga o‘xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o‘zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasigama‘lumotlar joylashtiradi. XML-teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
XML tili
XML va HTML orasidagi oltin qoidani ifodalovchi til, XML (extensible Markup Language) — kengaytirilgan belgilashlar tilidir. Bu til SGML dan ajratib olingan to‘plam bo‘lib, web- programmistga o‘z teglarini yaratish imkonini beradi va ortiqcha murakkablikdan holi.
XML ni ishlab chiqish 1996 boshlandi. Bu ish bilan jamoat tashkiloti W3C( World Wide Web Consortium), shug‘ullanadi. Uning asosiy sayti : http://wvw.w3c.org/. XML
haqidagi ma‘lumotlar http://www.w3c.org/XMl./ sahifaga joylashtirilgan 1998 bu tashkilot XML 1.0. versiyasini chiqardi. XML tobora takomillashib bormoqda. Uning oxirgi versiyasi quyidagi adresda bo‘ladi: http://www.w3c.org/TR/rec-xml.
|
| |