2. O’tilganlarni eslash : O’quvchilar taqdimot davomida o’tgan mavzu bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar . Shu jarayonda o’tgan mavzu qisman so’rab olinadi..
3. Yangi mavzuning bayoni.
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta'sir ko'rsatganligini ko'ramiz.
Osmonga otilgan tosh yana qaytib tushadi. Chunki uni Yer o'ziga tortib turadi. Temir bo'lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan avtomobil motori o'chirilsa, biroz yurib to'xtaydi. Bunda yo'l bilan g'ildiraklar orasidagi ta'sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta'sirlashishlar tufayli jismning tezligi o'zgaradi. Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli o'zga¬radi. Xuddi shunday mis tangani bolg'a bilan urilsa, yalpayib shakli o'zgaradi.Bir jismning ikkinchi jismga ta'siri tufayli tezligi yoki shakli o'zgarishiga sabab bo'ladigan kattalikni kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko'rinishda namoyon bo'ladi . Jismlarni Yer o'ziga tortib turgani tufayli og'irlik kuchi paydo bo'ladi. Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g'adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho'zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo'ladi. Bolalar o'yinchoq to'pponchalarida ko'proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta'sir ko'rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga ta'sir ko'rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko'rasiz. Bunda qo'lingiz ham og'rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida o'zaro ta'sir bo'lar ekan. Boshlang'ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. Bunday harakatning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir. Soch taralgandan so'ng, taroqni mayda yirtilgan qog'oz parchalariga yaqin- lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon va to'g'ri ko'rinishdagi doimiy magnitlar temir buyumlarni o'ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan zarralar orasida ham, zarralarning ichida ularni tashkil qilgan, undan ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuchlar haqida yuqori sinflarda ma'lumotlar olasiz. Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mashhur ingliz olimi Iscuik Nyuton sharafiga tanlangan. Kuchni o'lchash. Kuchni o'lchash uchun dinamometr deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Asbob taxtachaga o'rnatilgan prujina, prujina uchiga mahkamlangan ko'rsatkich sim hamda o'sha joyga ulangan shkala bo'ylab siljiy oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida ilmog'i bo'lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa m = 102g massali yuk osilsa, prujina cho'ziladi. Prujina uchidagi ko'r¬satkich sim 1 raqamida to'xtaydi . Bunda prujina cho'zilishida hosil bo'lgan elastiklik kuchi, yukning og'irlik kuchiga teng bo'ladi. Dinamometrning strelkasi IN kuchni ko'rsatadi. Unga yana 1 N og'irlikdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho'zilib, ko'rsatkich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo'yiladi. Yuklarni shu tarzda ko'paytirib borib, dinamometrda 3, 4, 5 va h.k. raqamlarni qo'yish mumkin.
|