3.Ishning borishi:
Laboratoriya ishi uchun jihozlar oldindan tayyorlab qo’yiladi. Shundan so’ng o’qituvchi kub shaklidagi jismni olib, uning hajmini o’lchashni, massasini tarozida tortib olishni, jadval to’ldirishni hamda zichlikni hisoblashni namuna sifatida ko’rsatib beradi. Jadval doskaga chizilib, natijalar yoziladi.
O’quvchilar guruhlarga ajratilib, ularga tarozi toshlari bilan chizg’ich va kerakli asboblar tarqatiladi. Bunda oldingi safar massani o’lchash laboratoriya ishida berilgan buyumlar ham beriladi. Guruhlarda laboratoriya ishlarini bajarish o’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Darsning keyingi bosqichida to’g’ri geometrik shaklga ega bo’lmagan jismlar zichligini o’lchash bajariladi. O’quvchilarda bu borada tushunchalari bo’lganligi uchun ishni bajarishda qiyinchilik sezilmaydi. Bunda oldin jismning massasini tarozida tortish, so’ngra hajmini aniqlash uchun menzurkadagi suvga tushirish kerakligi haqida ogohlantiriladi. Natijalar har bir o’quvchining daftarida jadval shaklida to’ldiriladi. O’lchash natijalarini darslikda keltirilgan zichlik jadvali bilan solishtirib, qanday materialdan yasalganligini aniqlashga harakat qiling.
Ikkinchi bosqich laboratoriya ishini bajarishdan oldin "toj" haqidagi Arximed afsonasini aytib berish o’quvchilarda ishni bajarishga qiziqish uyg’otadi.
Foydali maslahat. Bir marta ishlatiladigan shpris yordamida suyuqlikning zichligini aniqlash mumkin. Shprisning ignasi bilan birga massasi shayinli tarozida tortib olinadi. So’ngra suv, sut, moy kabi suyuqlikdan bir millilitr olinib, yana tarozida tortiladi.
Massalar ayirmasi suyuqlikning g/sm3 birlikdagj zichligini beradi.
Xulosa yozish uchun quyidagi savollarga o’quvchilar diqqatini jalb qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Suvga spirt aralashtirilganda umumiy hajm V alohida olingan suv hajmi (V -suv) va spirt hajmi (V ) dan kichikroq bo’ladi. Vsuv + Vs >V.
Buni qanday tushunish mumkin?
2. 8 ta bir xil o’lchamdagi va bir xil materialdan yasalgan sharlar bor. Ulardan birining ichida ozgina bo’sh joy mavjud. Tarozida ikki marta tortish bilan qaysi birida bo’shliq borligini aytib bera olasizmi?
3. 20° C li 1 L distillangan suv massasi bilan shunday temperaturali 1 L vodoprovod suvi massalari tengmi?
|