|
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 136/218 | Sana | 07.05.2021 | Hajmi | 0,53 Mb. | | #14382 |
Eritma massasini (m2) gramm (g) yoki kilogrammda (kg); eritma hajmini (V) millilitr (ml) yoki litrda (l); eritma zichligini (p) esa g/ml yoki kg/l larda ifodalashimiz mumkin.
Shu formula orqali eritma massasini (m2) aniqlash uchun eritma zichligini (p) eritma hajmiga (V) ko‘paytirish kerak bo‘ladi:m2 = V *p
(5)
Eritma hajmini (V) aniqlash uchun esa, eritma massasini (m2) eritma zichligiga (p) bo‘lishimiz kerak bo‘ladi:
masala:Tarkibida 44,8 g KOH tutgan 200 ml (p= 1,12 g/ml) eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) aniqlang.
Masalaning yechimi: Dastlab eritmaning hajmi va zichligi qiymatlari- dan foydalanib eritmaning massasini 5-formulaga asoslanib, aniqlab olamiz:
m2= V - p = 200 • 1,12 = 224 g eritma
Erigan modda massasi hamda eritmaning massa qiymatlari ma’lum bo‘ldi. Endi eritmaning foiz konsentratsiyasini 1-formuladan foydalanib topamiz: Javob:20 %
masala:177,5 ml (p= 1,2 g/ml) 40% li Na2SO4 eritmasi tarkibida erigan moddaning massasini (g) aniqlang.
Masalaning yechimi: Dastlab eritmaning hajmi va zichligi qiymatlari- dan foydalanib eritmaning massasini 5-formuladan foydalanib, aniqlab olamiz:
m2 = V* P = 177,5 *1,2 = 213 g eritma
213 g eritmaning massasi 100% ni tashkil etsa, unda erigan 40% tuz massasini topamiz:
Demak eritmada 85,2 g Na2SO4 eritilgan ekan.
Javob: 85,2 g.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars. Mavzu: atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarni pog’ona va pog’onachalarda joylashuvi. Darsning maqsadi: Ta’limiy
|