Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish




Download 137,5 Kb.
bet3/4
Sana10.12.2023
Hajmi137,5 Kb.
#114931
1   2   3   4
Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish. Metallarni issiq holda bosim bilan ishlaganda, uning plastikligi yaxshilanadi. Metal qizdirilganda deformatsiyaga qarshiligi 15-20 marta kamayishi mumkin. Lekin metalni kerak bo‘lgan temperaturagacha qizdirish va ushlab turish vaqti metalni kuyidindiga chiqishdan saqlaydigan bulsin. Qizdirish noto‘g‘ri bo‘lsa, metalda nuqsonlar bo‘ladi (yoriq, uglerodsizlanish, ko‘p oksidlanadi, metal kuyib qolishi mumkin).


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ishlab chiqarish jarayoni – bu korxonada mahsulotni tayyorlash yoki ta'mirlash uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar harakatlarining yig‘indisidir. 10 Ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga detallarga mexanik ishlov berish va yig‘ish, saqlash va tayyorlash davomidagi barcha harakatlar, detallarni tashish, ularning sifatini nazorat qilish, ish joyi va uchastkaning ta'minotini va xizmat vazifasini tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo‘limlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni har tomonlama texnik jihatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarda bajariladi:
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish, payvandlash;
2) detallarni yakuniy shakl va o‘lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish;
3) yig‘ma birikmalar, uzellar, agregatlar yoki mexanizmlarni oraliq yig‘ish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ularni saqlash. Texnologik jarayon (TJ) - ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ishlab chiqarish predmeti (zagotovka) o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, shakli va ichki xossalarining ketma-ket o‘zgarib borishi va ularni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Texnologik operatsiya – bu bir ish joyida bir (yoki bir nechta) ishchi tomonidan ketma-ket bajariladigan TJ ning tugallangan qismidir. Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni hisobga olish va rejalashning asosiy birligi hisoblanadi. Texnologik operatsiya asosida mahsulot tayyorlashning ish hajmi, vaqt me'yorlari, talab qilinadigan ishchilar, jihozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni hamda ishlov berishning tannarxi aniqlanadi.

Download 137,5 Kb.
1   2   3   4




Download 137,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Metallarni qizitgich qurilmalarida qizdirish

Download 137,5 Kb.