O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
DTS talabi: Oddiy mexanizmlar: Blok, qiya tekislik, vint, pona va chig’iriqning qo’llanilishini bilishi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usullari: Savol-javob. "o’zaro bir-birini o’qitish", “Ajurli arra”
Dars materiallari:1. Fizika darsligi va multimediya darslik. Kompyuter. CD disk.
2. Oddiy mexanizmlarning modeli;3. Plakatlar, doska, bo’r.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’quvchilarga Blok, qiya tekislik, vint, pona, chig’iriq yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar. Bu fizik olimlar haqida nimalarni bilasiz? Ular qanday ishlarni amalga oshirganlar.
|