• V Yangi mavzu bayoni
  • IV Mustahkamlash
  • Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli




    Download 0,53 Mb.
    bet64/218
    Sana07.05.2021
    Hajmi0,53 Mb.
    #14382
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   218
    Dars turi: yangi bilim beruvchi

    Dars usuli: an’anaviy

    I Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa

    II O’tgan mavzuni mustahkamlash Mavzuga doir masalalar:

    1. 4,48 l (n.sh) azotning massasini hisoblang.

    2. 5,6 l (n.sh) argonning massasini hisoblang.

    3. 2,8 l uglerod (II) oksidi necha gramm keladi?

    4. 20 g argon tarkibidagi molekulalar sonini toping.

    5. 4 g metan tarkibidagi molekulalar sonini toping.

    V Yangi mavzu bayoni

    Ekvivalent teng qiymatli degan ma’noni bildiradi.Kimyoviy reaksiyalarda moddalar o‘zaro bir-birlari bilan ekvivalent og‘irliklariga mos ravishda ta’sirlashadilar.

    Elementlarni ekvivalent (E) og‘irligini topish uchun element atom og‘ir- ligini (A) uning valentligiga (V) bo‘linadi:

    E - ekvivalent A - atom massasi (g) V- valentlik

    Endi shu formula orqali kislorod moddasining tarkibidagi kislorod atomi ekvivalentini topamiz:

    Kislorod elementining atom massasi 16 ga teng. Kislorod molekulasida kislorodning valentligi 2 ga teng ( O=O).

    A 16

    E(O) = = = 8



    v 2 8

    Vodorod moddasidagi vodorodning ekvivalentini topamiz:

    Vodorodning atom massasi ham valentligi ham 1 ga teng. Demak uning ekvivalent massasi ham 1 ga teng ekan.

    A 1


    E(H) = = 1

    V 1

    Biror elementni - 1 og‘irlik qism vodorod yoki 8 og‘irlik qism kislorod bilan qoldiqsiz ta’sirlashadigan massasiga shu elementning ekvivalent og‘irligi deyiladi.

    Ko‘p elementlar turli nisbatlarda bir-birlari bilan birikib bir nechta birikma hosil qiladilar. Masalan, SO2 va SO3; Bu birikmalarda oltingugurtning valentlik qiymatlari turlicha. Shuning uchun ularning ekvivalent og‘irligi ham turlicha bo‘ladi.

    Oltingugurt (IV) oksidi va oltingugurt (VI) oksidining tarkibidagi oltingugurt atomining ekvivalentini hisoblab ko‘rsak: SO2 da S valentligi 4; atom massasi 32

    E (S) = = -32- = 8

    4

    SO3 da S valentligi 6; atom massasi 32



    Oddiy va murakkab moddalarning ekvivalentini topishni ko‘ rib chiqsak:

    1. Oddiy moddalarning ekvivalenti uning atom massasini valentligiga nisbati asosida topiladi. Masalan:

    Xlor moddasi tarkibidagi xlorning ekvivalentini topamiz:

    Xlorning atom massasi 35,5 ga teng. Xlor molekulasida xlorning valent- ligi 1 ga teng (Cl-Cl). (Izoh: galogenlar ya’ni F2; Cl2; Br2; J2 molekulalari I valentlikni namoyon qiladilar)

    A 35 5

    E(Cl) = = ------= 35,5



    V 1

    IV Mustahkamlash

    Savol va topshiriqlar


    1. Quyidagi birikmalarning ekvivalentini aniqlang: Br2, I2, SiO2;Cl2O7; HNO2; H2S; H2SO3; MgSO4; КСЮ3; PbO2; Ca3(PO4)2.

    2. Quyidagi azot oksidlari tarkibidagi azotning ekvivalentini aniqlang: NO, N2O3, NO2.

    3. Suyultirilgan sulfat kislotada 1,68 g metall erigan bo‘lib, 4,56 g sulfat tuzi hosil bo‘ladi. Metallning ekvivalentini aniqlang.

    4. 9,25 g Ca(OH)2 8,167 g noma’lum kislota bilan qoldiqsiz reak­siyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum kislotaning ekvivalentini aniqlang.

    5. 10,4 g Al(OH)3 25,2 g noma’lum kislota bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum kislotani aniqlang.

    6. 29,4 g H2SO4 20,6 g noma’lum asos bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishishi ma’lum bo‘lsa, noma’lum asosning ekvivalentini aniqlang.

    7. Noma’lum metallning 5,64 g nitratli tuzi sulfat kislota bilan ta’sirlashib shu metallning 4,8 g sulfatli tuzi hosil bo‘ldi. Metallning ekvivalentini aniqlang.

    8. 0,24 g metall yopiq idishda yondirilganda shu metallning oksidi hosil bo‘ldi. Normal sharoitga keltirilgan gaz hajmi 112 ml kamaydi. Metallning ekvivalentini toping.

    V Baholash. Dars davomida faol ishtirokm etgan o’quvchilar individual tarzda baholanadi.


    Download 0,53 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   218




    Download 0,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars usuli

    Download 0,53 Mb.