Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usullari: Induktiv(yakka tartibda ishlash), Diduktiv yoki binar(juft bo’lib ishlash), Guruh bo’lib ishlash. “Evrika” o’yini. FSMU.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.
O’quvchilarga tekis harakat, notekis harakat, tezlik, soat, metr, kilogramm yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi. 1 daqiqadan so’ng taqdimot o’tkaziladi Taqdimot davomida o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha fikrlari tinglanadi.
2.O’tilganlarni takrorlash.
Oldingi darsda o’quvchilarga uydan maktabgacha yoki maktabdan uygacha bo’lgan masofani qadamlab o’lchab kelish topshirilgan edi. Lekin ko’pchilik o’quvchilar buni bajarmagan bo’lishlari mumkin. Birinchidan, uydan maktabgacha masofani qadamlab sanash zerikarli ish, ikkinchidan, yo’lda ularni chalg’itadigan ko’p narsalar uchraydi. Shuning uchun bu ishni bajargan o’quvchilarni, albatta, rag’batlantirish shart. Bu bilan ishni bajarmagan o’quvchilarni ishni bajartirishga da’vat qilinadi va ularga bu vazifa takroran topshiriladi. o’tilganlarni takrorlashda o’yin elementini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Doskaga quyidagi ko’rinishda ikkita bir xil gul chiziladi. Gulning faqat o’rta qismida yozuv bo’lib, gul barglarida yozuvlari bo’lmaydi. Doskaga ixtiyoriy ravishda ikkita o’quvchi taklif qilinib, gul barglarini unga tegishli tushuncha, kattalik, o’lchov birligi va h.k. bilan to’ldirish taklif qilinadi. Qaysi o’quvchi ko’p va tez to’ldirsa, g’olib hisoblanadi. Qolgan o’quvchilardan ularning ta’rifi, ma’nosi so’raladi.
|