3.Ishning borishi:
Kerakli asboblar. Shayinli tarozi toshlari bilan stakan, suv, massasi o'lchanishi kerak bo'lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar.
Ishni bajarish.
1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo'lgan tarozi toshlari bilan tanishish .
2. Jism massasini o'lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. Lozim bo'lsa pallalarga qog'oz parchalari qo'yiladi.
3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini o'ng pallasiga qo'yiladi.
4. Tarozini buzib qo'ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga yaqinrog'ini tanlab qo'yiladi. Juda ko'p farq qiluvchi toshni qo'yganda tarozining og'ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin.
5. Tarozi pallasiga ho'l, iflos, issiq jismlarni qo'yish mumkin emas. Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas.
6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni tortish mumkin emas.
muvozanat toshlari (milligrammlar)
7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo'ychinak) yordamida idishidan olib pallaga qo'yiladi. Chunki qo'l bilan ushlansa, qo'ldagi nam va yog' tosh- chaga o'tib, uning massasiga ta'sir qilishi mumkin.
8. Pallaga qo'yilgan tosh yengil bo'lsa, unga chamalab yengilroq toshdan boshlab qo'shib borish kerak.
9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko'rsatsa yoki u pallalar qo'yilgan tomonlarning ko'rsatkich uchlari bir to'g'ri chiziqqa kelsa, palladagi toshlar massalarining yig'indisi hisoblanib yozib olinadi.
10. Tarozida suvsiz bo'sh stakan massasi m tortib olinadi .
11. Stakanni palladan olib, unga ma'lum miqdorda suv solinadi.
12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo'yib, massasi m o'lchanadi.
13. Stakandagi suv massasi hisoblanadi.
|