MS Excel elektron jadval muharirlari.
1. MICROSOFT EXCEL dasturi haqida umumiy ma`lumotlar.
Inson o`z ish faoliyati davomida ko`pincha biror kerakli ma`lumot olish uchun bir xil, zerikarli,
ba`zida esa, murakkab ishlarni bajarishga majbur bo`ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu
ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgan dastur hisoblanadi.
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib iqtisodiy va moliyaviy
masalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq ovqatlar, uy
ro`zg’or buyumlari hamda, bankdagi hisob- kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dastur
hisoblanadi.
Excel Microsoft Office dasturlar paketiga kiruvchi elektron jadval. Elektron jadvallarning yaratilishi
kompyuter tizimining taraqqiyotida muhim hodisa bo`lgan. U yordamida EHMda tez va aniq hisob-
kitoblarni bajarish imkoniyatlari tug’ildi. G’arb ekspertlarining aniqlashicha elektron jadvallarning
qo`llanila boshlanishi bilan kalkulyatorda qilinadigan hisob-kitoblarga solishtirilganda unumdorlik bir
necha marta ortgan. Ba`zilar shu turdagi Super Calcp Quatro pro va boshqa dasturlarni eslashi mumkin.
MICROSOFT EXCEL dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:
1.Ish stoli menyusidan quyidagilarni bajarish orqali:
Agar kompyuteringizda Microsoft Office o`rnatilgan bo`lsa
Пуск – Программа - MICROSOFT EXCEL bo`limini qarang. Uning borligiga ishonch hosil qilasiz.
Endi Siz bilan Microsoft Excel ni o`rganishga kirishamiz.
Ish stolidan MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish
2. MICROSOFT EXCEL da yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida: Bunda EXCEL dasturi
avtomatik ravishda ishga tushiriladi.
1.1 Excel elektron jadvalining arxitekturasi
Har bir dasturda eng kichik ma`lumot birligi mavjud. Masalan, olam atomlardan tashkil topgan.
Excel da ma`lumot birligi – katak, yahni (yacheyka) hisoblanadi. Lekin Excel mantiqan kataklar ustida
amallar bajaradi.
2
Катак
Kataklar sahifani hosil qiladi.
Вараы
Kitob sahifalar to`plami. Bizning tushunchamizda kitob bu fayl. Bitta fayl bitta kitob.
Китоб
Ishchi maydon – fayllar yoki kitoblar to`plami. Ishlashda qulaylik uchun bir nechta kitoblarni ishchi
maydonda birlashtirish mumkin va uni bitta fayl deb hisoblash mumkin.
Ишчи майдон
SHunday qilib:
Katak – sahifa – kitob – ishchi maydon.
|