• Strategik marketing
  • Strategik rejalashtirish
  • «SWOT» tahlili
  • Savdo uslubi
  • Servis (xizmat ko’rsatish)




    Download 1,13 Mb.
    bet91/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Servis (xizmat ko’rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni ta’minlovchi bulimi, kuyi tizimi.
    Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi, kuyilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko’rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi xujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo’yicha qabul qilish va topshirish shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saklash muddati bo’yicha qafolatlar belgilab kuyiladi.
    Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruxlari talab va ehtiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab olingan guruxlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshirok xizmat ko’rsatish va shu tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo’lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar kontseptsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam o’zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommuniqatsiya, taqsimlash va sotish soxasidagi strategik siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.
    Strategik rejalashtirish - firmaning maqsadlari, uning marketing soxasidagi potentsial imkoniyatlari urtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qo’llab-quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi, kushimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, soglom xujalik portfeli va usish strategiyasiga asoslanadi.
    «SWOT» tahlili - bu inglizcha so’zlarning birinchi harflaridan olingan bo’lib, S - korxonaning kuchli tomonlari (ustunligi), W - kuchsiz tomonlari (kamchiligi), O - imkoniyatlari va T - xavf-xatarlarni ifodalaydi.
    Korxonaning markеting planida u еrda vujudga kеlgan holat taxliliga asosan, ushbu to’rt ko’rsatkichga asoslanib uning markеting faoliyati stratеgiyasi ishlab chiqiladi. Bu esa, sizni korxonangizni bozorda raqobatchilarga nisbatan tutgan o’rniga baho bеrishga yordam bеradi.
    Savdo uslubi, bu savdo bitimini samarali bеsh pog`onali sotuv shaklida amalga oshirish tushuniladi, ya'ni: xaridorga yo’l topish, xaridorni o’rganish (uni bilish), tovar prеzеntatsiyasi, xaridorni ishontirish va nixoyat sotuvni amalga oshirishdir.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




    Download 1,13 Mb.