|
3-laboratoriya ishi tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoidalari. Tarozi va tortish qoidalari
|
bet | 1/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 241,8 Kb. | | #116242 |
Bog'liq 3-laboratoriya ishi tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoi-fayllar.org
3-laboratoriya ishi tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoidalari. Tarozi va tortish qoidalari
3-LABORATORIYA ISHI
Tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoidalari.
Tarozi va tortish qoidalari
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim asboblaridan biri tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur. Laboratoriya amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish talab qilinganida, texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda analitik tarozilarda tortiladi (22- rasm h ).
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-kimyoviy tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi.
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi tо‘g’ri о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning о‘rtasidagi belgidan chap va о‘ng tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi pallalarining muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar strelka biron tomonga kо‘proq og’sa, shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki о‘nga yoki chapga burab, tarozi muvozanatga keltiriladi.
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan oynalangan shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo qarshiligidan saqlaydi. Tortish paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda eshikchalar berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi uchun maxsus toshlar ishlatiladi. Bu toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga joylashtirilgan. Odatda toshlarning og’irligi quyidagacha bо‘ladi:
Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1.
Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10.
Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham ishlatiladi.
Tortish qoidalari. Tarozini bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish ruxsat etilmaydi. Tarozi yuqorida aytilganidek muvozanatga keltirilganidan so’ng tortishga kirishiladi: tortilishi kerak bо‘lgan narsa tarozining chap pallasiga qо‘yiladi, о‘ng pallasiga esa toshlar qо‘yiladi. Tortiladigan narsa temperaturasi, tarozi temperaturasi bilan bir xil bо‘lishi kerak. Toshlar solingan quticha tarozining о‘ng tomoniga qо‘yiladi. Toshlar faqat spirt yordamida, malum tartibda qо‘yiladi: avval toshlarning kattasi, so’ng kichikrog’i va shutartibda qо‘yib boriladi. Toshlar tarozi arretirlab qо‘yilgan holdagina qо‘yilishi va olinishi kerak. Aks holda prizmaning qirrasi tez yoyilib, tarozining aniqligi kamayadi, tarozi strelkasi kuzatiladi, agar strelkaning ogishi chap va о‘ng tomonga bir xil bо‘lsa yoki bir darajasiga farq qilsa, tortilayotgan narsa va toshlar muvozanatga kelgan hisoblanadi. Tortilayotgan modda tо‘gridan-tо‘gri taroziga qо‘yilmasdan og‘irligi ma’lum bо‘lgan soat oynasiga, byuks yoki stakanchalarga solib tortiladi. Suyuqliklarni tortishda uning tomchilari tarozi pallasiga tushmasligi kerak. Texno-kimyoviy tarozida tortishda 0,01 g tosh yengil, 0,02 g qо‘yilganda og’irlik qilsa tortish tugallangan hisoblanadi. Analitik tarozilarda 0,0002 g aniqlik bilan tortish mumkin. Gramning mingdan va yuzmingdan bir ulushlari maxsus og’irlik-yengil bukilsa sim - 0.01 1 og’irlik yordamida aniqlanadi. U maxsus sterjen yordamida tarozining yuqori shkalasida harakatga keltiradi. Agar reyxter shkalaning eng oxirgi darajasida, noldan о‘ngda tursa, bu tarozining о‘ng pallasiga 10 mg tosh qо‘yiladi degan ma’noni bildiradi. Tortish tugatilgandan keyin topilgan og’irlik jurnalga yoziladi va toshlarni tartib bо‘yicha joylashtirib qо‘yiladi va topilgan og’irlik yana tekshirib kо‘riladi. Hech qachon tarozida belgilangandan og’ir moddani tortish mumkin emas. Bir tajribani oxirigacha bajarishda bitta tarozi va bitta qutichadagi toshlardan foydalanish tavsiya etiladi. Tortish tugagandan sо‘ng tarozining arretirini burab, g’ilofning eshikchasini berkitish zarur.
22-rasm
|
| |