2. O’tilgan mavzuni so’rash
1. Richagning uzun yelkasi 5 m, qisqa yelkasi 20 sm bo’lsa, massasi 50 kg bo’lgan bola ko’pi bilan qancha yukni ko’tarishi mumkin?
2. Nima sababdan yuk mashinalarining rul chambaragining diametri yengil mashinalarnikidan katta?
3. Kuch momenti bilan kuch orasida qanday farq bor?
3. Yangi mavzuning bayoni
Inson mehnat qilish jarayonida ko'proq kuchiga emas, balki aqliga tayanadi. Og'ir yukni ko'tarishda, o'rnidan siljitishda oddiy mexanizmlardan foydalanishni insonlar qadimdan o'zlashtirib olishgan. Qurilishlarda chig'iriq, qiya tekislik, pona va bloklardan foydalanishgan.
Blok. Blok qirrasi ariqchadan iborat g'ildirak bo'lib, undan ip, tros yoki zanjir o'tkaziladi. Ipning bir uchiga yuk osib, ikkinchi uchidan tortiladi. Yukni ko'tarish davomida blok qo'zg'almasdan joyida qolsa, uni ko'chmas blok deyiladi.Yuk bilan birgalikda harakatlanadigan blokni ko'char blok deyiladi. Ko'chmas blokda yuk uchun kuch yelkasi AO masofa, F kuchning yelkasi OB masofa bo'ladi. Ular teng bo'lganligidan F kuch yuk og'irligiga teng bo'ladi. Shu sababli ko'chmas blok kuchdan yutuq bermaydi. Ko'chmas blok kuch yo'nalishini o'zgartirib beradi.
Ko'char blokda esa aylanish o'qi O nuqtaga to'g'ri keladi. Shunga ko'ra yuk uchun yelka OA masofani, F kuch uchun yelka OB masofani tashkil etadi. OA=R, OB=2R bo'lganligidan (R - g'ildirak radiusi) F2R=mgR bo'ladi.
Qiya tekislik. Yukli bochkani mashinaga ortishda qiya tekislikdan yumalatib chiqarish oson (64-rasm). Bunda F kuch og'irlik kuchining bir qismini tashkil etadi:
|