1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




Download 2,52 Mb.
bet47/230
Sana15.06.2021
Hajmi2,52 Mb.
#15054
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230
3. Yangi mavzuning bayoni.

O’quvchilar bilan xayolan bozorga sayohatga chiqamiz deb aytiladi. Bozorga nimalarni ko’rasiz? So’zlab bering deb taklif etiladi. O’quvchilar fikri tinglanadi.

O’quvchilarga tarozida biror buyum tortib ko’rsatiladi. O’rtaga savol tashlanadi. "Hozir biz jismning nimasini o’lchadik?" Bunda ayrim o’quvchilar matematika darsliklaridan o’qigani uchun "massa"ni deyishsa, ayrimlari bozorda eshitganlariga ko’ra "og’irligini" deyishadi. Shunday anglashilmovchilik ko’pchilikda bor.

Shundan so’ng massa haqida batafsil tushuncha beriladi.

Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o'zingiz bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko'pgina oziq-ovqat mahsulotlarini tarozida o'lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o'lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga e'tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o'yinchoq avtomobilim joyidan qo'zg'atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g'ildirab kelayotgan o'yinchoq avtomobilni ushlab to'xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi? Albatta, har biringiz savolga o'yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko'tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to'g'ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo'lsa uni bu holatdan chiqarish uchun ta'sir ko'rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Lekin bu qobiliyat turli jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o'lchash uchun massa deb ataluvchi fizik kattalik o'ylab topilgan. Jism massasini o'lchashning usullari ko'p. Shulardan hammaga ma'lumi tarozi yordamida o'lchashdir. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo'lib, namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi.

Platina-iridiy qotishmasidan yasalgan namuna silindr shaklida bo'lib, balandligi va diametri 39 mm atrofida. Uning nusxalari turli mamlakatlarga tarqatilgan.

Jism massasining ko'p yoki kamligi, undagi moddaning yoki narsalarning ko'p-kamligiga bog'liq. Masalan, bir qop yong'oqning massasi bir xalta yong'oq- nikidan, 1 chelak suvning massasi 1 piyola suvnikidan ko'p.

Narsa va predmetlarning massasini 1 kg ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham o'lchash mumkin.

Bunda massa jismning inersiya o’lchovi ekanligi misollarda beriladi. Ikkinchi tomondan, massa jismlar orasidagi tortishishni hosil qilishini ham aytib o’tish zarur. Shundan so’ng massaning o’lchov birligi kilogramm haqida tushuncha beriladi. Kilogramm ham xalqaro kelishuvga binoan tanlanganligidan asosiy birlik bo’lib hisoblanadi. Bunda kilogrammga qadar turli mamlakatlarda qo’llanilib kelingan birliklar misol tariqasida keltirilsa qiziqarli bo’ladi. Dars oxirida ulkan jismlar: Yer, Oy, Quyosh yoki mayda zarrachalar: chang zarrasi, bir dona metall qipig’i, molekula massasini qanday o’lchasa bo’ladi, degan savolni, o’ylab kelish topshirig’ini berish mumkin. Ularni o’lchash yuqori sinflarda o’rganilishi ta’kidlanadi. Prujinali tarozida tortish aniq bo’lmasligini imkoniyati bor o’quvchilar tekshirib ko’rishlari kerakligi vazifa sifatida topshiriladi.


Download 2,52 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230




Download 2,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

Download 2,52 Mb.