• 3. Metalni deformatsiyalanish darajasi.
  • 5. Deformatsiya tezligi.
  • 6. Asbobning metal bilan kontakt yuzasidagi ishqalanish.
  • Metalni qizdirish temperaturasi




    Download 137,5 Kb.
    bet2/4
    Sana10.12.2023
    Hajmi137,5 Kb.
    #114931
    1   2   3   4
    1. Metalni qizdirish temperaturasi. Qizdirish ma’lum temperaturalargacha metal plastikligini 5-10 barobar oshirishga, 10-20 barobar deformatsiyalanish kuchini kamaytirishga imkon beradi.
    2. Metalning ximiyaviy tarkibi. Shunday qilib Po‘lat tarkibida uglerod va legirlovchi elementlar (volfram, molibden, titan va boshqalar) miqdorini ortishi plastiklikni kamayishiga va deformatsiyaga qarshilikni ortishiga olib keladi. Ayniqsa, plastiklikka fosfor va oltingugurt zararli ta’sir ko‘rsatadi, metalning sovuqdan sinuvchanlik va issiqdan sinuvchanlik hodisasini keltirib chiqaradi.
    3. Metalni deformatsiyalanish darajasi. Deformatsiyalanish darajasi ortishi bilan metalning plastikligi kamayadi, deformatsiyaga qarshilik ortadi. (Sovuqlayin metalga ishlov berishda metal nakleplanadi, issiqlayin ishlov berishda – deformatsiya jarayonida soviydi).
    4. Metalning deformatsiyalanish sxemasi. Cho‘zuvchi kuchlanishlar sxemasidan siquvchi kuchlanishlar sxemasiga o‘tishda plastiklik ortadi, lekin bir vaqtning o‘zida deformatsiyalanishga qarshilik ham ortadi.
    5. Deformatsiya tezligi. Sovuqlayin deformatsiyalashda deformatsiya tezligini oshirish hisobiga metalni qizishi sodir bo‘lib, bu plastiklikni ortishiga va deformatsiyalash kuchini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Chunki plastiklik deformatsiyalashda sarflanadigan energiyaning 90% i issiqlikka aylanadi. Issiqlayin deformatsiyalashda naklep jarayonlaridan rekristallanish jarayonlarini orqada qolishi evaziga plastiklik kamayib, deformatsiyalash kuchini ortishi kuzatiladi.
    6. Asbobning metal bilan kontakt yuzasidagi ishqalanish. Ishqalanish deformatsiyalash kuchini ortishiga, asbobning muddatidan oldin yeyilishini keltirib chiqaradi. Oqibatda, buyumning sifati yomonlashadi ( o‘lcham aniqligi kamayadi va yuza g‘adir budurligi ortadi). Ishqalanish deformatsiyaning bir jinsli bo‘lmasligiga yoki uni kuchaytirishiga olib keladi. Sovuqlayin deformatsiyalashda metalni turli xil oqishi esa zagotovka hajmi bo‘yicha turlicha mustahkamlanishiga olib keladi, issiqlayin deformatsiyalashda turli xil o‘lchamli donlarni paydo bo‘lishiga, bu esa o‘z navbatida buyumning mexanik xossalarini bir jismi bo‘lmasligiga olib keladi. Ko‘pgina bosim bilan ishlov berish jarayonlari uchun ishqalanish xavfli omil hisoblanadi.
    Ishqalanishning xavfli ta’sirini kamaytirish uchun turli xil texnologik moylashlar qo‘llaniladi. Sovuqlayin metallarga bosim bilan ishlov berishda qo‘llaniladigan moylar o‘zining ko‘p xilligi va murakkabligi bilan farq qiladi. Moylash tarkibiga mineral va organik moylar, faollashtiruvchi qo‘shimchalar (olein kislota, oltingugurt), neytral to‘ldirgichlar (grafit, bo‘r, talk) va boshqa moddalar kiradi. Issiqlayin bosim bilan ishlashda moylash maqsadida mazut, daraxt qipiqlari, shisha asosidagi moylash, kolloidli grafitdan foydalaniladi. Ratsional tanlangan moylash ishqalanishni bir necha marta marta kamaytirishi mumkin.
    Bosim bilan ishlov berishdan oldin metalni qizdirishdan maqsad deformatsiyalanishga qarshilikni kamaytirish va uni elastikligini oshirish hisoblanadi.
    Har bir metall uchun temperatura intervali mavjud bo‘lib, ana shu temperaturalarda bosim bilan ishlash ancha samarali bo‘ladi. Temperaturalar intervali bosim bilan ishlov berishning boshlanishi (bu temperaturagacha metal qiziydi) va deformatsiyalanish tamom bo‘ladigan oxirgi temperaturalar farqiga asosan aniqlanadi.
    Uglerodli po‘latlar uchun, masalan, maksimal qizdirish temperaturasi berilgan ximiyaviy tartibli po‘latni erish temperaturasi (1100-13000S) dan 150-2000S past temperatura qabul qilinadi. Bu esa yuqori temperaturalargacha metalni qizdirishda kichik va katta donlarni qo‘shilib ketishi xisobiga donlar o‘lchamini tez o‘sishi bilan bog‘liq. Bu hodisaga “peregrev” – “ortiqcha qizdirish” deyiladi. Ortiqcha qizdirilgan metal zarbga qarshiligi past (past qovushqoqlik) plastik deformatsiyalashda metalda darzlar paydo bo‘lishi mumkin.Ortiqcha qizdirilgan metal strukturasini donlarni maydalash yo‘li bilan to‘g‘rilash mumkin. Buning uchun dastlab metalni sovutish kerak, so‘ngra ma’lum temperaturagacha qizdirib yumshatish lozim bo‘ladi. Metalni yanada yuqori temperaturalargacha qizdirganda (suyuqlanish temperaturasiga ya’ni temperaturalarga), nafaqat donlarni o‘sishi, hamda donlarning chegaralarida oksidlanish sodir bo‘ladi, bunda donlar orasida paydo bo‘ladi va ular orasidan mexanik bog‘lanish buziladi.
    Bu hodisaga “perejog” – “kuyib ketish” deyiladi. Kuygan metal deformatsiyalanishda bo‘lak-bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Kuygan metal qizdirib yumshatish bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi, kuygan metalni qayta eritishga yuborishga to‘g‘ri keladi.
    Metalni deformatsiyalash tamom bo‘ladigan oxirgi temperatura qo‘yidagilarga asosan aniqlanadi. Birinchidan, bosim bilan ishlashning oxirgi temperaturasi shunday bo‘lishi kerakki, metalni deformatsiyalashda rekristallanish jarayoni o‘tib ulgurishi, ya’ni naklep paydo bo‘lmasligi, bunda plastiklik kamayadi va metalda darzlar vujudga kelishi mumkin. Ikkinchidan, yuqori temperaturalarda metalni deformatsiyalash ham to‘g‘ri bo‘lmaydi,chunki deformatsiyadan keyin metal donlari o‘sishga ulguradi, metalning strukturasi katta donli bo‘ladi va bu esa o‘z navbatida metalning past mexanik xossali bo‘lishiga olib keladi.Ana shunga ko‘ra, uglerodli po‘latlarga ishlov berishning oxirgi temperaturasi 760-800 0S intervalida tayinlanadi. Po‘lat ko‘pincha qizdirilgan holda bosim bilan ishlanadi. Po‘latni qizdirilgan holda ishlash uchun qizdirish temperaturasi uning qayta kristallanish temperaturasidan ancha yuqori bo‘ladi. Bunday po‘latda paydo bo‘ladigan tirishish qayta kristallanish natijasida o‘z-o‘zidan yuqoladi. Demak, qizdirish tufayli bosim bilan ishlanganda po‘latda tirishish hodisasi bo‘lmaydi.
    Qizdirish temperaturasini shunday tanlash kerakki, unda qo‘yilgan natijaga erishish zarur. Agar po‘lat qizdirib yuborilsa, metal kuyib qoladi. Yetarli darajada qizdirilmasa, tirishishni asorati qoladi.
    Uglerodli po‘latlarni bosim bilan ishlashda qizdirish temperaturasini tanlash, uning tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab belgilanadi.

      1. % С bo‘lgan po‘latlar 1200 0 С gacha

      2. % С bo‘lgan po‘latlar 1150 0 С gacha

      3. % С bo‘lgan po‘latlar 1100 0 С gacha

    0.6 % С bo‘lgan po‘latlar 1005 0 С gacha
    Har bir po‘lat markasi bo‘yicha qizdirish temperaturasi po‘latni ximiyaviy tarkibiga qarab, temir-uglerod holat diagrammasidan qabul qilinadi.
    Ma’lumki, metalda hosil bo‘lgan tirishish termik ishlash natijasida yuqoladi.
    Metalni issiqlayin bosim bilan ishlaganda uni strukturasi va xususiyati deformatsiya rejimiga bog‘liq bo‘lib, qizdirish temperaturasiga, deformatsiya qiymatiga, deformatsiya tezligiga va sovutish rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Qoida bo‘yicha toza metallar qotishmalarga nisbatan ancha plastik hisoblanadilar.
    Qotishma tarkibidagi ba’zi bir element(R, S)lar qotishmaning plastikligini yomonlashtiradi va mo‘rt qilib qo‘yadi. Ayniqsa, S ko‘proq bo‘lsa, yuqori temperaturalarda yorilishi mumkin.
    Har xil ligerlovchi elementlar qotishmaning plastikligini yomonlashtirishi yoki yaxshilashi mumkin.
    Temperatura oshishi bilan (4000 С gacha) ba’zi metallarning plastikligi bir muncha kamayadi, so‘ng yaxshilanadi. Boshqa ba’zi bir metallarning esa, temperatura oshishi bilan plastikligi ham oshaveradi.
    Deformatsiyani sifati va qiymati unga qo‘yilgan kuchlarning sxemasiga bog‘liq. Odatda, metallar siqilgan vaqtda yaxshi deformatsiyalanishi uchun sharoit tug‘iladi.
    Metallarning bosim ostida ishlaganda uning yuzasiga asbob tegadi va bir muncha ishqalanish kuchi hosil bo‘ladi. Bu kuchni tashqi ishqalanish kuchi deb yuritiladi. Ishqalanish kuchini kamaytirish uchun yopishmaydigan har xil moylar ishlatiladi.
    Sovuqlayin bosim bilan ishlashda suyuq moylar pastalar va maxsus qoplagichlar ishlatiladi. Shuni ham aytish kerakki, metallarni bosim bilan ishlagan vaqtda, ancha metal chiqindilari chiqadi. Lekin metallarni bosim bilan ishlash to‘xtovsiz o‘sib, takomillashib bormoqda. Ish unumi ko‘paytirilyapti, chiqindi kamayapti, operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilmoqda va avtomatlashtirilmoqda. Yangi operatsiyalar joriy qilinmoqda.
    Bosim bilan erisha olmagan shakl, o‘lchamga keyinchalik qirqib ishlash bilan, termik ishlash bilan erishiladi.

    Download 137,5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 137,5 Kb.