|
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|
bet | 185/230 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #15054 |
Sferik ko'zgular*. Shaming bir bo'lagi ko'rinishida bo'lgan ko'zgular sferik ko'zgular deyiladi. Ular ikki turda bo'ladi: botiq va qavariq. Botiq ko'zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko'zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi.
Botiq ko'zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to'planadi. Bu nuqta botiq ko'zguning bosh optik o'qida joylashib, uning fokusi deyiladi. Ko'zgu markazidan F nuqtagacha bo'lgan masofa fokus masofasi deyiladi.
Qavariq ko'zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi. Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, F nuqtada kesishadi. Unga mavhum fokus deyiladi.
Agar yorug'lik manbayini botiq ko'zguning fokusiga qo'yilsa, undan chiqqan nurlar ko'zgudan qaytib, bosh optik o'qqa parallel holda qaytadi. Ko'zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan foydalanish kifoya. 103- rasmda botiq ko'zguda yonib turgan shamning tasvirini yasash keltirilgan.
103-rasmda buyum ko'zgudan 2F masofadan nariga qo'yilgan. Undan 1 nurni bosh optik o'qqa parallel, 2 nurni bosh fokus F ga yo'naltiramiz. Bu nurlar ko'zgudan qaytib, o'zaro uchrashgan joyida shamning tasviri hosil bo'ladi. Tasvir to'nkarilgan, kichiklashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum ko'zgudan 2F va F oralig'idagi masofaga qo'yilsa, tasvir bu safar ham / va 2 nur yordamida yasaladi. Tasvir to'nkarilgan, kattalashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum 2F masofaga qo'yilsa, buyum va tasvir ustma-ust tushadi.
105-rasmda qavariq ko'zguda tasvir hosil qilish ko'rsatilgan. Unda tasvir to'g'ri, kichiklashgan va mavhum bo'ladi.
Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki, qavariq va botiq ko'zgularda buyumdan ko'zgu markazigacha bo'lgan masofa cl, tasvirdan ko'zgu o'rtasigacha bo'lgan masofa va fokus masofasi orasida quyidagicha bog'liqlik bor.
Sferik ko'zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo'llaniladi. Qavariq ko'zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o'rnatiladi. Chunki unda yassi ko'zguga nisbatan kattaroq joyni ko'rish mumkin. Botiq ko'zgular nurni to'plash xususiyatiga ega bo'lganligidan projektorlarda, avtomobil va qo'l chiroqlarida qo'llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi
|