• Kuntug`mish
  • Xalq og`zaki ijodidan parcha. “Kuntug`mish” dostoni”. 8-E sinf




    Download 46 Kb.
    bet3/5
    Sana22.02.2024
    Hajmi46 Kb.
    #160807
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    21-oktabr-til-bayrami-senariysi
    UDIOZNnJ9bfU6kkW6QoXSJLd1dHtEYM, Практическая работа 2, Calendar plan-Matematika o‘qitish metodikasi (7), migratsiya-sohasini-samarali-boshqarishda-xalqaro-tashkilotlarning-tutgan-o-rni, Foydalanilgan adabiyotlar, lola opa muazzam , Biologik ketma –ketliklarni ma’lumot bazalari bo’yicha ko’plik, Psixologiya” fаkulteti “yoshlar psixologiyasi ” yoʻnаlishi 320-2-fayllar.org, ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish, Aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolalar tasnifi, Koʻr bolalarni oʻqitish jarayoni, maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-bolalarni-musiqiy-tarbiyalash-va-ta-lim-berish, ABDULLA QODIRIYNING HIKOYALARI PUBLISTIK MAQOLALARI, DUKAKLI DON EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULARI, ko\'r bolalarni o\'qitish jarayonlari
    Xalq og`zaki ijodidan parcha. “Kuntug`mish” dostoni”. 8-E sinf
    o`quvchilari ijrosida.
    Muallif:
    Xalq og`zaki ijodining durdona asarlaridan bo`lgan “Kuntug`mish” dostonidan parcha. Podshoh Kuntug`mish o`z bolalarini qatl qilish marosimida.
    Mohiboy:
    O`laman deb mard qavlidan toyama,
    Yo`qchilik jo`mardning ko`zin o`yama
    Oq suvdan yilqingni o`zim haydadim
    Qo`lingdan kelganin qilgin ayama.
    Mardlarning parvoyi bo`lmas o`limdan
    Musulmonman kalima kelar tilimdan.


    Xolbeka:
    Qaladin qalampir yuklar qalachi
    Durdonadan anbar tog`ning og`ochi
    Analhaq deb Mansur senga osildi,
    Assalomu alaykum dorning og`ochi
    SHonaman taralar qizlarning sochi
    Madad qiling bobo Zangi podachi
    Analhaq deb Mansur senga osildi
    Assalom alaykum, dorning og`ochi
    Mohiboy:
    E sho`rlik qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror shod bo`lmay yig`lab o`tgan enam. Taqdiringga ko`n-da. Bu og`ochning qo`lidan nima keladi?
    Bizlar chiqdik ena Zangar elidan
    Bog`bon uzar bog`ning toza gulidan
    Yig`lasang Xudoga yig`la enajon

    Nima kelar quv og`ochning qo`lidan


    Podshoh tolibdir taxt bilan tog`ga
    Ko`ngli kelar doim zakotmand bojga
    Nima kelar quv og`ochning qo`lidan
    Kofirmisan, elinasan og`ochga.


    Gurkiboy:
    Ooo jallodlar, avval meni o`ldiringlar, mening oldimda Mohi o`lmasin, mening ko`zim ko`rmasin. Mening yoshim katta, yo`l meniki
    Beklar minar bedov oting tolmasin,
    Hech kimsa dunyoda bizday bo`lmasin
    Mendan burun Mohi bebaxt o`lmasin
    Mohining o`ligin ko`zim ko`rmasin
    Zolim jallod, bilmaganin bildirgin
    Yig`latma Mohini, o`ynab-kuldirgin
    Meni o`ldir Mohini qo`y jallodlar,
    YOshim ulug`, avval meni o`ldirgin.
    Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi,
    aytganini qilmadim. Gurkining gunohi yo`q, meni o`ldiringlar, Gurkini ozod
    qilinglar. Gurkining qoniga zomin bo`lmayin.
    Kuntug`mish:
    Bolam kepti, necha tog`lardan osha
    Ikki zulfi gardiniga yarasha
    Po`shta-po`sht tomoshabin jonlarim
    O`lganin nesin qilasizlar tomosha
    Qo`ldan ketgan davr ilan davronlarim
    Vayron bo`lib ko`shk ilan ayvonalrim
    O`lganin nesin qilasizlar tomosha
    Yo`l bering tomoshabin jonlarim
    Bolamning oldida men dod aylayin
    O`z holima necha faryod aylayin
    O`lganin nesin qilasizlar tomosha
    Qochinglar bolamni ozod aylayin.
    Xolbeka:
    Men seni shahzoda dedim, mard dedim
    Sen qanday siynamga qo`ygan dard eding.
    CHiqsin ko`zing tanimading bolangni
    Ne tiling buni dorga tort deding
    Armon bilan bilganim bildirding
    Zor yig`latib ko`zim yoshga to`ldirding
    Ne tilingman buni dorga tor deding
    Podshoh bo`lib o`z bolangni o`ldirding
    YUra bilmay yurar yo`ldan toyrildim
    Ucha bilmay qanotimdan qayrildim
    Ne tilingman buni dorga tort deding
    Armon bilan men bolamdan ayrildim.

    Download 46 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq og`zaki ijodidan parcha. “Kuntug`mish” dostoni”. 8-E sinf

    Download 46 Kb.