Mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda fizik-kimyoviy o‘lchashlarning o‘rni




Download 3,2 Mb.
bet4/5
Sana05.06.2024
Hajmi3,2 Mb.
#260384
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-маъруза

 
Mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda fizik-kimyoviy o‘lchashlarning o‘rni.
Rus olimi D.I.Mendeleyev – o‘lchov va vaznlar sohasida fundamental ishlar muallifi sifatida metrologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. 1892 yilda D.I.Mendeleyevning tashabbusi bilan Rossiyada "Og‘irlik va o‘lchovlar palatasi" tashkil etilib, mashhur olim uning birinchi rahbari sifatida metrologik xizmatni shakllantirishda ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Olimning yana bir ulkan xizmati shundan iboratki, u Rossiyada metrik tizimni tadbiq etishni asoslab, uni tashkiliy jihatdan tayyorlab berdi. Bu esa 1918-1920 yillardagi metrik tizimni tadbiq etishga munosib zamin edi.
Gazlarning tarkibini analiz qilish Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig’indisi konsentrasiyasi haqida ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish asosida metallurgiyada, koks-kimyo sanoatida, neftni qayta ishlashda, gaz sanoatida va boshqa joylarda gaz hosil qilish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi.
Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida organiq yoqilgilarni yoqishda yonish jarayonini nazorat qilish va kerakli havo miqdorini (ortiqcha miqdorini) aniqlash uchun avtomatik gaz analizatorlari ishlatiladi. Texnologik obxyektlarning xavfsiz ishlashini taxminlovchi sistemalarda ishlatiladigan gaz analiz qilish asboblari ham katta aqamiyatga ega.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko’pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning konsentrasiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o’lchanayotgan aralashmaning fizikkimyoviy xossalariga taxsir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentrasiyasidan qatxi nazar, ularning xossalariga taxsir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko’p komponentli gaz aralashmalarining turli tashkil etuvchilarini analiz qilish uchun mo’ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.
Neft mahsulotini standart qurilmada haydash
Gaz xromatografiyasi / Mass-spektrometriya | Vermont sud-tibbiyot laboratoriyasi
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fanning rivojlanishi ularga bog‘liq bo‘lgan maxsus texnika, o‘lchash usullari va vositalarini ham kashf etishga sabab bo‘ldi.
Metrologiya xizmati va metrologik ta’minotning dastlabki shakllari turli tarzda vujudga kela boshlagan. Metrologiya yuqori aniqlikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalarining haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashgan yangi sohalar kiradi.

Download 3,2 Mb.
1   2   3   4   5




Download 3,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot sifatini boshqarish va nazorat qilishda fizik-kimyoviy o‘lchashlarning o‘rni

Download 3,2 Mb.