12
E`tibor bering katak atrofida «chumolilar» aylanadi. Katak nusxasini qo`yishni faqat «chumolilar»
ko`rinib turganda bajarish mumkin. Ma`lumot kiritishni boshlashingiz bilan ular yo`qolib qoladi.
SHuning uchun katak nusxasini darrov bajarish kerak. Katak nusxasini oldik, keyin u qo`yilishi kerak
bo`lgan katak tanlanadi va «Pravka» -> «Vstavitg’» buyrug’ini bajaramiz.
Bundan tashqari «Spetsialg’naya vstavka» buyrug’i mavjud. U katak nusxasining qo`yilish natijasini
boshqarish imkonini beradi.
Bu buyruq tanlangandan so`ng nimalar qo`yish kerakligini belgilovchi muloqot oynasi hosil bo`ladi.
CHunki, ba`zida faqat katakning formatini, formulasini yoki qiymatini ko`chirish kerak bo`ladi. Agar
katakdagi son formula natijasi bo`lsa undan nusxa olishda formula va qiymat o`zgaradi.