|
Yangi mavzuga zamin tayyorlash. (
|
bet | 72/230 | Sana | 15.06.2021 | Hajmi | 2,52 Mb. | | #15054 |
2. Yangi mavzuga zamin tayyorlash. (Ko’prikcha). Biz o’tgan darslarimizda kuch mavzusi bilan tanishgan edik. Bugun esa shu kuchning yuzaga ta’siri natijasida hosil bo’ladigan fizik kattalik bilan tanishamiz.
3. Yangi mavzuni o’rganish. Yo’naltiruvchi savollar va topshiriqlar.(Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.)
1 guruhga. Tajribani o’tkazing va izohlang.(qo’lda yasalgan asbob bilan)
1.Topshiriq: Mixning uchli tomoni bilan taxtachani qumga sekingina qo’ying. Uning qumga botish darajasini kuzating.
2. Topshiriq: Mixning bosh qismi(aylanasi) bilan taxtachani qumga sekingina qo’ying.
Uning qumga botish darajasini kuzating.
Savol. Qaysi holatda mixli taxtacha qumga ko’proq botdi. Sababini tushuntirishga harakat qiling.
2 guruhga. Sizga taqdim etilgan anjomlar nima sababdan uchli qilib yasalgan? Buni tushuntirishga harakat qiling.
3 guruhga. - Og’ir yuk ko’taradigan mashinalarning balonlari , yengil mashinalarnikiga nisbatan enliroq bo’ladi.(Hatto orqa tomonida 2tadan balon qo’yiladi)
Qalin qorda yurganda botinkangiz bilan botib ketasiz, lekin oyog’ingizga chang’i bog’lasangiz botmaysiz.
Ko’p qavatli binolarning poydevori keng qilib quriladi. Bularning sababini izohlashga harakat qiling.
4 guruhga. Tajriba o’tkazing. Siz ikki oyoq bilan polga ta’sir qilyapsiz. Endi bir oyog’ingizni ko’taring. Ta’sir kuchigiz o’zgaradimi? Kamayadimi yoki oshadimi? Fikringizni izohlashga harakat qiling.
Taqdimot (Olgan topshiriqlarini taqdim qiladilar 2 daqiqa.)
Darslik bilan ishlash taklif etiladi. Darslikni ochib mavzuni o’qish taklif etiladi.(5 daqiqa vaqt beriladi.) O’quvchilar o’z savollariga javob beradilar
|
| |