• 2. O’tilgan mavzuni so’rash.
  • 3.Yangi mavzuning bayoni.
  • qavariq
  • har qanday linzada ikkala tomonda bittadan fokus boladi.
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning usuli




    Download 2,52 Mb.
    bet188/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230
    Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

    Darsning usuli: Suhbat. Aqliy hujum.

    Dars materiallari:1. Fizika darsligi va multimediya darslik.2 .Turli xil linzalar. Lupa

    3. Plakatlar.



    Darsning borishi:

    1.Tashkiliy qism.

    Guruhlarni tashkil etish. Taqdimot. (Bu jarayon o’qituvchining tanlagan usuli bilan o’tkaziladi.)

    2. O’tilgan mavzuni so’rash.

    1. Buyum yassi ko’zgudan 1 m uzoqlikda turibdi. Uni surib 0,5 m ga keltirilsa, tasvir qanday o’zgaradi?



    2. Yassi ko’zguga tushayotgan nurning tushish burchagi 1,5 marta orttirilsa, qaytish burchagi qanday o’zgaradi?

    3.Yangi mavzuning bayoni.




    Yorug'likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko'rdik. Amaliyotda sferik yuzalardan yorug'likning sinishidan keng foydalaniladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O'rta qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo'lgan linzalarni qavariq, yupqa bo'lganlarini botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning Ox va 02 markazlaridan o'tuvchi to'g'ri chiziq linzaning bosh optik o'qi deyiladi. Optik o'qda yotgan linza markazidagi nuqta linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning o'tishi turlicha bo'ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik holda tutaylik. Linzadan o'tgan nurni daftar varag'iga tushiraylik. Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug' dog' kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan o'tgan nurlar bir nuqtada to'planadi . Bu nuqtaga linzaning fokusi (F) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo'lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo'nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to'planadi. Shunga ko'ra, har qanday linzada ikkala tomonda bittadan fokus bo'ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o'tkazilsa, nurlar aksincha, sochilib ketadi. Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, optik o'qdagi F nuqtada kesishadi. Shuning uchun botiq linzaning fokusi mavhum. Shunday qilib, qavariq linza yig'uvchi linza, botiq linza sochuvchi linza deb ataladi.

    Linzalarning bir tomoni sferik, ikkinchi tomoni tekis bo'lishi ham mumkin. Qavariq linza olib, shipdagi cho'g'lanish tolali elektr lampoch- kasidan tushayotgan yorug'likni linza orqali stol yuzasiga tushiraylik. Linzani u yoq, bu yoqqa sursak, stol ustida lampochka tolasining aniq tasviri hosil bo'lganligini ko'ramiz. Linzalarda tasvir quyidagicha yasaladi.




        1. Download 2,52 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Darsning usuli

    Download 2,52 Mb.