|
1-bo’lim o’lchashlarning fizik-kimyoviy uslubi reja
|
bet | 1/5 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 3,2 Mb. | | #260384 |
Bog'liq 14-маъруза
1-BO’LIM O’LCHASHLARNING FIZIK-KIMYOVIY USLUBI
REJA:
1. Fizik-kimyoviy o’lchashlarning maqsad va vazifalari.
2. Fizik-kimyoviy o’lchashlarlarning fan va texnikadagi ahamiyati.
3. Fizik-kimyoviy o’lchashlar fanining rivojlanish tarixi.
O‘lchov va o‘lchash birliklari to‘g‘risidagi bir qator ma'lumotlar buyuk xorazimlik olim Al-Xorazmiy algebraik risolasining «O‘lchashlar haqida» deb ataladigan va geometriya (xandasa)ga doir qismida keltirilgan. Olim bunda uzunlik, yuza va hajmlarni hisoblash va o‘lchash usullari bilan topishga katta ahamiyat bergan. Unda tanob (39,9 m; 60 x 60 kv. gaz), gaz (0,71 m), barmoq (20,8 – 22,8 mm) kabi o‘lchash birliklari va o‘lchov yog‘ochi -kabi o‘lchash vositalari to‘g‘risida yaxshi ma'lumotlar berilib, ularni amalda qo‘llashning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan. Xorazmiy «Quyosh soatlari to‘g‘risida risola» asarida ham metrologiyaning vaqtlarni o‘lchash sohasiga munosib hissa qo‘shgan. Ulug‘ olim Ahmad Farg‘oniy dunyoda birinchi bo‘lib (861 yili) suv sathini o‘lchaydigan asbob kashf etgan va uni yasab amalda qo‘llagan. U «Quyosh soatini yasash haqida kitob» asarini ham yozib, metrologiya sohasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan.
Rus olimi D.I.Mendeleyev – o‘lchov va vaznlar sohasida fundamental ishlar muallifi sifatida metrologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. 1892 yilda D.I.Mendeleyevning tashabbusi bilan Rossiyada "Og‘irlik va o‘lchovlar palatasi" tashkil etilib, mashhur olim uning birinchi rahbari sifatida metrologik xizmatni shakllantirishda ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirdi. Olimning yana bir ulkan xizmati shundan iboratki, u Rossiyada metrik tizimni tadbiq etishni asoslab, uni tashkiliy jihatdan tayyorlab berdi. Bu esa 1918-1920 yillardagi metrik tizimni tadbiq etishga munosib zamin edi.
FIZIK-KIMYOVIY O’LCHASHLAR FANINING RIVOJLANISH TARIXI.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fanning rivojlanishi ularga bog‘liq bo‘lgan maxsus texnika, o‘lchash usullari va vositalarini ham kashf etishga sabab bo‘ldi.
Metrologiya xizmati va metrologik ta’minotning dastlabki shakllari turli tarzda vujudga kela boshlagan. Metrologiya yuqori aniqlikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalarining haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashgan yangi sohalar kiradi.
Maqsad:
Maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “O‘lchash usullari va vositalari (Fizik-kimyoviy o‘lchashlar qismi)” fanini o‘qitishni nazariy va ilmiy-metodik o‘rganish, ushbu fan bo‘yicha elektron o‘quv moduli ishlanmasini tayyorlash va uni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
|
| |