4. Darsni mustahkamlash. Xulosa yoziladi. O’quvchi o’z yozma bayonda bajargan ishlari haqida yozadi.Yozishda quyidagi savollarga javob yozadi.
1. Og’irlik kuchi jism massasiga qanday bog’liq bo’ladi?
2. Og’irlik kuchini tarozi yordamida aniqlasa bo’ladimi?
3. Og’irlik kuchini Yer ekvatorida yoki qutbida dinamometr vositasida o’lchansa, bir xil natija chiqadimi? Oyda o’lchansa-chi?
4. Ishqalanish kuchi qanday holatda jismni tortuvchi kuchga teng bo’ladi?
5. Nima sababdan jism og’irligi ortganda ishqalanish kuchi ortadi?
6. Ishqalanish kuchi jismning qanday moddadan yasalishiga bog’liqmi?
7. Ko’ndalang kesim yuzasi bir xil, lekin uzunliklari har xil rezinalarga bir xil yuk osilsa, qaysi biri ko’proq cho’ziladi?
Dars oxirida o’quvchilarga muskul kuchini aniqlaydigan meditsina dinamometri ko’rsatilsa, o’quvchilarning qiziqishi ortadi.
5. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga qarab baholanadi.
|