1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet43/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   230
3. Yangi mavzuning bayoni.

Yangi mavzu ustida ishlanganda tekis harakat sifatida bir xil vaqtlar ichida bir xil yo’l o’tadigan jismlar harakati tushunilishi aytiladi. Uni tajribada ko’rsatish uchun imkoniyati bo’lsa, 50-100 sm balandlikdagi shisha idish (menzurka ko’rinishida) kerak bo’ladi. Unga shisha yoki plastmassa sharcha tashlansa, ma’lum masofa o’tilganidan so’ng sharcha harakati tekis bo’ladi. Birinchidan, harakat tez bo’lmaydi. Ikkinchidan, shisha orqali yaqqol ko’rinib turadi. Notekis harakatga qiya tekislikdan qo’yib yuborilgan o’yinchoq mashinani ko’rsatish mumkin. Bunda birday vaqtlar ichida bosib o’tilgan masofa bir xil bo’lmasligi ko’rsatiladi. Harakat tez yoki sekin ekanligini ko’rsatuvchi yangi fizik kattalik tezlik tushunchasi bilan tanishtiriladi. Tezlikning boshqa birliklari km/soat, dm/soat va h. k., ular orasidagi bog’lanishlar ko’rsatiladi. Notekis harakat uchun o’rtacha tezlik tushunchasi kiritiladi. Ularga misollar keltiriladi.

O’qituvchi quyidagilarni qo’shimcha qilib darsni jismoniy tarbiya bilan bog’laydi. Shunday sport turlari borki bunda yengil avtomobil bilan marraga kim tez kelishi uchun musobaqa o’tkaziladi. Avtomobilda tezlikni o’lchovchi asbob spidometr o’rnatilgan bo’ladi. Sportchi-haydovchi bunga qarab o’z tezligini oshiradi yoki me’yorida saqlaydi. Spidometr asbobi tezlikni km/soat larda o’lchaydi. spidometr so’zining ma’nosi: “speed” –tezlik va metro o’lchash ma’nosini anglatadi.


Download 2,52 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.