F1s=F2h
Bundan yukni qaysi yo'l bilan yuqoriga olib chiqmaylik, bajarilgan ishlar teng bo'lishi kelib chiqadi. Demak, qiya tekislik ishdan yutuq bermaydi. Balki richag ishdan yutuq berar? Rasmdan ko'rinadiki, richagning kichik yelkasiga qo'yilgan yukni s2 masofaga siljitish uchun katta yelkaga qo'yilgan F kuch ,s'| masofani o'tishi kerak. Demak, richagda ham kuchdan olinadigan yutuq masofadan yutqazish evaziga bo'lar ekan. Richag ham boshqa mexanizm kabi ishdan yutuq bermaydi. Richag qonunini kashf etgandan so'ng juda ruhlanib ketgan Arximed «Menga tayanch nuqtasini bering, men Yerni ko'taraman» deb aytganligi haqida afsona bor. Nazariy jihatdan olganda juda uzun yelkali richag bilan Yer og'irligiga teng kuch hosil qilish mumkin. Lekin richagning kichik yelkali uchi Yerni 1 sm ga ko'targanda, katta yelkali uchi kosmosda shunday katta aylana yoyini o'tishi kerakki, buning uchun Arximed 1 m/s tezlik bilan yursa, million yil kerak bo'lar edi!
|