6
Ko`rinib turgandek, o`nli qismini vergul ajratib turibdi. Agar vergul o`rniga nuqta qo`yilsa,
Excel uni
matn deb tushunadi. Bundan tashqari ikkita katakka bir xil ma`lumot kiritilganligini ko`ryapsiz, lekin
ulardan
biri son, ikkinchisi matndek tekislangan. Bunga sabab, ma`lumot
kiritishda birinchi simvol
‘(apostrof) bo`lsa, katakdagi ma`lumot matn hisoblanadi.
Formulalar natijalari ham katakda son ko`rinishida aks ettiriladi, aslida esa katakka formula kiritilgan
bo`ladi.
Sana va vaqt alohida ma`lumot turiga ajratilganligiga sabab, minut 60 sekunddan, soat 60 minutdan, bir
oy esa 28, 30 yoki 31 kundan iborat. Bunga alohida arifmetika kerak bo`ladi.