1. Tashkiliy qism
Kuch turlari doskaga ustuncha shaklida yoziladi:
1. Og’irlik kuchi
2. Ishqalanish kuchi
3. Elastiklik kuchi
4. Elektr va magnit kuchlari
5. Tortishish kuchlari.
2. Ish haqida tushuncha berish. O’quvchilarga elektr va magnit kuchlarini o’lchash yuqori sinflarda o’rganilishi, tortishish kuchlarini esa bilvosita hisoblab topilishi tushuntiriladi.
Laboratoriya ishining birinchi qismida dinamometr yordamida bir nechta jismning og’irlik kuchi o’lchanadi.
Ikkinchi qismida ishqalanish kuchi aniqlanadi. Ishqalanish kuchini jism og’irligiga bog’liqligi o’rganiladi.
Uchinchi qismida rezinaning elastiklik kuchi darslikda berilgan tartibda aniqlanadi. Natijalar doskaga yoziladi.
|