• 3. Yangi mavzuning bayoni.
  • 1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi




    Download 2,52 Mb.
    bet38/230
    Sana15.06.2021
    Hajmi2,52 Mb.
    #15054
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230
    2. O’tilganlarni eslash:

    1. Fizik tushuncha va fizik kattalik orasida qanday farq bor?

    2. O’lchash deb nimaga aytiladi?

    3. O’lchash aniqligi deyilganda nimani tushunasiz?

    4. Mexanik harakat ta’rifini ayting.

    5. Trayektoriya deb nimaga aytiladi?

    6. Moddiy nuqta bo’lish shartlarini sanab ko’rsating.

    7. Harakatlanayotgan vagon tokchasidagi buyum nimaga nisbatan harakatsiz?

    8. Trayektoriyaga qarab nimani aniqlash mumkin?

    3. Yangi mavzuning bayoni.

    Multimediya darslik bilan ishlash.

    Yangi mavzuni o’rganishni davom ettirib o’quvchilarning hayotiy tajribasida mexanik harakat haqida tasavvurlari borligini hisobga olish kerak. Matematika darslarida harakatga doir “yo’1 bosib o’tdi”, “1 soat harakatlandi” degan tushunchalar ishlatilgan. Shularni hisobga olib, tajriba ko’rsatish shartmikan deb o’ylash noto’g’ri. Chunki matematik masalada harakatga doir eng muhim tomonlar: harakatning nisbiy ekanligi, trayektoriya, tekis va notekis harakatlar hisobga olinmaydi. Mexanik harakat to’g’risida tushuncha berishda, uni o’rganishning ahamiyati kattaligiga o’quvchilar e’tibori jalb qilinadi. Transport harakati, suvning oqishi, sayyoralar harakati va h.k.

    O’yinchoq mashina yoki blokka osilgan yuk harakati ko’rsatilganda ular yoniga qo’zg’almaydigan buyumlar qo’yiladi. Mashinaning shu buyumga nisbatan fazoda joylashgan o’rni vaqt o’tishi bilan o’zgarishi ko’rsatiladi.

    Tajribalarni boshqa jismlar bilan yoki boshqacha ko’rinishda o’tkazish ham mumkin.

    Shunday qilib, mexanik harakatning nisbiyligi o’quvchilar ongiga yetkaziladi. Umuman olganda Oydan turib qaragan kishiga Yerdagi hamma narsa (tog’lar, binolar, dengiz, okean) harakatda bo’lishi o’quvchilarga qiziqarli tuyuladi. Doskadagi bo’r harakatini kuzatish taklif etiladi. U qoldirgan iz orqali trayektoriya tushunchasi kiritiladi. To’g’ri chiziqli va egri chiziqli trayektoriyalarga misollar topishni o’quvchilarga topshirish mumkin. Darsda o’rganilishi kerak bo’ladigan tushunchalardan “moddiy nuqta”ni aniqlash nisbatan qiyinroq kechadi. Buning uchun samolyotdan qaragan kishiga yerda velosiped haydab ketayotgan bola harakati qanday ko’rinishini misol qilib aytish mumkin.

    Yangi mavzuda vaqt tushunchasining ma’nosini o’quvchilar tushunishi qiyinroq. Lekin ular vaqtning o’lchov birligi haqida tasavvurga ega. Bunda tushuncha faqat takrorlanadi, xolos. Dastlab vaqtning o’lchov birligini Yerning o’z ofqi atrofida yoki Quyosh alrofida aylanishi bilan bog’laganlar. Lekin ular oz bo’lsa-da, o’zgarib turadi. Masalan: 1872-yildan 1903-yilgacha sutkaning davomiyligi 0,007 s ga ortgan bo’lsa, 1903-yildan 1934-yilgacha 0,005 s ga kamaygan. Shu sababli olimlar vaqtni o’lchashning boshqa usullarini o’ylab topganligi va u bilan yuqori sinflarda tanishishlari aytiladi.

    Shundan so’ng navbatdagi fizik kattalik: bosib o’tilgan yo’l tushunchasi kiritiladi. Bosib o’tilgan yo’1 – bu trayektoriya uzunligidir. Bunda yo’1 va vaqtni harflar bilan belgilashga kelishib olinganligi aytiladi. Yo’lni o’lchash uchun ishlatiladigan birliklar kilometr, metr, detsimetr, santimetr haqida tushuncha beriladi. 6-sinfda ko’chish haqida ma’lumot berilmaydi.

    O’qituvchining quyidagi qo’shimchalari darsni jismoniy tarbiya bilan bog’laydi. Jismoniy tarbiya darsida sizlar 100metr uzunlikka chopasizlar. Buni ma’lum vaqtda chopish kerak bo’ladi. Shu vaqtni ko’rsatadigan fizik asbob borki buning nomi sekundomer. Sekundomer asbobi vaqtni sekund hisobida o’lchaydi. Sekundomer lahza o’lchagich deb ham nomlanadi.


    Download 2,52 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   230




    Download 2,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-dars Sana: 6-sinf mavzu: fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Fizika taraqqiyoti tarixidan ma'lumotlar darsning maqsadi

    Download 2,52 Mb.