|
Respublikada bojxona organlarining shakllanish bosqichlari
|
bet | 5/9 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 49,92 Kb. | | #104796 |
Bog'liq 1. bojxona siyosatining mohiyati. Bojxona ishi rivojlanishi bosq-fayllar.org4. Respublikada bojxona organlarining shakllanish bosqichlari
1997 yil O’zbekiston Respublikasi bojxona ishida tub o’zgarishlar yili bo’ldi. Bojxona ishini xalqaro normalar asosida, shuningdek tizimi va tuzilishi, vazifalarni takomillashtirish zaruriyati tug’ildi.
Xuddi shuningdek, xalqaro munosabatlarni kengaytirish va bojxona ishini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prizentining 8 iyul 1997 yil №PF 1815 sonli farmoni bilan “Respublika Bojxona Qo’mitasi” tashqil topdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq bojxona ishi, kontrabandaga, giyohvandlik vositalari, psixatrop moddalarning g’ayriqonuniy muomalasiga qarshi kurash masalalari bo’yicha xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Davlat bojxona organlari faoliyatining xuquqiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasining 29 avgust 1991 yildagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Respublika Bojxona Qo’mitasi» haqidagi qonuni (№374 30 iyul 1999y) amal qiladi.
O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarining yagona tizimini tarkib topishi va rivojlanishi uning ish qobiliyatini ta’minlash bosqichlari o’ziga xos davrlarni bosib o’tadi.
Birinchi bosqich (1991-1994 yilgacha) O’zbekiston Respublikasining Prizidentining Bojxona Qo’mitasini tashkil qilish xaqidagi 1991 yil 25 oktyabrdagi farmonining qabul qilininshi va O’zbekiston Respublikasida Bojxona xizmatining ahamiyati va organning moxiyati bilan belgilanadi,
Keyinchalik bojxona tizimimning vazifalari va shartnomalarning o’zgarishi munosabatlari bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi farmoni bilan Davlat Soliq Qo’mitasining Bojxona Bosh Boshqaramasiga aylantirildi.
Ikkinchi bosqich (1994-1999 yillar). Tashqi iqtisodiy faoliyatining kuchayishiga bojxona tizimi oldiga qo’yilgan vazifalarning keng ko’lami, uni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan O’zbekiston Respublikasining Bojxona Qo’mitasiga aylantirildi
Davlat Bojxona Qo’mitasi O’zbekiston Respublikasining markaziy bojxona organi sifatida tarkib topdi. Uning haq-xuquqlari, vakolatlari xizmat vazifalari O’zbekiston Respublikasining
Bojxona Qo’mitasi Nizomi, Respublika Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
|
| |